Tahlil qilish metodikasi


ANIQ FANLAR ORQALI O‘QUVCHILARDA TAYANCH



Yüklə 400,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix28.11.2022
ölçüsü400,03 Kb.
#70912
1   2   3   4   5   6
tXhtYhFdIk2UsefmDQQUG2DwzB9M5XecaB49u47p

ANIQ FANLAR ORQALI O‘QUVCHILARDA TAYANCH 
KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TAVSIYALAR 
 
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalar bilan 
birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Aniq fanlar 
bloki yo‘nalishidagi fanlari orqali o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni 
shakllantirish ular o‘zlashtirgan bilimlari asosida umumiy o‘rta ta’limning milliy 
o‘quv dasturi loyihasi egallagan ko‘nikma va malakalarini turli vaziyatlarda qo‘llay 
olishga qaratilishi maqsadga muvofiq. Jumladan, kommunikativ kompetensiyalarni 
shakllantirishda davlat tili, horijiy tillarni o‘zlashtirishda mustaqil, ijodiy fikrlash, 
yozma va og‘zaki ravon bayon etish malakalarini shakllantirishda aniq fanlarga oid 
atamalarni to‘g‘ri talafuz qilish, izohlab berish hamda erkin muloqot qilishga o‘rgatish 
zarur.
Fanlarni o‘qitishda axborot bilan ishlash kompetensiyasini samarali 
rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiruvchi zamonaviy axborottelekommunikatsiya 
vositalaridan muntazam foydalanish zarur. Bunda o‘quvchilarni fanga oid axborotlarni 
turli manbalardan izlash, tahlil qilish va axborot havfsizligiga rioya qilgan holda 


axborot vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda mobil qurilma (telefon, 
planshet va boshqa gadjetlar) lardan foydalanish tavsiya etiladi.
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirishda umuminsoniy 
fazilatlariga ega bo‘lish, Vatanni sevish, huquqiy, iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lish, 
yangiliklarga intilish va o‘zlashtirgan nazariy bilimlari asosida mustaqil qaror qabul 
qilishga, jamiyatda ro‘y berayotgan progressiv va innovatsion o‘zgarishlardan 
xabardor bo‘lish hamda ulardan kundalik hayotda foydalana olishga o‘rgatish zarur. 
Ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishda fuqarolik burch, 
ijtimoiy va siyosiy rivojlanish, favqulodda vaziyatlar, ekologik muammolar haqida 
bilimlarga ega bo‘lish hamda badiiy, ilmiy va san’at asarlarini tushunish hamda ularni 
asrashda tashkilotchilik xislatlarini rivojlantirishdan iborat. 
Nazorat savollari 
 
1. Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv predmetining maqsadi nima? 
2. Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv predmetining vazifalari 
nimalardan iborat? 
3. Maktab bitiruvchilariga qo’yiladigan qanday talablar qo’yiladi? 
4. Informatika fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning qanday
yangi avlodi yaratiladi? 

Yüklə 400,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin