Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   149


Jami 
68 
Nazorat savollari 
1.
O‘rta Osiyo va O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasi kursini o‘qitish 
metodikasi. 
2.
O‘rta Osiyo iqtisodiy geografiyasi kursining mazmun va mohiyati. 
3.
O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasi kursining mazmun va mohiyati. 
4.
.
O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasi kursining vazifasi.
 
5.
O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasi kursining ikkinchi bobining mazmuni.
 
6.
O‘rta Osiyo iqtisodiy geografiyasi kursining uchinchi bobining mazmuni
 
 
 


281 
XIV-BOB. JAHON IQTISODIY
-
IJTIMOIY GEOGRAFIYACI KURSINI 
O‘RGANISH METODIKASI 
 
14.1 Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaci kursining mazmun va 
mohiyati
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursining asosiy vazifasi 
o‘quvchilarga xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy geografiyasidan zarur bilimlar 
berishdan iboratdir bunda o‘quvchilar mamlakatlarning iqtisodiy geografik 
xususiyatlarini tavsiflovchi aniq materiallarni o‘zlashtirishlari va uning sabablarini 
tushunib yetishlari nazarda tutiladi. Ular mazkur kurs materiallarini o‘rganish 
jarayonida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda xo‘jalikning rivojlanish 
va joylanish qonuniyatlarini o‘zlashtirishlari lozim.
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi dasturi o‘quvchilarda kurs 
materiallarini o‘rganish bilan mamlakatlarning tiplari haqida yetarli tushuncha 
tarkib topishini hozirgi jahon xo‘jaligida muhim rol o‘ynayotgan davlatlar bilan 
tanishib chiqishlarini e’tiborga olgan holda tuzilgan. 
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi asosan ikki bo‘limdan iborat: 
1.
Jahonning umumiy iqtisodiy geografik obzori. 
2.
Jahonning regional iqtisodiy obzori. 
Umumiy qismning asosiy ilmiy-uslubiy vazifasi jahon iqtisodiy va ijtimoiy 
geografiyasiga oid eng muhim tushunchalarning mantiqiy tizimini tashkil etishni 
nazarda tutgan. Fanning nazariy masalalariga aloqador bo‘lgan birinchi guruh 
tushunchalari «Umumiy» qismda ham, «Regional» qismda ham tahlil etilgan. 
Boshqa guruhda jamlangan masalalar jahon xo‘jaligi, aholisi va siyosiy xaritasida 
uzoq davr davomida bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar va siljishlarni fan texnika inqilobi 
va taraqqiyoti, jamiyatda yuz bergan siyosiy voqea va hodisalar bilan uzviy 
aloqadorlikda ekanligi yoritilgan. Darslikning deyarli 2/3 hajmini egallagan 
regional-mamlakatshunoslik qismida jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasiga oid 
tushunchalar, qonuniyatlar, tamoyillar va xususiyatlarni ayrim region yoki yirik 
tayanch mamlakatlar misolida ko‘rib chiqish va shu asosda ma’lum tasavvurga ega 
bo‘lish, umumiy qismda olgan bilim va malakalarni mustahkamlash maqsadi 
ifodalangan. Ayrim mamlakatlarning iqtisodiy geografik tavsifi mazkur fanda 
qabul qilingan va sinalgan uslubiy yondashuvdan foydalangan holda bajarildi. 
Bunda, tabiiy sharoit aholi va boshqa tabiiy demografik komponentlar iqtisodiy 
salohiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati nuqtayi nazaridan baholanadi.
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursida o‘rganiladigan asosiy 
obyekt aholi va xo‘jalik-iqtisodiy hodisa hisoblanardi. Kursda o‘rganiladigan 
iqtisodiy hodisalar siyosat bilan birga o‘rganiladi.Shuning uchun jahon iqtisodiy 


282 
va ijtimoiy geografiyasi kursini ayni vaqtda siyosiy geografiya kursi deyish ham 
mumkin. Iqtisodiy faktlarni siyosiy nuqtayi nazaridan xarakterlash joizdir. 
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursida iqtisodiy masalalarni siyosat 
bilan bog‘lab o‘rganish o‘quvchilarning siyosiy tayyorgarligida muhim rol 
o‘ynaydi. Iqtisodiy geografik ta’lim kundalik iqtisodiy va siyosiy materiallardan 
foydalanib borishni ham taqozo etadi. Iqtisodiy geografiya ta’limida kundalik 
ta’limdan foydalanib o‘quvchilarni mafkuraviy tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat 
qiladi, ularning saviyasini yanada oshiradi va bilim doirasini kengayishida katta 
ahamiyatga ega.
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursida iqtisodiy kartalardan 
yanada ko‘proq, xususan, iqtisodiy kartalarning yangi turlaridan ko‘proq 
foydalaniladi. Mazkur o‘quv qo‘llanmani yaratishda Rossiya Federatsiyasida nashr 
etilgan «Chet mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi» (muallifi V.R.Maksakovskiy) 
darsligidan hamda Fransiya, AQSh, Buyuk Britaniyada chop etilgan 
ma’lumotnomalar, statistik to‘plamlar va boshqa o‘quv hamda ilmiy uslubiy 
materiallardan foydalanilgan holda o‘qitib kelinmoqda. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin