23
muhiti»ni yaratadi. Ushbu funktsiya orqali soliq tizimiga ta’sir ko’rsatadi, ya’ni
muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag’batlantiradi yoki jilovlab
turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo’lgan boshqa
tarmoqqa qo’yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining to’lovga
qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.
Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funktsiyasining ahamiyati bozor
sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari
yo’q bo’lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar,
ko’rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo’lgan «yuqori
tashkilot» tushunchasining o’zi asta-sekin yo’qola boradi. Biroq iqtisodiy faollikni
izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo’lgan yo’nalishda
rag’batlantirish zarurati saqlanib qoladi.
3. Rag’batlantirish funktsiyasi soliq tizimining eng muhim funktsiyalaridan
biri bo’lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo resurslari,
shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg’arilgan mol-mulkdan samarali
foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish
orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va
investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag’batlantiradi. Soliqlarning rag’batlantirish
funktsiyasi orqali davlat xalq xo’jaligi taraqqiyotini rag’batlantiradi, bu bilan fiskal
funktsiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi, ishlab chiqarishni soliqlarning
rag’batlantirish funktsiyasi orqali rag’batlantirib, davlat oqilona soliq siyosatini
olib borish bilan soliq yukini kuchaytirmasdan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
erkin faoliyat ko’rsatishi ta’minlanadi.
4. Soliqlarning nazorat funktsiyasi soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan,
soliqqa tortish ob’ekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo
tegishli soliq ko’rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab
jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari
orqali
soliq
to’lovchilar
o’zlarining
soliq
majburiyatlarini
qanday
bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: