Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149


Jami 
68 
 
Nazorat savollari. 
1.
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursining asosiy vazifalari nimalardan 
iborat.
 
2.
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi kursining mazmun va mohiyati. 
3.
Jahon iqtisodiy- ijtimoiy geografiyasi kursining ikkinchi bo‘limining mazmuni 
va mohiyati. 
4.
Jahon iqtisodiy- ijtimoiy geografiyasi kursining birinchi bo‘limining mazmuni 
va mohiyati. 
5.
Jahon iqtisodiy- ijtimoiy geografiyasi kursining asosiy vazifalari nimalardan 
iborat?. 
 
 


286 
XV-BOB. AMALIY GEOGRAFIYA KURSINI O‘RGANISH 
METODIKASI 
 
15.1 Amaliy geografiya kursining mazmun va mohiyati 
Maktablarning 10-sinfida o‘qitiladigan “Amaliy geografiya” fanini 
o‘quvchilar tomonidan atroflicha va mukammal o‘rganishlari maqsadga muvofiq. 
Chunki boshlang‘ich tabiiy geografiya, O‘rta Osiyo, O‘zbekiston tabiiy 
geografiyasi, O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi va jahon iqtisodiy-
ijtimoiy geografiyasi kurslari o‘quvchilar tomonidan to‘liq o‘rganiladi, bu jihatdan 
ular geografiya fani bo‘yicha barcha nazariy bilimlarni oladilar. Amaliy geografiya 
o‘quv fani o‘quvchilarning oldin o‘zlashtirgan geografiya fanidan bilim, ko‘nikma 
va 
malakalarni 
amalda 
qo‘llashga, olingan bilim va ko‘nikmalarini 
umumlashtirish, xulosa chiqarish va tizimlashtirishni amalga oshirishga yordam 
beradi. 
O‘quvchilar olgan nazariy bilimlari asosida amaliyotga chiqishlari, ya’ni 
geografiya kursining amaliyot bilan bog‘liqligi, tabiiy muhitda sodir bo‘layotgan 
turli jarayon va hodisalar amaliy geografik nuqtayi nazardan yondashgan holda 
ularni foydali va tabiatga zararsiz tomonga yo‘naltirish yoki ularning oldini olish 
hamda bashoratlash haqida o‘zaro fikr almashish, tabiiy muhit ifloslanishining eng 
elementar texnologiyasini ko‘z oldiga keltira olish, undan foydalanishning 
me’yoriy, andozali ko‘rsatkichlarini bilish, “Geosiyosat” va uning nazariy 
asoslarini, O‘zbekistonning geosiyosiy o‘rni va kelajagini, hozirgi zamon 
geosiyosiy muammolarni, tabiiy va inson resurslari, ulardan foydalanish va ularni 
baholash hamda bashoratlash, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 
texnik-iqtisodiy asoslarini, ularni iqtisodiy geografik nuqtayi nazardan baholash 
usullari va yondashuvlaridan xabardor bo‘lishlari zamon talabidir. 
O‘quvchilarni kasbiy yo‘naltirish nafaqat ta’lim mazmuniga, balki kelgusida 
egallaydigan kasbi haqida ma’lumot berish, mazkur kasb talab etadigan bilim
ko‘nikma va malakalar, shuningdek, shaxsiy sifat va fazilatlarni shakllantirish 
nazarda tutiladi. 
Geografiya ta’limi mazmunining majburiy minimumi umum ta’lim 
maktablarida o‘quvchilar tanlagan va ixtisoslik yo‘nalishlarini nazarda tutgan 
holda amaliy geografiyadan berilishi zarur bo‘lgan ta’lim mazmunining 
minimumini yaratish kerak. Ya’ni ta’lim mazmunining majburiy minimumida 
o‘quvchilar amaliy geografiyaning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, tabiiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar, hodisalar va tabiiy geografik jarayonlar hamda 
geosiyosiy qarashlarni ixtisoslik yo‘nalishiga qarab yaratilishi quyidagi oltita 
ta’lim sohalari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarda o‘z o‘rnini topgan.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin