Sport va harakatli



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

 
Taqrizchilar: 
Uraimov Sanjar Ro‘zimatovich
– FarDu, Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi 
mudiri, PhD. Dosent 
Norqulov Doniyor Raxmiddinovich 
– Jismoniy tarbiya va sport 
mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Farg‘ona 
filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi p.f.b.f.d(PhD) 
Dosent

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar 
vazirligining 2023 yil 27-martdagi 68-sonli buyrug’iga asosan nashrga 
ruxsat berilgan.
№ 68-509 



I-MAVZU SPORT VA HARAKATLI O‘YINLARNI O‘QITISH 
METODIKASI FANIGA KIRISH, HARAKATLI O‘YINLAR 
TARIXI, TURKUMLARI VA PEDAGOGIK AHAMIYATI. 
1.1
 
HARAKATNI KELIB CHIQISHI TARIXI. 
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar hayotida 
ovchilik o`yinlari muhim o`rin tutgan. Ba’zi manbalarda ular ovdan 
oldin o`tkazilishi yozilgan bo`lsa, boshqalarida ovdan so`nggi o`yinlar 
o`yinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Agar bu ma’lumotlarni chuqurroq 
tahlil etadigan bo`lsak, unda ovchilik o`yinlari ovdan oldin ham, undan 
so`ng ham o`tkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi o`yinlar – 
avvalda mashq (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy 
tayyorgarlik) vazifasini o`tagan hamda jiddiy o`ziga xos kichik ibtidoiy 
odamlar o`ljani osongina qo`lga tushirish, unga yaqinlashishni 
o`rganishgan, buning uchun niqob kiyib, hayvon qiyofasiga tushishni, 
uning yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan. Aynan 
ana shunday o`yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga o`rgatishgan. 
Shu boisdan ham u o`ziga xos maktab vazifasini o`tab, bir tomondan, 
ovchilar mahoratini o`stirishga yordam bergan bo`lsa, ikkinchi 
tomondan esa, ularda taqlid san’atini shakllantirgan va rivojlantirgan.
Ovdan so`ngi o`yinlar ov muvoffaqiyatli tugagandangina 
uyushtirilgan deb tahlil qilish mumkin. Chunki obdon o`lja bilan 
qaytish, bu ziyofat, xursandchilik qilishga, butun jamoaning bayram 
qilishiga imkon yaratgan.
O`rta Osiyo territoriyasida ibtidoiy odamlar hayotida ham ovchilik 
o`yinlari bo`lgan degan taxminiy isbotni biz paleolit davri Boysun 
tog`idagi Teshiktosh g`oridan bundan yuz ming burungi pespertol (o`rta 
paleolit) 
odam 
suyagini 
topilishi, 
Samarqandagi 
Omonqo`ton 
qishlog`idagi g’ordan topilgan tosh qurollar. Surxandaryoning Zarko`t 
kamarida olvon rangdagi suratlar. Xo`jakent qishlog`idagi toshlarga 
chizilgan kiyik va ho`kiz tasviri va boshqa ko`pgina arxeologik 
topilmalar va ulardagi tasviriy san’atga oid elementlar, bu raqs 
o`yinlarining, shu jumladan bolalar folklor o`yinlarining eng sodda 
shaxobchalarga ega ekanligidan dalolat beribgina qolmay, balki uning 
tug`ilishi bosqichlarini aniqlashga ham yordam beradi. Mazkur 
suratlarda ibtidoiy kishilarning qadimgi ovchiligi, hayvonat va tabiiy 
borliq bilan bog`liq rituallar aks etib, ov vaqtida jonivorlar terisidan 
niqob qilib yurishlari, bir tomondan ov jarayonida yovvoyi



hayvonlarni hurkitib yubormaslikni ko`zlasa, ikkinchi jihatdan, ularning 
tushuncha 
va 
e’tiqodlarini 
etnografik 
hamda 
urf-odatlari, 
qadriyatlarining ham ifoda etadi.
Farg`onaning Saymalitosh tog`i g`orlariga chizilgan rasmlar 
(Eramizdan oldingi II-I asrlar) hayvon terisini yopinib, o`yinga 
tushayotgan ishkor marosimlaridan dalolat beradi.
Hayvonlar to`dasiga yaqinlashish uchun ibtidoiy odam hayvon yoki 
qushlarga aynan taqlid qilish, buning uchun esa ularning o`ziga xos 
xususiyatlarini, 
yurish-turishlarini, 
o`tlashlarini, 
bir-birlari 
bilan 
olishishlarini, hurkib qochishlarini, hatto tovushlarini ham o`rganishga 
to`g`ri kelardi. Nihoyat, yovvoyi hayvonlarni ov lish shart-sharoiti 
odamning chaqqon va abjir, jasur va toliqmas bo`lishini, buning uchun 
doim tinimsiz shug`ullana borishini talab qilardi. Bularning hammasini 
o`z navbatida ibtidoiy odamda jismoniy - ritmik harakatning fe’li yoki 
tabiat hodisalariga taqlid qiluvchi pantomim harakat va o`yinlarning, 
qahramonlik raqslarining tug`ilishiga olib kelar edi. Tog` qoyalari va 
g`orlarda chizilgan suratlardagi o`yin tasviri mazmun-ma’no, va shakl-
shamoyil jihatdan turlariga xarakterga ega. Ayrimlari ov va mehnat 
jarayonini, ba’zilari esa tabiat stixiyalariga taqlid shaklida, boshqalari 
jangovorlikni, afsungarlikni, imo-ishora va pontomima sa’natini 
eslatadi. Dastlabki paytlarda shavqinli betartib o`yinlar bora-bora 
musiqaviy ohang pantomim hamda plastik harakatlar orqali amalga 
oshirila boshlangan keyingi davrlarda, bunday etnografik talqindagi 
o`yinlar turli shakllarga ko`chib “Ayiq o`yini”, “Dev o`yini”, “Maymun 
o`yini”, so`ngra “Pishiq o`yini”, “Ot o`yini”, “Yumron qoziq o`yini”, 
“Echki o`yini”, “Bo`ri o`yini”, “Kaltak o`yini”, “Burgut o`yini”, “It 
o`yini (irillatar o`yini)”, “Quyon o`yini”, “Tulki o`yini”, “Jak-jaku 
o`yini” kabi ko`pgina o`yinlar, pantomimalari avloddan-avlodga o`tib 
suyak surib kelayotgani ma’lum. Ular bevosita, yoxud bilvosita bolalar 
folklor o`yinlariga aloqadordir. Shu tariqa “o`yin” so`zi turkiy 
xalqlarning o`ynamoq so`zi bilan bog`liq holda (uy, aql, hikmat 
ma’nolarni beradi). Aql faqimni, harakat va imo-ishoralar vositasida 
ifoda etmoqlik esa o`yinlarning dunyoga kelishida muhimdir.
O‘zbek an’anaviy bolalar folklor o`yinlarining mavzu qamrovi, ijro 
uslublari juda keng. Ijtimoiy hayot, kishilar munosabatlarining biron bir 
jabhasi yo`qki, ular o`yinlar nazariga tushmagan bo`lsin. Xalqimizning 
dehqonchilik, chorvachilik, bog`dorchilik, polizchilik, madaniyati 
deysizmi, kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi, falsafiy, estetik, 
ahloqiy yohud ta’lim-tarbiya, ahloq-odob bobidagi qarashlari deysizmi-



barchasi an’anaviy o`yinlarga mavzudir. Xususan, o‘zbek bolalar folklor 
o`yinlari boshdan oyoq ma’naviy-ma’rifiy, ahloqiy tushunchalar bilan 
yo`g`rilgan. Xalqimizning ming-ming yillarda bosib o`tgan tarixiy 
yo`lida, tajriba-sinovlardan qayta-qayta o`tib, yaxlit va mukammal holga 
kelib, bizgaga yetib kelgan bolalar folklor o`yinlarning mazmuni 
yo`nalishiga qarab quyidagiga turlarga bo`lish mumkin.
1. Mavsumiy bolalar folklor o`yinlari: ilk bahor, yoz, qish 
mavsumlarida o`ynaladigan folklor o`yinlar.
2. Marosim bolalar folklor o`yinlari: rasm-rusumlar, odatlar, 
marosimlar, an’anaviy bayramlarda o`ynaladigan o`yinlar.
3. Mehnat bilan bog`liq bolalar folklor o`yinlari: “Yerni tobiga 
keltirish, haydash”, “Ekin ekish”, “Qovun-qovun”, “O`rik qoqish”, 
“Qovun sayli”, “Yanchiq”, “Hush-hush”, “Churey-churey”, “Sigir 
sog`di”, “Tuya qaytarish”, “Ot sug`orish” va boshqalar.
4. Oilaviy-maishiy bolalar folklor o`yinlari: “Mehmon-mehmon”, 
“Kelin tushirish”, “Kelin-kuyov”, “Ona bola”, “Ovqat pishirish”, “Uy 
jihozlash”, “Qo`g`irchoq o`yini”, “Non yopish”, “Er-xotin”, “Alla-alla”, 
“Beshik bezash”, “Beshikka belash” va boshqalar.
5. Jismoniy harakatli bolalar folklor o`yinlari: “Quvlashmachoq”, 
“Kes-kes”, “Ko`rpa yopildi”, “Ziyrak”, “G`oz-g`oz”, “Koptokni quvib 
yet”, “Olar soka”, “Oq suyak”, “To`p-tosh”, “Sinish”, “Chiqildoq”, 
“Chopish”, “Zuv-zuv”, “Oq terakmi-ko`k terak”, “Eshak mindi”, 
“Lanka”, “Ot o`yini”, “Qiz quvdi” va boshqalar.
6. Mantiqiy bolalar folklor o`yinlari: tez aytishlar, topishmoqni 
topish o`yinlari, sanamoqlar, aytishuvlar, savol javoblar, o`ylab toplar, 
xotirani tiklashlar, chamalashlar va boshqalar.
7. Hayvonlar va tabiat hodisalari bilan bog`liq bolalar folklor 
o`yinlari.
8. Ermak bolalar folklor o`yinlari.
9. Musiqa o`yinlari.
Xalq o`yinlari, jumladan bolalar folklor o`yinlari, eng qadim 
vaqtlarda boshlab xalq hayoti tarzini, ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy 
tayyorgarligini, estetik dunyoqarashini mujassamlashtirgan holda shu 
kunimizga qadar o`sib, mazmun maqsadiga ko`ra teranlashib bizga yetib 
kelgandir. Boshqa san’at turlaridan farqligi o`laroq o`yinlarda xalq 
ruhiyati, psixologiyasi, koloriti, yosh avlod tarbiyasiga bo`lgan 
munosabatida yorqin aks etadi.
Tarixiy manbalarga qaraganda, kechki poleolit davrida (taxminan 
miloddan 40-41 ming yil ilgari) yer yuzining shmoliy qismida Totemga 



oid “Ayiq bayramlari” bo`lgan.
Totem – ayiqqa bag`ishlangan afsonalardan bu bayram haqida 
ba’zi ma’lumotlarni topish mumkin (ularning birida ayiq odamlarni 
ofatdan saqlab qoladi, buning evaziga qabilaning eng go`zal qizini 
ayiqqa turmushga berishadi. Ular o`rtasidagi to`y tasviridagi “Ayiq 
bayramiga” oid ba’zi elementlarini bilsa bo`ladi). Shuni eslab o`tish 
kerakki, “Ayiq bayramlaring variantlari va elementlari Sibir 
xalqalarining ba’zilarida XX asr boshlarida ham saqlangan va bunday 
bayramlarda ayiq obrazidagi kishi bosh qahramon bo`lib, u ayiq 
xarakterini qilib, raqsga tushib yurgan. O`rta Osiyoda esa “Ayiq o`yini” 
(pontomimik raqs sifatida) keyingi vaqtlarga yetib kelgan. Hatto hozirgi 
kunda ham O‘zbekiston Respublikasi xududida va shuningdek Turkiya, 
Hindiston, Kavkaz kabi joylarda ko`chalarda ayiq o`ynatib yurgan 
odamni ya’ni ayiqchini ko`rish mumkin. Ular odamlar g`avjum joylarda 
kichik tomosha ko`rsatib yurishadi. Balki bu qadimgi ayiq o`yinidan 
bizgacha yetib kelgan elementlarning bir bo`lagi bo`lishi ham mumkin.
Mehnat taqsimotining vujudga kelishi munosabati bilan qadimgi 
odamlarning chorvachilik va dexqonchilikka o`tishi (Bu jarayon O`rta 
Osiyoda miloddan oldingi III- ming yillik oxiri II- ming yillik boshlariga 
to`g`ri keladi) ana shu yangi sohaga oid odat, marosim va o`yinlarni 
vujudga keltira boshladi.
Ma’lumki, dehqonlarning hayotida eng quvonchli voqea-bu hosilni 
yig`ish va yangi noz-ne’matlarni totib ko`rish jarayoni bo`lgan. Yil bo`yi 
kutilgan bunday jarayon, tabiatni, dehqonlarda bayram kayfiyatini 
vujudga keltirgan. Bunday ko`tarinki kayfiyatni harakatlarda aks ettirish 
maqsadida kishilar o`yinlar va marosimlarni tashkil qilgan, “Mehnat 
o`yinlari” yaxshi kayfiyat, keng ma’noda aytganda, bayram holatini 
vujudga keltirgan. Bronza davrlaridan boshlab o`troq dehqonchilikning 
vujudga kelishi va uning tez rivojlanishi natijasida bahorda mehnat 
mavsumiga kirishish, kuzda hosilning yig`ib olish yakuniga 
bag`ishlangan bayramlar va o`yinlar shu tariqa yuzaga kelib, ular yillar 
o`tishi bilan an‘anaga aylana boshlagan. Demak insonning “Birinchi 
kasbi” - ovchilik asosida – “Ovchilik o`yinlari” vujudga kelgan bo`lsa 
uning dehqonchilikka o`tishi va u bilan shug`ullanishi natijasida 
“Mehnat o`yinlari” shakllanib, yangi mehnat o`yinlari va bayramlari 
uchun zamin yaratgan.
Adu 
Rayxon 
Beruniyning 
“Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklari” asari muhim rol o`ynaydi. Ayniqsa “Navro`z” kunlarida 
har xil musobaqalar va o`yinlar “Ko`pkari, kurash”, “Ekin ekish”, 



“Xo`rozlar jangi”, poyga bayramining ko`rki sanalgan. Shu bilan birga 
bedana, xo`roz, qo`chqor urishtirish o`yinlari ham o`tkazilgan.
Shuning uchun xalq o`yinlarining dastlabki namunalari insoniyat 
ongi, tafakkuri bilan bog`liqdir. Uning paydo bo`lishida o`sha davr 
shart-sharoitlari, odamlarning ov va turmush tajribalari, dunyoqarashi, 
urf-odat va marosimlari asosiy rol o`ynagan. Avvalo oddiy og`zaki 
bayoning dastlabki namunalari paydo bo`lgan. Ular nihoyatda sodda 
bo`lib, turli xildagi undov xitoblar va voqealar bayonidan iborat bo`lgan. 
Ov jarayoni hamda tafakkurning rivojlanishi voqea va hodisalar 
talqinida oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi.
Eng qadimgi xalq o`yinlari namunalari yozuv yuzaga kelmasdan ancha 
ilgari paydo bo`lgan. Ilk xalq o`yinlari asl holda, to`laligicha bizga yetib 
kelmagan. U otadan – bolaga, avloddan-avlodga o`tib har bir o`yin turli 
xil ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarni bosib o`tganligi sababli uning shakli 
va mazmunida yangi-yangi variantlari yuzaga kelgan.
Xalq o`yinlarining eng qadimgi namunalari ba’zi tarixiy 
yodgorliklar, ilmiy asar va yodnomalar orqaligina bizga yetib kelgan. 
Eng qadimgi o`yinlar, jangnomalar, miflar, afsona va rivoyatlar
qahramonlik eposlari, sanoqlar, raqslardan tashkil topgan.
Jahonga mashhur bo`lgan olim, tibbiyot ilmining buyuk 
nomoyandalaridan biri Abu Ali ibn Sino tibbiyotda jismoniy 
mashqlarning roli katta ekanligini ilmiy asoslab, o`sha vaqtlardayoq xalq 
milliy o`yinlari va milliy kurash haqida qimmatli fikrlarni yozib 
qoldirgan. Masalan, u quyidagi o`yinlarni “Yoydan o`q otish”, “Kichik 
kurrolar bilan chovg`on o`yinlar”, “Bir oyoqda sakrash”, “Yuqoridagi 
bir narsaga irg`ib osilish”, “Nayza otish”, “Tosh ko`tarish” va shunga 
o`xshash o`yinlarni yozib qoldirgan. Unga tevarak-atrofidagi shaxslar 
sen bilimdon va aqlli o`zing bolalarga har xil fanlardan bilim berasan u, 
yana ular bilan o`ynaysan, deganlar, Ibn Sino bunday tanqidiy 
mulohazaga:
“Inson hayotining har bir davri o`zining go`zalligiga ega. 
Bolalikning xususiyati esa o`yin” deb javob bergan edi. XI asrda 
yashab, ijod etgan Mahmud Qoshg`ariy “Devonu lug`atit - turk”, yani 
turkiy so`zlar devonini tuzib chiqdi, unda xalq o`yinlarining 150 ga 
yaqin turlari tilga olinadi va shundan 20 ga yaqin o`yinlarga ta’rif 
beriladi. Olim o`yin turlari, o`yinlarning bola va kattalarning yosh 
xususiyatlariga nisbatan taqsimoti, mashg`ulot, musobaqa turlarini 
bayon qiladi. Maxmud Qoshg`ariy bayonida o`yinlar nafaqat jismoniy, 
balki aqliy mashg`ulotlarga ham bo`linadiki, ular diqqat bilan 



o`rganilishga loyiq.
Hozirda biz “Sport musobaqalari” - deb qo`llab yurgan ibora
Mahmud Qoshg`ariy devonida “bahs” atamasi bilan berilgan. Bunday 
“bahslar”ning turlari ko`p bo`lgan. Masalan, merganlikda bahs qilmoq, 
o`q yoy otib qush va hayvonlarni ovlamoq, shuningdek, arqon taxtali 
sopqonlarda tosh otmoq bahsi. Buni “Oltin qovoq” o`yini deb ataganlar. 
Devonda bunday bahslarning qoida va shartlari, xillari, g`oliblarga 
beriladigan sovrinlar, asbob-anjomlarning nomlari batafsil bayon etilgan 
kurash bahsi ham turlicha bo`lgan, chunonchi, bog`dodi, chalish, yeng 
silkish, bo‘yin qaytarish, baliq ovi, ovchilik bahslari shular 
jumlasidandir.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin