Tafakkur reja



Yüklə 6 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü6 Kb.
#174389
BURXONOV SHAXZOD(1)

TAFAKKUR

REJA:

  • 1. Tafakkur haqida tushuncha
  • 2. Tafakkur va uning turlari
  • 3. Tafakkurning xususiyatlari
  • 4. Tafakkur haqida qiziqarli faktlar

TAFAKKUR HAQIDA TUSHUNCHA

  • Tafakkur-bu aksiomatik qoidalar asosida atrofdagi dunyoning naqshlarini modellashtirishning aqliy jarayonidir.
  • Tafakkur inson bilimining eng yuqori bosqichidir.
  • Tafakkur- inson miyyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o’zaro munosabatlaridan iborat.
  • Tafakkur ko’pgina fan sohalari (falsafa,mantiq,jamiyatshunoslik,fiziologiya,kibernetika,biologiya)ning tadqiqot ob’ekti hisoblanadi.

Tafakkur va uning turlari

  • Tushunchali tafakkur-bu ma’lum tushunchalar qo’llanadigan tafakkur. U yoki bu aqliy masalalarni yechishda boshqa odamlar tomonidan aniqlangan va tushunchalar, muiohazalar, xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan foydalanamiz.
  • Obrazli tafakkur- bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining bir turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi. Ko’pincha tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi odamlarda ustun bo’ladi.
  • Ko’rgazmali-obrazli tafakkur-obrazlarni qo’llash bilan bog’liq. Bu tafakkur odam biror masalani yechishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar haqidagi tasavvurlarni tahlil qilishda, qiyoslashtirishda, umumlashtirishda namoyon bo’ladi.
  • Ko’rgazmali harakatli tafakkur- mohiyati real jismlar bilan amalga oshiriladigan amaliy o’zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo’lgan tafakkurning alohida turi.
  • Amaliy tafakkur- tajriba,amaliy harakatlar asosida amalga oshiriladi va aniq vazifalarni bajarishga qaratilgan, nazariy-tajriba bilan ish ko’rmasdan tushunchalardan foydalaniladi. Diskursiv tafakkur-kengaytirilgan tafakkur, ichki sezgi kechishining tezligi, aniq ifodalangan bosqichlarning mavjud emasligi, oz darajada anglanganligi bilan xarakterlanadi.

TAFAKKURNING XUSUSIYATLARI

  • Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo‘lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: «yuaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil bo‘ladi?»dan iborat.
  • Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog‘liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o‘tish sodir bo‘ladi.
  • Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida ta’riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‘zaki va yozma nutqda (o‘qituvchilar ma’ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) Ifodalangan. Shuning uchun tafakkur ko‘plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi.
  • Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.

TAFAKKUR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Yüklə 6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin