Sudralib yuruvchilar sinfi. Sudralib yuruvchilarning anatoma-morfologik tasnifi. Tayanch iboralar



Yüklə 43 Kb.
tarix06.02.2017
ölçüsü43 Kb.

Aim.uz

Sudralib yuruvchilar sinfi. Sudralib yuruvchilarning anatoma-morfologik tasnifi.

Tayanch iboralar: sudralib yuruvchilar sinfining xarakterli belgilari- terisidagi shox tangacha qalqonlar, ensa bo`rtmasi, birinchi 2 ta bo`yin umurtqasi, nafas yo`llari, ko`krak qafasi, skeleti, yuragi, arteriyalar, kovak venalar, buyragi metanefros, jinsiy bezlari, urug`lanish va ko`payishi, nerv sistemasi va sezuvchi organlari.
1.Sudralib yuruvchilar sinfining umumiy tavsifi.

Sudralib yuruvchilar- yuqori tabaqali umurtqalilarning yoki amniotalarning birinchi tuban sinfidir. Gavdasida yaxshi ajralib turgan bo`yin bo`limi bor. Aksariyat ko`pchiligida yaxshi rivojlangan besh barmoqli oyoqlari bo`ladi. Terisi shox tangachalar, qalqonchalar yoki panser bilan qoplangan. Skeleti to`liq suyakdan tashkil topgan. Bosh skeletining ensa qismida bitta ensa bo`rtmasi bor.

Tana umurtqalaridan qovirg`alar chiqib, ular oldingi uchlari bilan qorin tomonda qo`shiladi va ko`krak qafasini hosil qiladi. Oldingi miya yarim sharlari yaxshi rivojlangan va ularning qopqog`ida kulrang modda bo`ladi. Nafas olish organi bo`lib umrbod o`pka xizmat qiladi va nafas olish akti ko`krak qafasining kengayishi hamda torayishi natijasida yuzaga keladi. Yuraklari uch kamerali, lekin ko`pchiligining yurak qorinchasi to`liq bo`lmagan parda bilan bo`lingan bo`ladi. Vena sinus va arterial konuslar yo`q. Ajratish organi bo`lib chanoq buyragi metanefros xizmat qiladi. Urug`lanishi ichki, taraqqiyoti metamorfozsiz o`tadi. Yurak qorinchasida aralash qon bo`lganligi sababli sudralib yuruvchilarning gavda temperaturasi o`zgaruvchan bo`lib, tashqi muhit haroratiga bog`liq bo`ladi. Sudralib yuruvchilar sinfi hozirgi vaqtda yashayotgan reptiliyalarnung 6300 turini o`z ichiga oladi (1-rasm).
2.Teri qoplagichlari.

Sudralib yuruvchilarning tuzilishini tez kaltakesak misolida ko`rib o`tamiz.

Teri qoplagichlari amfibiyalarning teri qoplag`ichlaridan keskin farq qiladi va havo muhitida yashashga moslashgan belgilariga ega. Epidermisning tashqi qavati shox tuzilmalar-tangacha va qalqonchalar bilan qoplangan. Bularning chakli, soni va joylashishi sudralib yuruvchilarni aniqlashda katta rol` o`ynaydi.

Kaltakesaklarning terisi tanaga butunlay yopishib turadi. Terisidan suv bug`latish reptiliyalar turiga qarab turlicha bo`ladi. Quruq, cho`l zonalarida yashovchi reptiliyalar terisi orqali suvni kam yo`qotadi. Timsohlarda esa nam yo`qotishning 75% teri orqali bo`ladi.



Terida bezlar kam rivojlangan. Kam sonli teri bezlari timsohlarda va toshbaqalarda birmuncha yaxshi rivojlangan. Kaltakesaklarning sonlarini ichki tomonida qator joylashgan son teshikchalari bo`ladi. Bu teshikchalardan urchish vaqtida ipsimon moddalar ajraladi.


Aim.uz




Поделитесь с Вашими друзьями:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə