Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   149


6.5. Globus bilan ishlash 
Globus karta oldida talay qulayliklarga ega. Unda obyektlar orasidagi 
masofalar to‘g‘ri aks ettirilgan bo‘ladi. Masshtab, burchaklar, maydonlar hamma 
yo‘nalishlarda bir xil bo‘ladi. Ana shu xususiyatlarni e’tiborga olib, kartani 
o‘rganishning dastlabki bosqichlarida globus bilan kartani o‘rganishni birga 
qo‘shib olib borish lozim. 
Globussiz o‘quvchilarda keng ko‘lamli tasavvurlar hosil qilish qiyin. Qutb, 
ekvator, paralellar, meridian, kenglik, uzunlik, gradus to‘ri tushunchalarini 
globussiz o‘quvchilar ongiga yetkazish ancha mushkul. Globus yordamida 
masofani aniqlash borasida turli mashqlar bajarish mumkin. Globusdan yer sharida 
vulqonlarning joylashishi, dunyo okeani va uning qismlari, suv ko‘tarilishi va 
qaytishi, yerning issiqlik mintaqalari kabi ko‘plab mavzularni o‘rganishda unumli 
foydalanish lozim. Tabiiy geografiya darslarida quyidagi bilimlarni globussiz 
o‘rganish qiyin. Yerning umumiy ko‘rinishi, Yerning shar shaklidaligini isbotlash, 
yuqoriga ko‘tarilgan sari ufqning kengayishi, tog‘ tizmalarining balandligi, yer 
shari kattaligi, shimoliy va janubiy, g‘arbiy va sharqiy yarim sharlar, gradus turi, 
gorizont tomonlari, quyosh nurlarining qiyaligi va tushish burchagi, tropiklar, qutb 
doirasi, yer sharining issiqlik mintaqalari, yerning sutkalik va yillik harakati, yer 
o‘qining orbita tekisligiga qiyaligi, yil fasllari, globusda, joyda, kartada mo‘ljal 
olish, dengiz oqimlari, dunyo bo‘ylab sayohatlar, havo yo‘llari, masshtab, globusda 
masofalarni aniqlash, atmosfera, gidrosfera, mahalliy mintaqa vaqti, yerning ichki 
tuzilishi, globusda materiklarning joylashishi va h.k. Makteriklar va okeanlar 
kursida passatlar, tabiat zonalari, iqlim mintaqalarini ham globussiz o‘rganish 
birmuncha qiyin. Yuqori sinflarda globusdan doimiy foydalanilmasdan davlatlarni 
o‘rganishda, avvalo, uni globusdan ko‘rsatib keyin kartadan ko‘rsatish yaxshi 
natija beradi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, globusdan materiklar va okeanlar 


147 
geografiyasini o‘rganishda juda kam ishlatiladi. Bu juda katta xatodir. Globus yer 
yuzidagi bir-biridan uzoqda joylashgan punktlar orasidagi masofalarni aniqlashda 
hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan vositadir. Globusning ahamiyati butun 
geografiya ta’limi jarayonida saqlanib qolishi kerak. Bunga rioya qilmaydiganlar 
katta xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Yer yuzining ikki nuqtasi orasidagi eng qisqa 
masofa ortodramiya deyiladi. Topish uchun globus yuzasiga (2 ta nuqta orasiga) ip 
tortib, shu ip bo‘lagini o‘lchash kerak. Olingan uzunlikni (ipni) globus masshtabiga 
ko‘paytirish kifoya. Kartada esa 2 nuqta orasidagi eng qisqa masofa to‘g‘ri chiziq 
emas. Balki egri chiziq bo‘ladi.
Ortodramiyani globusda aniq masshtab bilan o‘lchansa, kartada murakkab 
formulalar bilan hisoblab topilishi amalga oshiriladi. Ortodramiyani globusdan 
kartaga ko‘chirish bo‘yicha mashqlar bajarilsa, o‘quvchilarni kartagrafik 
proeksiyalar tushunchasi bilan tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘linadi. Buning 
uchun globus va kartalarda bir xil va turli xil nuqtalar orasidagi masofalarni 
o‘chirib bir-biriga qiyoslanadi. Globus bilan kartani taqqoslash tufayli o‘quvchilar 
globusda hududning mashtabi, shakli, maydoni birday to‘g‘ri tasvirlanganligini o‘z 
ko‘zlari bilan ko‘radilar. Geografik o‘rin tushunchasini sayyoraviy nuqtayi 
nazardan olib qaraganda globussiz o‘quvchilar ongiga yetkazish qiyin.Yer sharida 
mamlakatlarning butun yer shariga va dengiz yo‘llariga nisbatan holatini ham 
globussiz o‘quvchilarga to‘laqonli yetkazish amri mahol. Ayniqsa iqlim hosil 
bo‘lish omillari, tuproq-o‘simlik zaxiralarining hosil bo‘lishi jarayonlarini 
geografik o‘rin bilan bog‘lab tushuntirish katta ahamiyatga ega. Buni globussiz 
amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Shu tufayli undan barcha sinflarda foydalanish geografiya ta’limi 
samaradorligini oshirishda nihoyatda foydali.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin