O’zbekistonda soliq tizimining hozirgi holati tahlili
Respublikamizda asosan soliqlar budjet tizimi daromadlarini shakllantiradi.
Davlat budjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy
hayotini moliyaviy mablag’ bilan ta’minlaydi va bu O’zbekiston Respublikasining
budjet tizimida umumrespublika budjeti yetakchi bo’g’inidir. U umumdavlat
resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish
beruvchi oliy organi - O’zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini
ta’minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo’lgan,
umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo’jaligi
ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv,
davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaxiralarini)
mablag’ bilan ta’minlashga ishlatiladi. Umumrespublika budjeti orqali milliy
daromadni Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga
taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umumrespublika
budjetidan davlat budjetining bu bo’g’ini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma
ishlarni muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining budjeti pul mablag’larini respublikaning
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga oshiradigan ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun markazlashtiradi.
1-jadval
O’zbekistonda soliqlar tizimining bugungi kundagi tarkibi
17
Umumdavlat soliqlari
Mahalliy soliqlar va yig’imlar
1. Yuridik shaxslar foydasiga soliq.
2. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq.
3. QQS
4. Aksiz solig’i
5. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun
soliq
6. Mikrofirmalar va kichik korxonalar,
hamda savdo va umumiy ovqatlanish
korxonalarning yagona soliq to’lovi
O’z soliqlari:
1. Mol-mulk solig’i
2. Yer solig’i
3. Yagona yer solig’i
4. Obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig’i
5. Transport vositalariga benzin, dizel
yonilg’isi va suyultirilgan gaz
ishlatganlik uchun iste’mol solig’i
17
M.Alimardonov, N.Qoziyeva “Soliqlar va soliqqa tortish” o’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent “Iqtisod- Moliya”
2007-yil 9-bet
33
7. Bojxona to’lovlari
8. Jismoniy shaxslar chetdan tovar
keltirgandagi yagona bojxona to’lovi
9. Davlat boji
10. Boshqa daromadlar
6. Ayrim turdagi tovarlarni sotish va
ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish
uchun litsenziya yig’imi
7. Yuridik va jismoniy shaxslarni
ro’yxatdan o’tkazish yig’imi.
To’liq hajmda biriktirilib berilgan
soliqlar.
1. Suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliq
2. Yuridik shaxs tashkil etmasdan
tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi
jismoniy shaxslarning qat’iy
belgilangan solig’i
3. Ba’zi tovarlarga aksiz solig’i (
o’simlik yog’i)
Soliq kodeksining 23-moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi hududida
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat
O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli
18
.
Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to’lovlar tarkibiga quyidagilar
kiradi (1-jadval):
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
3) qo’shilgan qiymat solig’i;
4) aksiz solig’i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Umumdavlat soliqlari har yili O’zbekiston Republikasi Prezidentining
qarorida belgilangan normativlar bo’yicha tegishli mahalliy budjetlar o’rtasida
taqsimlanadi.
7) ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar:
yagona ijtimoiy to’lov;
18
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: “O’zbekiston”, 2012. 123-modda
34
Yuridik shaxslarning mehnatga haq to’lash fondidan yagona ijtimoiy to’lov
belgilangan tartibga muvofiq davlat maqsadli jamg’armalari (budjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasi, Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi) hamda
O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi o’rtasida taqsimlanadi.
fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari;
budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar.
8) Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar:
- Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar;
- Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar.
9) budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari,
akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal
ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar;
10) davlat boji. Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga
oshirganlik va bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar, shuningdek
mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy
to’lovdir. Bunday vakolatli muassasalarga misol qilib sud va natorial idoralari,
O’zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi va uning konsullik
muassasalarini keltirish mumkin. Davlat bojining stavkalari O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
11) bojxona to’lovlari. Bojxona organlari bojxona ishini amalga oshirishda
belgilangan tartibda bojxona to’lovlarini undiradi. Bojxona to’lovlarining quyidagi
turlari mavjud:
bojxona boji;
import qilinayotgan tovarlar uchun undiriladigan qo’shilgan qiymat solig’i;
import qilinayotgan tovarlar uchun undiriladigan aksiz solig’i;
bojxona yig’imlari.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan umumdavlat
soliqlari:
12) yagona soliq to’lovi;
35
13) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq.
2-jadval
Dostları ilə paylaş: |