25
o‘rgatish
Stol tennisinmg barcha texnik usullarini shartli ravishda
quyidagi belgilarga
ko’ra tasniflash mumkin.
Zarbani ijro etish asosiy rol o’ynaydigan qo’lning bir nomli qismlarga ko’ra:
❖
panja;
❖
tirsak;
❖
elka usullari.
•
Zarba ijro etilayotgan joy bo’yicha:
❖
yaqm zonadan (stoldan 1 m.gacha);
❖
o’rta zonadan (stoldan 2,5-3,0 m.gacha);
❖
uzoq zonadan (stoldan 3 m.dan ko’proq masofada).
•
Zarba berilayotgan vaqtga qarab;
❖
yarim parvozda;
❖
sharning ko’tarilishida;
❖
sharning eng yuqori ko’tarilish nuqtasida;
❖
sharning stolga tushishida zarbalar berish.
•
Kuchga qarab:
❖
kuchli;
❖
o’rtacha;
❖
kuchsiz;
❖
to’xtab qolgan zarbalar.
•
Aylanishiga ko’ra:
❖
tekis;
❖
pastga aylanuvchi;
❖
yuqoridan aylanuvchi;
❖
yon tomonga aylanuvchi;
❖
aralash turdagi aylanuvchi zarbalar.
•
Mo’ljalga ko’ra:
❖
tayyorgarlik (oraliq);
❖
himoya;
26
❖
hujum;
❖
yakunlovchi zarbalar.
•
Yo’nalishiga ko’ra;
❖
to’g’ri chiziq bo’ylab;
❖
diagonal chiziq bo’ylab;
❖
qiyshiq zarbalar.
❖
Uchish tezligiga ko’ra;
❖
sust;
❖
o’rtacha;
❖
tezkor zarbalarga bo’linadi.
Aldamchi zarbalar
Aldamchi zarbalar-tryuk ko’rinishidagi zarbalar bo’lib, ijrochidan to’xtovsiz
mashqlar, chaqqonlik, chaqqonlik va panja bilan ishlash mahoratini talab qiladi.
Bunday zarbalarni ijro etganda bir yo’nalish ko’rsatiladi,
shar esa boshqa
yo’nalishga
yuboriladi, bir aylanish ko’rsatiladi, lekin
sharga boshqacha aylanish
beriladi va h.k.
Aldamchi zarbalarning turlari juda ko’p:
❖
tashqi tarafdan kesma holda ko’rinadigan tekis aldamchi zarba. sharni
qabul qilayotganda raketkani yuqoridan pastga o’tkaziladi,
sharga
tegish paytida esa raketkani panjani mohirlik
bilan ishlatish hisobiga
qisqa muddatli to’xtatish;
❖
yuqori aylanish o’rniga kesmali aldamchi top-spin ishlatish. Qo’l
harakati va zarbani bajarish tezligi iloji boricha top-spinga mos kelishi
kerak, ammo raketkaning egish burchagini o’zgartirish
va uning
harakat yo’nalishini sharning qo’yi yarim
sfera qismiga zarba berish
hisobiga sharga qo’yi aylanish beriladi;
❖
qisqa aldamchi zarba, bunda zarba imitatsiyasi hujumkor zarbadan bir
oz oldin bajariladi. Raqib sharga zarba berayotgan paytda o’yinchi
qisqa zarbani tugatishga xos bo’lgan holatga o’tib, qo’lini to’rga
yo’nalish bo’yicha cho’zadi. Raqib oldinga
harakatni boshlashi bilan
27
asosiy hujumkor zarba beriladi.
Dostları ilə paylaş: