Suyultirilgan uglevodorodli gazlar Gazlarning turi



Yüklə 415,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix18.09.2022
ölçüsü415,2 Kb.
#63773
  1   2   3   4
2 Mavzu kimyo maruza



2 Mavzu : Uglevodorot tarkibiga kiruvchi tabiiy manba tabbiy gaz 
haqidagi tushunchalar 
Reja : 
1
Suyultirilgan uglevodorodli gazlar
 
2
Gazlarning turi
 
3

Tabiiy gazlar 
4 Sun’iy gazlar 
Tayanch so’zlar : Alkanlar,tabbiy gazlar,sun’iy gazlar,gazlashtirish,tozza 
gaz,yo’ldosh gazlar 
SUYULTIRILGAN UGLEVODORODLI GAZLAR 
Suyultirilgan uglevodorodli gazlar (SUG) deb atrof muhit haroratida va atmosfera 
bosimida gaz holatdagi ko‘rinishga ega bo‘lib, bosimning bir oz oshib borishi (harorat 
pasaymasdan) bilan suyuq holatga o‘tadigan, uglevodorodlar yoki ularning aralashmasiga 
aytiladi.Suyultirilgan uglevodorodli gazlarning asosiy manbalari –gaz kondensati paydo 
bo‘lgan joy va «hamrohlikda» neft mahsulotlari bilan birga chiquvchi gazlar hisoblanadi.
SUG gazlarning asosiy tarkibiga (komponentlariga) to‘yingan uglevodorodli gazlar
ochiq tuzilishga bo‘lgan “alkan“ lar kiradi. Ularning umumiy ximiyaviy formulasi 
quyidagi ko‘rinishga ega buladi: СnH2n+2 Alkanlar rangsiz modda bo‘lib, neft 
mahsulotining hidini tarqatadi, suvda erimaydi. Ular boshqa moddalar bilan birikmaydi 
va reaksiyaga kirishuvi sekinroqdir. Metan (SN4) va etan (S2N6) lar gazdir, metan –
82.10 S, etan esa +32,30S dan past bo‘lganda kondensatlanadi. Propan, normal butan va 
izobutan normal sharoitda gaz holatida bo‘lib, bosimi bir oz oshirilsa, ya’ni bosimi 
(MPa)da 0,47 (propan), 0115 (butan) va 0,161 (izobutan) va harorati t=00S bo‘lganda 
kondensatlanib suyuk holatga o‘tadi. SUG ning bunday xossasi, ya’ni propan – butan 
aralashmasi gaz ta’-minoti sistemasi uchun foydalanishda eng sifatli manba hisoblanadi. 
Bu gazlarni ayniqsa istemolchilarga etkazilib berilishi va ularning saqlanishi suyuq 
holatda bo‘lib, ulardan yoqish uchun foydalanish esa gaz holatda bo‘lishi juda 
qulaydir.Suyultirilgan uglevodorodli gazlarning tarkibi davlat standart o‘lchami (GOST) 
orqali aniqlanadi. Bu o‘lchamlarga asosan SUGning uch xil turi istemolchilarga yoqilg‘i 
sifatida etkazilib beriladi.
Birinchisi: Texnikaviy qishgi propan-butan aralashmasi (TQPBA)
Ikkinchisi: Texnikaviy yozgi propan-butan aralashmasi (TYOPBA)
Uchinchisi: Texnikaviy butan (TB) 

Yüklə 415,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin