Sport va harakatli


  2.3. HARAKATLI O‘YINLARNI TASHKIL QILISH



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

29 
2.3. HARAKATLI O‘YINLARNI TASHKIL QILISH
Tarbiyachilar va o‘qituvchilar harakatli o‘yinlarning tashkilotchisi 
va rahbarlaridirlar. Harakatli o‘yinlar bolalarni jismoniy jihatdan yaxshi 
unib - o‘sishlariga, salomatliklarini yaxshilanishiga, chiniqishlariga, 
organizimlarining 
va 
umumiy 
ish 
qobiliyatlarining 
yanada 
mustahkamlanishiga yordam beradi. Bolalarga harakat faoliyatining 
xilma-xil sharoitlarida erkin harakat qila olish imkonini beradigan zarur 
bilimlarni bera olish va ularda kerakli harakat malakalari hosil qilish 
lozim. Ularda turmush faoliyatiga yordam beradigan aqliy va irodaviy 
xislatlarni tarbiyalash zarur. Bundan tashqari bolalarda turli o‘yinlarga, 
jismoniy mashgqlarga, shuningdek kun tartibiga rioya qilishga qiziqish 
uyg’otish, harakatli o‘yinlarni mustaqil tarzda tashkil qilish va o‘tkazish 
uchun zarur bilim va malakalar hosil qilsh shart. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida bunday vazifalarni amalga oshirish bilan 
bir qatorda o‘quvchilarda ahloq normalarining tarkib topishiga 
shuningdek, estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarining ham bajarilishiga 
erishish lozim.Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda tarbiyachi o‘qituvchining 
tashkilotchilik va tarbiyaviy roli juda ma’sulyatlidir.
O‘yinni o‘rganish jarayonini shunday uyishtirish kerakki, unda 
bolalar 
o‘rtoqlarcha 
munosabatda 
bo‘lishni,kollektivchilik, 
vatanparvarlik, ijtimoiy foydali mehnatga to‘g’ri munosabatda bo‘lishni 
o‘rgansin. 
O‘yinni to‘g’ri tanlash va bolalar bilan to‘g’ri o‘tkazish juda muhim 
ahamiyatga ega. Ammo o‘yin turini tanlashning o‘zi ham vaqt xam 
tarbiyaviy vazifani bajaravermaydi.
Bundan harakatli o‘yinlar tashkil qilishi va o‘tkazilishining 
tarbiyaviy ahamiyatiga ega bo‘lishi juda muhim. O‘yin rahbari bolalar 
kollektivini yaxshi bilgan har bir o‘tkaziladigan o‘yinning mazmun va 
qonunlari bilan mufassal tanishgan, o‘qitish jarayonida esa yuksak 
pedagogik mahoratni namoyish qila olgan tadbirdagina har bir o‘yinning 
ta’lim –tarbiya nuqtai-nazardan to‘g’ri yo‘lga qo‘yish mumkin. 
O‘qituvchi o‘yinlarni o‘rganish jarayonida xalq pedagogikasining 
didaktik prinsiplaridan foydalalanishi va ularning doimo amalga 
oshirilishiga erishish lozim. O‘qituvchi o‘quvchilarga har bir o‘yinni 
o‘rgatish paytida uning mazmuni vazifalari va qoidalarini tushuntirib 


30 
beradi. O‘yinga ongli munosabatda bo‘lish, uni to‘g’ri harakatlarini 
o‘rtoqlarining harakatlari taqqoslab tahlil qilish imkonini beradi. 
O‘qituvchi o‘rgatadigan va o‘quvchilar tushunib qiladigan harakatlar 
bolalarda tashkilotchilik ko‘nikmalarini tarbiyalashga yordam berishi 
kerak.O‘yinni 
o‘tkazish 
uchun 
o‘quvchilardan 
hakamlar 
va 
hakamlarning yordamchilarini tayinlamoq lozim. O‘qituvchi bolalar 
o‘yinini qiyinchiliklarini yengish bilan bog’lagan sergaklikka o‘rgatadi, 
irodasini mustahkamlaydi.
O‘qituvchi o‘yinni o‘tkazishga kirishishdan oldin o‘yinning aniq 
vazifalarini 
belgilab 
chiqadi.Bu 
vazifalar 
bolalarning 
yoshiga 
yarasha,ya’ni ularni bajarishga qurbi yetadigan bo‘lishi kerak. 
O‘yinni tahlil qilish va o‘tkazishdan oldin o‘yinning aniq 
vazifalarini belgilab chiqadi.Bu vazifalar bolalarning tashabbuskor 
bo‘lishi, faol ishtirok etishi uchun ularni rag’batlantirish juda muhim.
Bolalar ijodiy faollik ko‘rsatib o‘yin o‘ynar ekanlar, tashkilotchilar 
qobilyatiga ega bo‘lib tarbiyalanadilar. Bir maqsad yo‘lida o‘rtog’iga 
yordam berish, mustaqil ravishda yoki o‘rtoqlari bilan birga biror masala 
yuzasidan qaror qabul qilish ijodiy tashabbuskorlik namunasi 
hisoblanadi. Agar bolalar o‘yinni ilgariroq o‘zlashtirib olgan bo‘lsalar, 
o‘yin paytida ularning faolligi yana ham ortishi mumkin.O‘yin paytida 
bolalarning 
faol 
bo‘lishi 
o‘yinni 
o‘tkazishga 
qanchalik 
tayyorlanganligiga bog’liq bo‘ladi.To‘siq yoki qiyinchiliklarni yengish 
bilan bog’liq bo‘lmagan ya’ni ancha-muncha kuch- quvvat sarflashni 
talab qilmaydi.O‘yinlar bolalarda qiziqish uyg’otmaydi. 
Juda oson yoki, aksincha, haddan tashqari og’ir o‘yinlar ham 
qiziqarli o‘tmaydi. O‘qtuvchilar o‘yinlarini o‘rganishda dastlab 
osonlaridan boshlab, asta-sekin qiyinlariga o‘tish lozim.Oddiy va 
jamoalarga bo‘linmasdan o‘ynaladigan o‘yinlar oddiy o‘yinlar 
hisoblanadi.
Bunday 
o‘yinlarni o‘ynash oson bo‘ladi.Jamoalarga teng 
bo‘linib,oy’naladigan o‘yinlar sal murakkab o‘yinlarga kiradi. Bunday 
o‘yinlarning qoidalariga qaraganda qiyinroq bo‘ladi. Shu boisdan ham 
o‘qituvchi hamma vaqt yengil o‘yinlardan murakkab o‘yinlarga, tanish 
yo‘llardan notanish o‘yinlarga o‘tishni ko‘zda tutishi kerak. Shunda 
bolalar o‘yinga o‘xshash bo‘lishi kerak. 


31 
Ammo bunday o‘yinlarga holi bolalarga noma’lum bo‘lgan qoidalar 
va ba’zi bir harakatlar kiradi. Shunday qilib, o‘yinlar asta-sekin 
murakkablashib boradi. Bu esa bolalarda yangi harakat ko‘nikmalarini 
hosil 
qilishga 
va 
ilgari 
o‘rganilgan 
texnika 
elementlarini 
takomillashtirishga 
yordam 
beradi. 
Harakat 
ko‘nikmalarinning, 
shuningdek, o‘yinda ilgari orttirilgan bilimlarning, puxta o‘zlashtirishga 
erishish uchun materiallarni doimo takrorlab va mustahkamlab boorish 
zarur. Bolalarning o‘yinlarini puxta o‘zlashtirishlari ularga bu 
o‘yinlardan kuni uzaytirilgan guruhlardan, lagerlar va boshqa joyda 
mustaqil foydalanish imkonini beradi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin