Sinfdan tashqari o`qish darslarida anvar obidjon asarlarini o`rganishning bolalar ma`naviyatiga ta`siri


II-BOB BOSHLANGʻICH TA’LIMDA ANVAR OBIDJON IJODINI OʻRGANISHNING NAZARIY ASOSLARI VA AHAMIYATI



Yüklə 53,71 Kb.
səhifə4/6
tarix04.05.2023
ölçüsü53,71 Kb.
#107514
1   2   3   4   5   6
sinfdan tashqari o`qish darslarida A.Obidjon ijodini o`rganish kurs ishi

II-BOB BOSHLANGʻICH TA’LIMDA ANVAR OBIDJON IJODINI OʻRGANISHNING NAZARIY ASOSLARI VA AHAMIYATI
2.1 Sinfdan tashqari oʻqish metodikasi
Sinfdan tashqari oʻqish dasturining mazmuniga koʻra taʻlimning har bir bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi:
1-bosqichda oʻqish doirasi, yaʻni oʻqitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda oʻqish bilan tanishtirish yuzasidan oʻquvchilarga koʻrsatma beriladi.
2-bosqichda shu oʻquv materiallari asosida bilim, koʻnikma va malakalar shakllantiriladi.
Umumiy oʻrta taʻlimning Davlat standartlari va o’quv dasturiga koʻra 1-sinfda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan koʻnikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi.
Sinfdan tashqari o’qish va qiroatxonlik saboqlari 1-sinfda haftada 1 marta saboq oʻrgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtiriladi. Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uyg’otish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir. Asosan bu sinf oʻquvchilariga kitob bilan muomala qilish, kitob oʻqish qoidalari, kitobni asrash, asar qahramonlarining hatti harakatini kuzatish, ijobiy tomonlarini oʻrganish, obrazli qilib qayta hikoya qilib berish bilim, koʻnikma va malakalar shakllantiriladi. Bu sinf oʻquvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi. O’qituvchi bolalarning his-tuygʻularini o’stiradigan kitoblarni o’qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz, uning goʻzal shaharlari, qishloqlari, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, o’tmishi, insonlarning orzu-istaklari bilan tanishtiriladi.
Ularda bilimga havas uygʻotadi. 
2-sinfda oʻquvchilar kichik hajmdagi asarlarni oʻqituvchining yordami va topshirig’i asosida mustaqil o’qishga oʻtadilar. Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari oʻqish darsi o’tkaziladi. Ona – Vatan va ota-bobolar jasorati, oʻsimliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarni oʻqituvchi topib, tanlab oʻquvchilarga o’qishga tavsiya etadi.

  1. va 4-sinflarda sinfdan tashqari oʻqish mashgʻulotlarida oʻquvchilarning mustaqil oʻqishlari uchun kishilarning hayoti, yorqin tasvirlangan, ularning maʻnaviy-ahloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi. 3-4 sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslari ikki haftada bir marta oʻtkaziladi. Bu sinflarda oʻqituvchi sinf kutubxonasida kerakli boʻlgan oʻquvchilar yoshiga mos kitoblarni toʻplashni davom ettiradi. Sinfdan tashqari o’qish burchagi turlicha bezalishi mumkin. Bunda o’qituvchi va oʻquvchi hamkorlikda ish olib boradi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil oʻqib borilsagina o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.

  2. Sinfdan tashqari o’qish bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uygʻotish, bogʻlanishni, nutqni o’stirish, adabiy – estetik tafakkurni yuksaltirishga xizmat qiladi. Bolalar adabiyoti avvalo o’zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining goʻzalligi, tilning ifodaliligi, sheʻriy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy taʻsir ham koʻrsatadi.bolalar adabiyoti o’quvchiga jonajon o’lka tabiatini, kishilarning mehnati, hayoti, ularning qilayotgan ishlari va koʻrsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqealarni, bolalarning o’yinlari, ertaliklari, orzu istaklarini hikoya qilib beradi. Bu borada ertaklar katta ahamiyatga ega8

  3. Xalqimizning tarixi, uning urf odatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari barcha orzu istaklari ming yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda. Kishilar o’z orzu havaslariniyosh avlodda oʻgʻil-qizlarida ko’rishni istaydilar. Shu sababdab ham o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi. Ertak oʻqigan bola qiyinchilikni yengishga, botir, jasur bo’lishga intiladi. Oʻquvchi yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman, men o’z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo’lib ulg’ayishim kerak,desagina oʻz xalqini munosib farzandi boʻla oladi. Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiyalaydigan baynalminal badiiy quroldir. “Uch ogʻayni botirlar”, “Zumrad va Qimmat”, “Egri va toʻgʻri” kabi bir qator ertaklar o’quvchilarning sevimli ertaklaridir. Oʻquvchilar bu ertaklardan kishi oʻz mehnatiga ishonib yashashi kerakligini, birovning boyligiga hasad bilan qaramaslik kerak degan hayotiy xulosalarni oʻqituvchi yordamida tushunib yetadilar.
    “Ur to’qmoq” ertagining bola harakterining shakllanishida alohida oʻrni bor: ertak yaxshiga-yaxshi, yomonga yomon bo’lish kerak degan muhim qoidani oʻrtaga tashlaydi. Haqiqatan ham xalqning “Qayna xumcha”, “Ochil dasturxon”larini zoʻravonlik bilan tortib oladigan shaxslarga nisbatan “Ur to’qmoq”larni ishlatish zarurligini uqtiradi.

  4. Sinfdan tashqari o’qish mashgʻulotlari o’qish darslari bilan bogʻlab olib boriladi. Oʻquvchilar oʻqituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir nechta kitob bilan tanishsalar, soʻngrabolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab oʻqishga o’tadilar. Bunda asosan oʻqituvchi oʻquvchilarni maktab kutubxonasiga, 3-4 sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boradi. Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham oʻquvchilarga ertak, hikoyalar oʻqishga yordam beradi.

  5. Sinfdan tashqari oʻqish, oʻqish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usuli. Demak maktab kutubxonasi, bolalar gazeta va jurnallari bilan hamkorlik qilishdir.

  6. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan barcha predmet dasturlarining bolimlari bilan bevosita bog’liq. Oʻz navbatida grammatika va toʻgʻri yozuv, tabiatshunoslik, tasviriy sanʻat, musiqani oʻrganishda olingan bilim va hosil qilingan ko’nikmalar o’qish darslaridan o’qish darslarida foydalaniladi. Oʻqish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi. 

  7. Har bir sinfda sinfdan tashqari oʻqilgan barcha asrlar oʻquvhilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nitqni rivojlantirishga, lugʻat boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan oʻquvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati oʻsadi.

Hatto sahnalashtirisho’quvchini har tomonlama yo’naltiradi, ya’ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. Oʻquvchilar ifodali, obrazli, shuningdek qahramonlar harakatini toʻgʻri bajarishlari, oʻqishlari oʻquvchilarda zavq-shavq uygʻotib kitobga, badiiy asarga havas, uni oʻqib o’rganishga intilish uygʻotadi. Sinfdan tashqari oʻqish darslarida o’qituvchi oʻquvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Mo’min, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotadi. Shuning uchun har bir maktab, taʻlim muassasasi oʻquvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishi shart. Bunday uchrashuvlar oʻquvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo boʻlishini, uni hurmat qilish asrab-avaylashni oʻrgatadi.9

Yüklə 53,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin