15
Texnikani o’rgatish
Har xil
texnik usullarni tushuntirish, amaliy demostatsiyalar va o’rgatuvchi
ortidan takrorlash yordamida o’rganiladi.
Avtomatizmgacha o’rganilgan zarba harakatlarini doimiy
(muntazam)
takrorlash.
Harakatli malakalarni maxsus yaratilgan qiyin harakatlar orqali tugallash
kerak.
Shulardan kelib chiqqan xolda barcha texnik usullarni maqsadga muvofiq
quyidagi ketma-ketlik tarzda o’rganish kerak:
❖
usullarni qo’llash texnikasi haqida tushuncha;
❖
uni o’rgatuvchi
(murabbiy)
tomonidan ko’rsatib berilishi;
❖
sharsiz harakatlarning imitatsiyalari;
❖
osma sharlarga zarbalar berish;
❖
trenirovka zalidagi devordan zarbalar;
❖
raqib tomondan berilgan zarbalarga javob qaytarish texnikasi;
❖
shu zarbalarni joy almashtirib bajarish;
❖
setka orqali o’yinda 1-tayyorgarlik;
❖
yo’naltirilgan nuqtaga sharning aniq borib tushish mashki;
❖
hisob bilan o’ynashni o’rganish;
❖
ikki tomonlama o’yinlarni qiyinlashtirilgan xolatda oxiriga etkazish.
16
Shug’ullanuvchilarni o’yinga o’rgatish uning mohiyatini va asosiy qoidalarini
uzatishdan boshlanadi. Keyin esa 3-5 mashg’ulot davomida o’rganuvchi raketkani
ushlashni,
gavda tutish holatini, zarba berish oldidan dastlabki holatni va siljishni
o’rganadi. Buning uchun quyidagi mashqlardan foydalaniladi:
❖
raketkaning o’ng va chap tomoni bilan sharni ko’p martalab o’yinga
tashlash;
❖
shuning o’zi navbat bilan;
❖
qo’lning o’ngdan chap tomonga harakati bilan raketkaning o’ng va chap
sahnidan foydalanib sharni aylantirish.
O’rganilgan mashqlarni mustahkamlash uchun yangi o’rganuvchiga xuddi ana
shu mashqlarni harakatda bajarish taklif qilinadi. Zarba berish texnikasini
egallashdan avval shug’ullanuvchilarda o’rganilayotgan
harakatlarning xarakteri
haqida aniq tasavvurni shakllantirish kerak. Zarbalarni o’rganish ularni imitatsiya
qilishdan boshlanadi.
Imitatsion mashqlar yuksak sport natijalariga erishishning zaruriy sharti
hisoblanadi va shuning uchun ham jiddiy munosabatda bo’lishni talab qiladi.
Imitatsiyada zarba beruvchi harakatlarni ko’p martalab takrorlash asosiy shart. Har
kuni imitatsiya bilan shug’ullanish harakat texnikasini takomillashtirish imkonini
beradi. О’yin harakatiarida ishtirok etuvchi qo’1,
tana va oyoq mushaklarini
mustahkamlaydi.
Texnik usullarga to’g’ridan zarba berishni o’rgatishdan boshlanadi. Stol yonida
mashq qilishda sherigi stolning ma’lum bir nuqtasiga tashlab bergan sharlarga zarba
berishni o’rganish ma’qul. Shundan keyin to’g’ridan zarba bershi murabbiyning
topshirig’iga ko’ra ma’lum bir yo’nalishda sherigi stol yonidan bergan zarba bilan
o’rganiladi.
Stol yonidagi birinchi mashg’ulotda murabbiy yangi o’rganuvchining
harakatlarini diqqat bilan kuzatmog’i lozim. o’rgatishning ana shu bosqichidayoq
elementar taktik mahoratni, ya’ni
shar uzatishlarning uzunligini, yo’nalishini va
kuchini o’zgartirib bajarishni egallash mumkin. Shug’ullanuvchi sharning
sakrashini o’rganib bo’lishi bilanoq, uni siljishga o’rgatmoq lozim. Boshlovchi
17
tennischilar harakatlarining asosiy usullari chetlashtirilgan va oldga chiqarilgan
oyoqlar
bilan kamroq hollarda oldinga, orqaga va yon tomoniarga keskin siljish
hisoblanadi.
Stol yonida harakatlanishni zarba berish texnikasini o’rgatishdan ajratib olib
borish mumkin emas. Zarba berish imitatsiyasini o’rganayotgan yangi o’yinchi
tasavvur qilingan shar kelish joyiga tez qaytib bora olishi lozim. Itarma zarbalarni
o’rganish cho’zilib ketmasligi kerak. Shug’ullanuvchi bu zarba sharini egallab olishi
bilanoq yuqoridan aylantirib yo’naltirilgan o’ng va chap zarbalarni o’rganishga
kirishmog’i shart.
Murabbiylarning ko’pchiligi avvaliga chap zarbalarni o’rganishi kerak deb
hisoblasalar, boshqalari avval o’ng zarbalarni o’rganishni tavsiya qiladilar. Bu
uslubiy muommani echayotganda
shuni unutmaslik muhimki, chapdan zarba
berishni o’rganish osonroq, ammo uni hamma ham bir xilda tez o’rgana olmaydi.
Ba’zi birovlar uchun o’ng zarbalarga nisbatan chap zarbalar qulayroq bo’ladi.
Oddiy itarib zarba berishdan murakkab burama zarbaga o’tish qo’shimcha
mashqlardan foydalanilgan holda maxsus tayyorgarlik bilan ta’minlanmogi lozim.
Dastlab o’rgatish uchun barmoqlarning maxsus harakatlarisiz tirsakda chapdan
burama zarbalarni qo’llash tavsiya qilinadi. Eng ko’p tarqalgan holatlar gavdani
noto’g’ri burish va qo’lni qattiq g’ijimlashlar.
Zarbalarning aniqligi ko’p tomondan ularning ritmiga
va raketkaning sharga
aniq tegishiga bog’liq. Sharga berilgan zarba keskin, lekin kuchli bo’lmasligi kerak.
Agar yangi shug’ullanuvchi bu usulning uddasidan chiqa olmasa, stol ustiga tashlab
berilgan sharga zarba berishni o’rgatish lozim.
O’ngdan itarib zarba berishni o’rgatish uchun o’rtacha kuchdagi zarbalarni va
yakunlovchi deb ataluvchi zarbalarni aniq chegaralash muhim. Bir vaqtning o’zida
ham burama zarbalarni, ham yakunlovchi zarbalarni o’rgatish murakkab. Burama
zarbalarga o’rgatishning boshlang’ich davrida stol yonida zarba beruvchi
mashqlarni qo’llash lozim. Keyinchalik sharning aylanishi kuchaytiriladi, chunki u
burama zarbalar berishga to’g’ri harakatlanishlarga
va raketka sharga tekkanida
kerakli keskinlik berishda yordamlashadi.
18
Pastlab aylanuvchi zarbalarga o’rgatishda, eng yaxshisi, yuqori aylanishga ega
bo’lgan zarbalarni berish paytini va tennischi hujumning asosiy texnik usullarini
o’rganganidan so’nggi vaqtni tanlashi kerak. o’ngdan va chapdan keskin zarbalar
berishni o’rganishni eng yaxshi usuli mashqlarning trenirovka ”devori”
Dostları ilə paylaş: