15
15
ichiga oladi: biografik savol-javob, muhim voqealar ruyhatini tuzish,
vokealarni keltirib chiqargan sabablarini aniklash va boshqalardir. Intervyu
natijalari kavzometriya shaklida tasvirlanadi. Kavzometriya kasbiy muammo va
inqirozlarni echish uchun qo’llaniladi.
Psixobiografiya -shaxslarning xayot
yulini psixologik urganish metodi xisoblanadi. Avval psixobiografiya
siyosatchilarining obru-e’tiborini, kishilarning individual kasbiy
biografiyalarini o’rganish maqsadida qo’llanilgan. Kasb psixologiyada
psixobiografiyani qo’llash orkali shaxsning kasbiy maqsadlarining paydo
bo’lishi, kasbiy shakllanishdagi inqiroz hakida qimmatli ma’lumotlarni olish
imkonini beradi.
Analitik metodlar - bu insoning mehnat sub’ekti sifatida rivojlanish
tarixi haqidagi ma’lumotlarni yig’adi. Bu usul E.A.Klimov tomonidan batafsil
ko’rib chiqilgan. Kasbiy analitik metod turi mehnat motivlarini o’rganish
tanqidiy voqealarni aniqlash, kasbiy faoliyatda obru-e’tibor qozonishni
oldindan tashhis qilishda qo’llaniladi.
Uchinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarni kasb psixologiyasi
fanining tadqiqot metodlaridan biri bo’lgan praksimetrik metodlar bilan
tanishtirish, Topshiriqlar tahlilini ta’riflash, kasb psixologiyasining metodlarini
ajratishni o’rgatish, kuzatishning ijobiy va salbiy tomonlarini ko’rib chiqish.
Kasbiy taxlilning muammolaridan biri kritik voqealar metodi haqida tushuncha
berish.
Dostları ilə paylaş: