10
Stolning o’yin yuzasi istalgan materialdan bo’lishi mumkin va 30 sm.
balandlikdan tushayotgan standart sharni taxminan 23 sm.ga irg’itish lozim. Stol
yuzasi vertikal holatdagi setka bilan bir-biriga teng lkkita qismga bo’linadi. Stolning
o’yin yuzasi bir xildagi to’q rangli bo’yoq bilan bo’yalishi lozim.
Stolnmg har
to’rttala tomoni bo’ylab eni 20 mm. bo’lgan oq chiziq tortilgan bo’lishi kerak. Juftlik
o’yinlarida stolning o’rtasidan, to’rga perpendikulyar ravishda eni 3 mm. bo’lgan oq
chiziq chiziladi.
Shar (sharik)
Stol tennisi uchun shar selluloid yoki shunga o’xshash plastmassadan yasaladi.
Shar oichamlari-diametri 40 mm., og’irligi-2,7 gr. Shar oq yoki to’q
sariq rangda
bo’lishi va albatta yaltiroq rangda bo’lmasligi kerak. 2007-yildan boshlab xalqaro
musobaqalarda boshqa rangdagi sharlar ishlatilmay kelyapti. 2003-yilgacha diametri
38 mm. bo’lgan sharlar ishlatilgan: diametrni oshirish
sababi shardagi ortiqcha
tezlikdir, ortiqcha tezlik esa hakamlik qilish va o’yinni
kuzatishda noqulayliklar
keltirib chiqaradi.
2012-yilda, Londondagi Olimpiya o’yinlaridan
keyin yangi sharlarni joriy
qilish
rejalashtirilgan edi, ammo bu yangilik 2014-yilga ko’chirildi,
chunki ishlab
chiqaruvchilar oldingilarning о’rnini almashtiruvchi
munosib sharlarni ishlab
chiqarishni
uddalay olmadilar
(yangi sharlar tekis emas va tez sinuvchan edi).
Taxminan shar diametri 42-44 mm.ni tashkil qilishi lozim boigan.
2014-yilning 6-fevral kuni ITTF stol tennisi uchun selluloid o’rniga
plastmassadan yasalgan yangi shar joriy qilinganligini e’lon qildi. Yangi shar “40+”
11
shaklida lfodalanadigan bo’ldi, ya’ni uning diametri 40 mm.dan sal ko’proqni
tashkil qildi. Yangi shar 2014-yilning 1 iyul kunidan boshlab rasmiy musobaqalar
uchun majburiy bo’ldi
.
Mashq sharlarining emblemasida ba’zan ularning nimaga mo’jallanganligi
ko’rsatiladi va bu sharlarda «yulduzchalar» mavjud emas.
Musobaqa sharlarining
sifati 1 dan 3 gacha bo’lgan «yulduzchalar» soni bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: