Ta`lim global muammo sifatida


Ta`lim sifatini oshirishda e`tabor qaraatish kereakli bo`lgan vazifalar



Yüklə 26,07 Kb.
səhifə3/4
tarix24.10.2023
ölçüsü26,07 Kb.
#160578
1   2   3   4
Ta`lim global muammo sifatida-fayllar.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa
Ta`lim sifatini oshirishda e`tabor qaraatish kereakli bo`lgan vazifalar

Ta’lim sifati, uning maqsad va vazifalarini, mazmunini, shakl, metod, texnologiya va vositalarini to‘g‘ri tanlash muhim. Har bir mashg‘uloti ta’lim oluvchilarda o‘quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishga, o‘quv adabiyotlaridan kerakli axborotlarni mustaqil topishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.


Mashg‘ulot sifati o‘qilayotgan, tahlil qilinayotgan mavzuga pedagogning mas’uliyat bilan yondashishi, uning mazmunini ta’lim oluvchilarga yetkazishga qaratilgan mahorati, mashg‘ulotni bugungi kun talabi asosida tashkil etish va boshqarish uslubiy faoliyati bilan belgilanadi. Pedagog mavzuni yoritish uchun uning muhim bo‘lgan nazariya bilan asoslanganligi, fikrlarni mantiqan bog‘langanligini tushuntira olsa, ma’lum maqsadga erishgan bo‘ladi. Buning uchun zamonaviy o‘qitish texnologiyalari imkoniyatlari va usullaridan foydalanish zarur.
Jumladan, mashg‘ulotda muammoli, modulli, loyihalash, evristik hamda hamkorlikda o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish ta’lim oluvchilarni ijodiy va
mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, mustaqilligini oshirish, ularda o‘z qobiliyatiga
bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, mas’uliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Bu texnologiyalar ularning berilgan topshiriqlarni sifatli bajarishga, o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishga zamin tayyorlaydi.
Bugungi kunda o‘quv mashg‘ulotlari sifatini oshirish masalasiga yangicha yondashish, bajarilgan ishlar bilan cheklanmasdan, uni muntazam ravishda takomillashtirish, yangi uslub va shakllarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish muhim hisoblanadi. Har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:
  • o‘quv mashg‘ulotining mantiqiy-tuzilish shaklini (o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda ketma-ketlik) aniqlash, ularni bevosita hayot talablariga moslashtirish;


  • muammoli topshiriqlarni tuzish, ular asosida uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalarni tayyorlash;


  • pedagogik texnologiyalarning zamonaviy turlarini qo‘llash, tajribadan o‘tkazish, natijalariga qarab, o‘quv jarayoniga joriy etish;


  • shu tariqa ta’lim oluvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishga erishish;


  • pedagoglar faoliyatini rag‘batlantirishda barchaga bir xil yondashish tamoyillaridan voz kechish, uning o‘rniga faolligiga hamda mashg‘ulotlar sifatini oshirishga taalluqli bo‘lgan muayyan ishining sifati, hajmiga qarab rag‘batlantirish lozim.


O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsad va vazifalarini amlga oshirishda - asosiy e’tiborni maqsad va vazifalarni aniqlashga qaratish, pedagog va ta’lim oluvchilarning samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or pedagogik texnologiya va ular asosida yaratilgan interfaol usullardan foydalanish, natijalarini baholash tizimini takomillashtirish, uning barcha shakllarini yangi texnika va texnologiya yutuqlarini hisobga olgan holda tashkil etish va amalga oshirish, ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy qobiliyat hamda kasbiy mahoratlarini zamon talablari darajasida shakllantirish, o‘quv mashg‘ulotini noan’anaviy o‘qish va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan uzluksiz aloqasini yaratish, kasbiy, iqtisodiy qiziqishlarni uyg‘otish, mustaqil tarzda kerakli ma’lumotlarni yig‘ish, muammoni aniqlash, yechimlarini topish, olingan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tanqidiy tahlil etish va ularni yangi vazifalarni hal etishda qo‘llashga tizimli va ijodiy yondashishga qaratish lozim.


Ushbu muammolarni bartaraf etishda quyidagilarga ko‘proq e’tiborni qaratish lozim:
  • o‘quv dasturlarini ilg‘or xalqaro tajribalar asosida tajribali pedagog hamda mutaxassislar bilan kelishgan holda tubdan takomillashtirish, kerak bo‘lsa ularning variativ variantlarini ishlab chiqish;


  • ta’lim oluvchilarda tanqidiy, kreativ fikrlashni, yangicha yondashuv


uslublarida qobiliyatlarini shakllantirish;


  • nazariy va amaliy bilimlarni yaxlitligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ilg‘or tajribalarni tatbiq etgan holda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish;


  • o‘quv mashg‘ulotida ta’lim oluvchilar faolligini oshirishni nazarda tutuvchi muammoli savol va topshiriqlarni ishlab chiqish hamda debatlarni yo‘lga qo‘yish;


  • o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida ta’lim oluvchilar uchun tajribalar o‘tkazish, modellar yasash, loyihalash, modellashtirish, muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni bartaraf etish, o‘z g‘oyalarini hayotga joriy qilishga yo‘naltirilgan rag‘batlantirish tizimini yaratish;


  • respublika va xorijdagi yetakchi mutaxassis-olimlar ma’ruzalarini hamda vebinar mashg‘ulotlarini onlayn audio-, videotranslyatsiyalar ko‘rinishida tashkil


qilish;

  • o‘quv qo‘llanmalarini sohalardan kelib chiqib yaratish. Masalan, fizika darsligi bo‘yicha: tibbiyot-fizikasi, transport fizikasi, yengil sanoat-fizikasi va b.q.;

  • har bir fan bo‘yicha o‘quv yili uchun “Fan yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish;


Demak, ilg‘or xorij tajribalaridan foydalangan holda o‘zimizning tizimlashtirilgan ta’lim sifati borasidagi amalga oshiriladigan ishlarni umumlashtirish va hayotda qo‘llash bugungi kunda juda dolzarb Shu maqsadda, keyingi paytlarda o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish muhim vazifalar etib belgilandi. Bu o‘z navbatida ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan barcha fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va ular asosida ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda zamonaviy talablarga, pedagogik va axborot texnologiyalariga alohida e’tibor qaratish lozimligini taqozo etadi hamda ta’lim oluvchilarning hayotiy tajribasi, ehtiyoji, qiziqishi hamda imkoniyatlariga tayaniladi.


Xulosa

Bu vazifalarni amalga oshirish orqali malakali mutaxassislarni tayyorlashda xorij tajribalaridan samarali foydalanish, uning asosida o‘quv mashg‘ulotini tashkil etishga ta’lim muassasalarida yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish zarur. Chunki, o‘quv mashg‘uloti jarayoni pedagogik ijodkorlikning asosiy maydoni bo‘lib, uni tashkil qilish va boshqarishga to‘g‘ri, innovasion yondashuv ta’lim oluvchilarni bilim olishga, mustaqillikka, ijodkorlikka, tashabbuskorlikka, hamkorlikda ishlashga, kasbiy kompetensiyalarni chuqurlashtirish orqali ta’lim sifatiga e’tibor berishga jalb qiladi.


Ta’lim sifatini oshirishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, bu yo‘ldagi maqsad va vazifalarni aniq belgilash, buning uchun jahonda tan olingan tajribalardan foydalanish, axborot texnologiyalarini pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan holda qo‘llash bo‘lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy tayyorgarlik sifatini yaxshilashga xizmat qiladi, bu jarayon samaradorligini oshiradi. Ta’lim maqsadlarini oydinlashtirish, o‘qitish va o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan turli texnologiya va usullardan foydalanish, mazmunga e’tiborni qaratish ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga olib keladi.

Yüklə 26,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin