Tahlil qilish metodikasi


Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv predmetining maqsadi



Yüklə 400,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.11.2022
ölçüsü400,03 Kb.
#70912
1   2   3   4   5   6
tXhtYhFdIk2UsefmDQQUG2DwzB9M5XecaB49u47p

Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv predmetining maqsadi
o‘quvchilarning iqtidorini, kreativ fikrlashga yo‘naltirish, fan-texnika taraqqiyoti, 
muhandislik, matematika va fizik bilimlarni kundalik hayotga tatbiq eta olish 
salohiyatini, ularda milliy, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga erishish; 
o‘quvchilarning amaliy faoliyatlarini bog‘lagan holda loyihalashtirishga yo‘naltirilgan 
ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo‘lgan ko‘nikmalari, muhandislik 
masalalarini yechish borasida nostandart va samarali yechimlarni topish 
ko‘nikmalarini namoyon qilish va rivojlantirishdan iborat.
Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv predmetining vazifalari:
 
umumiy o‘rta ta’limning barcha bosqichlarida informatika va axborot 
texnologiyalari fanini uzviy va izchilligini ta’minlash; o‘quvchilar uchun innovatsion 
(«bulutli») texnologiyalar, internet buyumlari, elektron kutubxona, virtual-intellektual 
borliq, robototexnika, arduino, ijtimoiy tarmoqlar, internet biznes, raqamli axborotlar 
bilan ishlash va ularni qayta ishlash texnologiyalarni o‘zlashtirish va shu sohadagi 
axborot madaniyatini shakllantirish; 
 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘quvchilarda 
ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish hamda hizmat kursatish kabi muammolarni 
yechish, loyihalashtirish, modellashtirish va boshqarish kabi kasbiy sifatlarni 
rivojlantirish;
 
samarador texnologiyalarni tanlash va joriy etish;


 
12 umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi innovatsion 
faoliyat yuritish va kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish orqali maqsadli axborot 
tizimlari va faoliyatning innovatsion uslublarini rivojlantirish;
 
ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, 
qiziqishi, moyilligi va qobiliyati asosida to‘g‘ri va perspektiv kasb tanlashga 
yo‘naltirish;
 
muttasil ravishda raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilim olishga harakat 
qilish, o‘z ustida tinimsiz ishlash va amaliy faoliyat yuritishni rag‘batlantirish;
 
iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlarga tez moslashuvchan, noqulay vaziyatlarda 
mustaqil ta’lim olishga qobiliyatli yoshlarni tarbiyalash; ta’limdagi ilg‘or tajribalarni 
umumlashtirish, keng ommalashtirish va «Informatika» fanini o‘qitishning shakllari 
xilma-xilligini rag‘batlantirish.
 
ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, 
elektron ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, «blended learning», 
«flipped classroom», MOOC, LMS, VR, IR, IoT texnologiyalarini amaliyotga keng 
joriy etish hamda ta’lim jarayonlarida smart texnologiyalardan foydalanish;
 
SMART texnologiyalarni joriy etish orqali maktab o‘quvchilarining fanlar 
integratsiyasiga qurilgan savodxonlik darajasini oshirish; informatika va axborot 
texnologiyalari fanini o‘qitish – maktab bitiruvchilarining raqamli savodxonlikni va 
madaniyatni, tanqidiy fikrlash va kreativ axborot-kommunikatsion kompetensiyalarini 
shakllantirish, shu bilan birga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan 
kreativ darajada foydalanish, hayotiy muammolarni zamonaviy AKT asosida 
loyihalashtirish, modellashtirish, algoritmlash, dasturlash va boshqarishni o‘zlashtirish 
imkonini beradi. 
 
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning konseptual 
asoslari sifatida shuni qayd etish joizki, informatika fanini zamonaviy talablar asosida 
o‘rganish:
 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida hayotiy 
muammolarni yechish, loyihalashtirish, modellashtirish, algoritmlash va boshqarish 
kabi universal faoliyatlarni o‘zlashtirish; 
 
raqamli jamiyatdagi masalalarini yechish mahoratini namoyon qilish orqali 
samarador texnologiyalarni tanlash; 
 
kreativ fikrlash va innovatsion faoliyat yuritish ko‘nikmasini shakllantirish 
orqali maqsadli axborot tizimlarini va mehnatga ta’sir o‘tkazishning innovatsion 
uslublarini yaratish; 
 
ta’lim jarayonida har xil kasbiy ko‘nikmalarni egallash orqali mustaqil 
hayotda zarur bo‘ladigan bo‘lajak kasbni to‘g‘ri tanlash; mehnat qilish, yangi 
bilimlarni egallash, mukamallikka erishish uchun raqamli texnologiyalar asosida o‘z 
ustida mustaqil ishlash va amaliy faoliyat yuritish;
 
13 umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi tez o‘zgaradigan 
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sharoitlarga moslashuvchan, noaniq vaziyatlarda mustaqil 
ta’lim olishga tayyor va umri davomida tahsil oladigan yoshlarni tarbiyalashdan iborat. 
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish jarayonida o‘quv-
metodik ta’minoti tarkibiga quyidagilar kiradi:
 Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha tayanch o‘quv reja; 


 Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha davlat ta’lim standartlari; 
 Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha o‘quv dasturlari; 
 Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha malaka talablari; 
 Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha o‘quvchilarning 
kompetensiyalarini baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’limning barcha darajalari uchun informatika fani bo‘yicha 
darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodi yaratiladi. Informatika va 
axborot texnologiyalari fanining maqomi matapredmetli bilimlar, ya’ni inson faoliyati 
va umumiy ta’lim mazmuni bilan atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni 
ta’minlashdagi, hayotiy muammolarni yechishda muhim vosita sifatida qaraladi. 
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning mazmuni, usullari va 
pedagogik texnologiyalarini modernizatsiya qilish, uni moddiytexnik va kadrlar bilan 
ta’minlash (shu jumladan informatika fani o‘qituvchilarini malakasini oshirish va 
qayta tayyorlash)ga yangicha yondoshiladi. Ta’lim sifati yaxshilanadi. 
konsepsiya 
DTS
malaka talablari 
O’quv reja 
O’quv dasturi 
Baholash tizimi 
Darslik 
O’qituvchi kitobi 
Ishchi daftar 
Multimedia ilovalari 
Laboratoriya praktikumlar 
ishlari 


 Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda fanlararo bog‘liqlikni 
tashkil etuvchi o‘quv modullari:
 axborot jarayonlar va tizimlar;
 amaliy masalalar va ularning yechimini zamonaviy AKT yordamida topishga 
o‘rganish;
 axborot xavfsizligini ta’minlash;
 modellashtirish va loyihalash ishlari;
 algoritmlash, dasturlash va testlash;
 yuqori texnologiyalar;
 axborot texnologiyalarni boshqarish;
 innovatsion loyihalarni amalga oshirish. informatika va axborot texnologiyalari 
fanini o‘qitishda variativ o‘quv modullari uchta yo‘nalishi bo‘yicha amalga 
oshiriladi:
 yangi bilimlarni olish va axborot loyihalarini bajarish;
 yangi bilimlardan foydalanish va tadqiqot loyihalarini bajarish;
 yangi bilimlarni qo‘llash va innovatsion loyihalarini amalga oshirish. 
Kadrlarni tayyorlash va inson potensialidan samarali foydalanish Umumta’lim 
muassasalaridagi informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish – informatika 
va axborot texnologiyalari, texnologiya, aniq fan o‘qituvchilari kadr zahiralariga 
hamda o‘quvchi istiqomat qilayotgan hudud iqtisodiyotining ehtiyojlariga tayanadi. 
Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmun va metodlarini 
takomillashtirish umumiy ta’lim uchun informatika fani bo‘yicha ishlab chiqilayotgan 
o‘quv me’yoriy hujjatlar hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari va resurslarini, 
masofadan o‘qitish texnologiyasini qo‘llash va o‘quvchilarning fan bo‘yicha 
rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishni inobatga olgan holda, pedagogik 
xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash, pedagog xodimlar 
uchun qo‘shimcha kasbiy ma’lumot berishni talab qiladi. 



Yüklə 400,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin