Sinfdan tashqari o`qish darslarida anvar obidjon asarlarini o`rganishning bolalar ma`naviyatiga ta`siri


Sinfdan tashqari o’qish darslarida Anvar Obidjon asarlarini o’rganishning bolalar ma’naviyatiga ta’siri



Yüklə 53,71 Kb.
səhifə5/6
tarix04.05.2023
ölçüsü53,71 Kb.
#107514
1   2   3   4   5   6
sinfdan tashqari o`qish darslarida A.Obidjon ijodini o`rganish kurs ishi

2.2 Sinfdan tashqari o’qish darslarida Anvar Obidjon asarlarini o’rganishning bolalar ma’naviyatiga ta’siri
Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi.
Ularda hayot goʻzalligini idrok etishga oʻrgatadi. Soʻz san’ati badiiy asarda oʻz ifodasini topadi. Xalq badiiy soʻzning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. Badiiy soʻz xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa oʻquvchi albatta xalq ogʻzaki ijodini yaqindan o’qishi lozim. Ertaklar- yaxshilikka yetaklar deganlariday oʻquvchi ettaklar bilan tanishar ekan mard, jasur vatanparvar, mehribon boʻlishga, topishmoqlar oʻqir ekan, topogʻon, bilimdon, zukko boʻlishga intiladi.
Kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimazni bilgan holda aqlan yetuk, jismonan sogʻlom qilib tarbiyalash biz murabbiylar, ustozlar zimmasidadir. Shunday ekan mashaqqatli ammo sharafli kasbimizni sidqidildan bajarishda izlanuvchan ijodkor bo’lishimiz zarurdir. Chunki yurtboshimiz aytganlaridek “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart”. Bu bosqich 2-4-sinflarga toʻgʻri keladi. Bu davrda oʻquvchilarning oʻqish malakalari mustahkamlanadi. Bunda oʻquvchilarning sinfdan tashqari o'qiganlari baholanadi.
Baholashda dastur talablariga asoslaniladi: oʻqigan kitoblarining sifat oʻzlashtirishiga, miqdoriga, ovqigan kitobiga munosabat bildira olishiga eʻtibor beriladi. Bunda o'quvchilar muayyan mavzuga doir bir necha asarlarni o'qib keladilar, ularning ayrim oʻrinlarini ifodali ovqib beradilar, o'qigan asarlarini oʻzaro taqqoslaydilar. Sinfdan tashqari o‘qishning bosqichiari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari o'quvchilarning qiziqishiari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni o'qituvchi o'qib bersa, o'qilganlar yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash oʻtkazilsa, boshlang'ich bosqichda butun sinf oʻquvchilari bir xil kitob bilan ta'minlanadi, barcha o'quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar koʻrgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichda o'qishga topshirilishi, albomlar tayyorlanishi, kinofilm va diafilmlardan parcha-lar koʻrsatilishi, musiqiy daqiqalar oʻtkazilishi hamda asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda kitobni saqlash maqsadida uni yamash, oʻrash oʻrgatiladi, „Ertaklar bayrami", „Ifodali oʻqish tanlovi" o'ʻkaziladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslari, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga taʻsir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari oʻqish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bogʻliq. Oʻqish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitiblar axtarish,asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish,ijodiy rasm ishlash,fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish oʻquvchini ijod qilishga undaydi. Har bir sinfda sinfdan tashqari oʻqilgan barcha asarlarni o’quvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lugʻat boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek sahnalashtirilgan asarnitomosha qilgan oʻquvchilarning diqqatilari oshib xotiralarida saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirish o’quvchini har tomonlama kasbga yoʻnaltiradi, yaʻni aktiyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suhandonlik, rejissorlik kabi kasblarga nisbatan ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilarni ifodali kitob o’qishlari, oʻquvchilarda zavq-shavq uygʻotib kitobga, badiiy asarga havas, uni oʻqib oʻrganishga intilish uyg’toadi. Sinfdan tashqari oʻqish darslarida oʻqituvchi oʻquvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlar bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Moʻmin, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari oʻquvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muassasasi oʻquvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli boʻlgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishlari kerak. Bunday uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo boʻlishini, uni hurmat qilish, asrab-avaylashni o’rgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirish, yorqin obrazlar yaratish bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtradi. Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi. Soʻz san’ati badiiy asarda o’z ifodasini topadi.Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan birqatorda kitobni mustaqil oʻqiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum birmavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil oʻqiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari oʻqish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, koʻp narsani bilishga havasni oittiradi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarni kitobga, badiiy asarlarga qiziqishini uyg‘otish maqsadida, ularni ongli kitobxonlar bo‘lib yetishishlari uchun turli janrdagi asarlar bilan tanishtirib boriladi. Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi oʻqish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni toʻgʻri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. Sinfdan tashqari oʻqish mashgʻulotlari oʻqish darslari bilan bogʻlab olibboriladi.10
Oʻqituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilanm tanishsalar, soʻngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga oʻtadilar. Bunga asosan o’qituvchi oʻquvchilar bilan maktab kutubxonasiga, 3-4- sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boraradi. Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak, hikoyalar oʻqishga yordam beradi. Xalqimizning tarixi, uning urf-odatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari, barcha orzu istaklari yillar davomida yaratilgan ertaklarida saqlanib kelmoqda. Kishilar oʻz orzu havaslarini yosh avlodlarda, izlarida ko’rishni istaydilar. Shu sababdan ham o’quvchilarga ertaklarni oʻqishga tavsiya qilinadi. Ertak oʻqiganbolalar qiyinchilikni yengishga, botir, jasur bo’lishga intiladilar. Oʻquvchilar yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman, men oʻz xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo’lib ulg’ayishim kerak desalargina oʻz xalqini munosib farzandlari boʻla oladilar. Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiylaydigan baynalminal badiiy quroldir. Ertak matni ustida ishlashda tanlab o‘qish, savollarga javob berish,o‘quvchilarning o‘zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafi tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Ertak bolalarda personajlarning xatti - harakatini muhokama qilib, baholash ko’nikmasini oʻstiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijobiy fazilatlarni tarbiyalashda ham ertaklardan foydalanish eng yaxshi usuldir. Chunki bolalar ertaklarni sevadilar, katta qiziqish bilan tinglaydilar, ertak qahramonlariga o‘xshagilari keladi. O‘zlari yoqtirgan qahramonlarga o‘xshashni xohlagan bolajonlar albatta bu qahramonlarning yaxshi xulq-atvorlariga, mard va jasurligiga, aqlli vafarosatliligiga, mehnatkash va uddanburonligiga ham ahamiyat beradilar, bu fazilartlarni o‘zlarida tarbiyalashga harakat qiladilar.
Sinfdan tashqari oʻqish darslari, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga taʻsir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. Oʻqish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrniyakunlash uchun mos maqollar yod olish oʻquvchini ijod qilishga undaydi. Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asarlarni o’quvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shungdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan oʻquvchilarning diqqatilari oshib xotiralarida saqlash qobiliyati oʻsadi. Hatto sahnalashtirish oʻquvchini har tomonlama kasbga yoʻnaltiradi, yaʻni aktiyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suhandonlik, rejissorlik kabi kasblarga nisbatan ilk tasavvurlarni oʻrgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta oʻqituvchi rahbarlik qiladi





XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Anvar Obidjon satira va yumorda oʻz yoʻli, uslubini topib olgan. Uningasarlarini nafaqat oʻzbekistonlik bolalar, balki jahon bolalari ham zavq-shavq bilan oʻqishlariga ishonamiz. Bu esa Anvar Obidjon asarlari tarjimasi bilan bogʻliq yangi tadqiqotlarga yoʻl ochadi. Xulosa qilib aytganda, sevimli bolalar shoiri Anvar Obidjonning har bir satri muayyan tarbiyaviy mazmun tashiydi.
U yaratgan obrazlar bolalarni ham, kattalarni ham befarq qoldirmaydi. Chunki bolalar she’riyatining sir-asrorlarini mahorat bilan o‘zlashtirgan ijodkor asarlarini o‘quvchiga yuksak badiiylik bilan taqdim etadi. Sinfdan tashqari o`qish darslarida A. Obidjon asarlarini puxta o`rganish o`quvchilar ma`naviyatinioshirishga xizmat qiladi. Anvar Obidjon o’zbek bolalar adabiyotida birinsilardan bo’lib o’z asarida yosh avlodni iqtisodiy jihatdan to’g’ri tarbiyalash, shaxsiy manfaatdorlik, pul va boylikning inson hayotidagi o’rni masalasiga e’tiborni qaratdi. U belorus shoiri R. Borodullin bilan suhbatida, jumladan, shunday degan edi: «Muhimi bolaning qalbida yoshligidanoq haqiqatga bo’lgan ishonch tuyg’usini tarkib toptirishga ulgurishdir. SHu bilan birga, turlicha talqin etiladigan ayrim narsa va tushunchalarga nisbatan to’g’ri munosabatni tarbiyalash darkor. Masalan, pulga nisbatan. O’smirlar pul haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lishlari zarur, pulga halol mehnat qilgan odamgina ega bo’ladi. YOshlar pul bilan mehnatning uzviy birligini tushunib olishlari nihoyatda zarur».
Muallif «Oltin yurakli Avtobola» qissasida inson pulga sajda qilib, uni hayotining tub mazmuniga aylantirib yubormasligi kerakligini, hayotda undan qimmatliroq narsalar – insonlar orasidagi mehr-oqibat, vijdon va insof, g’urur borligini kitobxonlar ongiga etkazishga intilgan.
Qissaning eng go’zal joylaridan biri Xoldor va Avtobolaga bag’ishlangan sahifalardir. Muallif unda ikki bola o’rtasida vujudga kelgan do’stlikning buyuk qudratini badiiy ko’rsata olgan.
Xoldor taqdirning shafqatsiz o’yini tufayli (Qattiq sel paytida Bekxo’janing yigitlari Kamolning olti oylik o’g’lini o’g’rilashadi) Bekxo’janing uyiga kelib qoladi. Bu erdagi o’ta tuban muhit, tevarak- atrofdagi xizmatkorlarning badfe’lligi bilan birga, ona mehriga tashnalik, erksizlik, «Dil g’ashliklarini dala-dashilarga sochib kelish imkonidan mahrum»ligi Xoldorning «yoshiga nomunosib» qo’rs va tajang bo’lib qolishiga sababchi edi. Bekxo’ja Kamolga qasdma-qasd Xoldordan «betamiz bezori» tayyorlashni niyat qilgan. SHuning uchun uning qalbida ezgulik, insoniylikka xos sifatlarni hali nish urmasdan yo’q qilish ilinjida bo’ladi. Qissada Avtobola uning hayotiga nur obil kiradi. Xoldor bu po’lat odam bilan emin-erkin o’ynab, quvnab, ruhan chiniqadi. Fantastik obraz Avtobola ayyorlikni mutlaqo bilmaydigan to’g’riso’z odam, soddadillik, mehribonlik va pokizalik timsoli. U o’zining anna shunday hislatlari bilan Xoldor qalbiga qattiq o’rnashib qoladi. Uning diliga ezgulik urug’larini sochadi. Muallif har ikki kichik qahramon obrazida bola va muhit, bola va kattalar, bolalar dunyosining o’ziga xos qirralarini ishonarli ochishga, ko’rsatishga erishgan.



Yüklə 53,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin