Suyultirilgan uglevodorodli gazlar Gazlarning turi


Gazlashtirish tizimlarida ishlatiladigan gazlar ikkiga bo‘linadi



Yüklə 415,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix18.09.2022
ölçüsü415,2 Kb.
#63773
1   2   3   4
2 Mavzu kimyo maruza

Gazlashtirish tizimlarida ishlatiladigan gazlar ikkiga bo‘linadi: 
 
Tabiiy gazlar, ya’ni yer ostidan qazib olinadigan gazlar 
 
Sun’iy gazlar – qattiq yoki suyuq yoqilg‘ilarni qayta ishlash natijasida hosil 
qilinadigan gazlar. 


Tabiiy gazlar ikkiga bo‘linadi:
1) Toza gaz konlaridan chiquvchi gazlar. Bunday toza tabiiy gazlar gaz konlaridan qazib 
olinib, uning asosiy qismini metan (CH4) tashkil qiladi.
2) Yo‘ldosh gazlar. Bu gazlar yer osti qatlamlarida neft bilan aralash bo‘lib, neftni qazib 
olish jarayonida u bilan birga chiqadi va yer sathiga chiqqandan so‘ng bosim pasayishi 
natijasida neftdan ajraladi.
Sun’iy gazlar to‘rtga bo‘linadi:
1) Qattiq yoqilg‘ini havosiz joyda 900 – 1100°C gacha qizdirish natijasida koks gazi hosil 
bo‘ladi. Koks gazining issiqlik berish qobiliyati – 16 – 18 MJ/m3.
2) Qoldiqsiz gazifikatsiya gazlari (generator gazlari). Bu gazlarni olishda qattiq 
yoqilg‘ilar havosiz joyda qizdirilib, undan keyin qizdirilgan massa orqali bosim ostida 
havo, kislorod yoki suv bug‘i yuborilsa, ular yoqilg‘i tarkibidagi yonuvchi moddalarni 
o‘zi bilan olib chiqadi.
3) Ba’zi ko‘mir konlarida ko‘mir qatlamlarining qalin bo‘lmaganligi va ularni shaxta 
usulida qazib olish iqtisodiy tarafdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganligi sababli bunday 
ko‘mir qatlamlari qazib olinmasdan, yer ostida kam havo berib yoqilib, ular gazga 
aylantiriladi va yer ustiga yonuvchi gaz yer osti gazifikatsiya gazlari sifatida chiqarib 
olinib, mahalliy gazlashtirish tizimlarida 
ishlatiladi.
4) Neftni qayta ishlashda hosil bo‘lgan gazlarNeftni qayta ishlash zavodlarida neft 
qizdirilib, undan benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi va boshqa suyuq yoqilg‘ilar olinadi. 

Yüklə 415,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin