30
O’yindagi vaziyatdan kelib chiqib yassi zarba oraliq, yakunlovchi yoki qarshi
zarba sifatida qo’llanilishi mumkin. Xitoylik tennischilar yassi zarbadan ko’pincha
hujumga tayyorgarlik zarbasi sifatida foydalanadilar.
Yassi hujumkor zarbani bajarish uchun tennischining butun tanasi harakatga
kelishi lozim: oyoqlar, elka bog’lamasi, elkaoldi, panja va bilak. Ammo amaliyotda
bu faqat tennischi uchun etarli joy va zarbani tayyorlash
uchun etarli vaqt
bulgandagina mumkin bo’ladi.
Hozirgi zamon tezkor o’yini sharoitida zarbani bajarish uchun zarur bo’lgan
harakatlar, odatda, minimal darajaga keltiriladi va yelka hamda yelkaoldi
zarbasining yakunlovchi qismiga qoldiriladi.
Aldamchi xarakat (skidka)
Aldamchi xarakat
(skidka) tennis stoli ustida bilak zarbasi bo’lib, raqib
tomonidan yuborilgan qisqa sharga birinchi hujumkor yurishdir.
Aldamchi xarakat
(skidka) texnikasi jihatidan murakkab zarbalar sirasiga
kiradi, sharning aylanishiga bog’liq bo’lmagan qisqa
shar uzatishning barcha
xususiyatlarini hisobga olgan holda asosan musobaqa jarayonida yuqori malakali
tennischilar tomonidan qo’llaniladi.
Aldamchi xarakatni
bajarish chog’ida tennischi stol yaqinida joylashgan
bo’lishi lozim, sharni egallab olish butunlay stol yuzasi ustida bajariladi, bilak
orqaga qayrilgan, raketka ochiq bo’lishi kerak. Zarba sharning eng yuqori parvozida
raketkani oldinga va bir oz yuqoriga harakatlantirgan holatda beriladi.
Qisqa zarba
Qisqa
zarba
asosan
hujumkor
uslubdagi
tennischilar
tomonidan
himoyalanuvchiga qarshi qo’llaniladi. Bunday zarbadan so’ng shar, agar uni raqib
qabul qilib olmasa, uning yarim maydonidan bir nechta marta irg’ib o’tadi.
Zarba stol ustidan qo’yi aylanishli qisqa va o’rtacha sharga qo’l bilagi bilan
beriladi. Raketka neytral holatda yoki bir oz ochiq holatda bo’ladi, shar energiyasi
bilakning engil harakati bilan o’chiriladi, shundan keyin shar irg’ib o’tganidan so’ng
qisqa traektoriya bo’ylab uchadi.
Hujumdagi tennischiga qarshi qisqa zarba raketkani sharga tekkan paytida bir
31
oz orqaga tortish bilan passiv blok sifatida qo’llaniladi, bunda sharning tezligi
pasayadi.
Dostları ilə paylaş: