Шўро даври адабиёти



Yüklə 214,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix02.01.2022
ölçüsü214,86 Kb.
#47373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
ozbek adabiyoti tarixi

Matn adabiyotlar:

1. Olimjon H. Tanlangan asarlar (3 tomlik).-T.: “Badiiy

     adabiyot”, 1-2-tomlar, 1957-58.

2. Olimjon H. Asarlar (5 tomlik).-T.: “Adabiyot va san`at”,

     1-2-tomlar. 1970-71.

3. Olimjon H. Mukammal asarlar to`plami (10 tomlik).-T.:

    “Fan”, 1-2-tomlar, 1979.

4. Azimov S. Hamid Olimjon  abadiyati.-T.: “Badiiy

         adabiyot”, 1967.

5. Yoqubov H. Hamid Olimjon. // O`zbek adabiyoti tarixi (3

tomlik).-T.: “Fan”, 2-tom, 1971.

6. Karimov N. Hamid Olimjonning poetik mahorati.-T.: “Fan”,

1964.

7. Karimov N. Hamid Olimjon (shoir hayoti va ijodidan lavhalar).



-T.: “Yosh gvardiya”, 1979.

8. Yoqubov H. Oybek lirikasida obrazlar sistemasi va lirik

xarakter. //H.Yoqubov. Adabiy maqolalar.-T.: “Adabiyot va

san`at”, 1970.

9. Imomov B. Hamid Olimjon-dramaturg. // Nafosat chashmasi.

      -T.: “Fan”, 1970.

10. Qurbonov D. Hamid Olimjonni bilasizmi? // “Sharq

       yulduzi”, 2002, 2-son.

11. Qosimov S. Hamid Olimjon adabiy tanqidchi sifatida. //

       Nafosat chashmas.-T.: “Fan”, 1970.

XX asrda o`zbek she`riyati an`anaviy aruz vaznidan  xalq ijodi

uchun xarakterli barmoq vazniga o`tganida, Cho`lpon “Go`zal” singari

so`lim  she`rlari bilan yangi o`zbek  lirikasini  boshlab berdi. Uning

barmoq vaznida  yozilgan lirik  she`rlarida o`zbek  adabiy tilining

imkoniyatlari kengligi, o`zbek  she`riyatining esa shkal va vositalarga

boyligini  namoyish  etdi. Cho`lpondan keyin o`zbek lirikasining eng

yaxshi namunalari uning izdoshlari tomonidan yaratildi.

O`zbek lirikasi  taraqqiyotiga ulkan  hissa qo`shgan shoirlar orasida

Hamid Olimjon ijodi alohida ajralib turadi. U faqat  lirik shoir bo`lib

qolmay, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Semurg’”, “Zaynab bilan Omon”,

“Roksananing ko`z yoshlari” singari dostonlari, “Muqanna” she`riy

tragediyasi bilan  ham mashhur. U ayni paytda tarjimon va adabiyotshunos

ham bo`lgan.



18

Hamid Olimjon  ijodi 30-yillardanoq  tanqidchilar va

adabiyotshunoslar e`tiborini jalb  etib  kelmoqda.  Uning  hayot yo`li va

ijodiy faoliyati haqida  ko`pgina monografiya va kitoblar, gazeta  va jurnal

maqolalari mavjud. Ular orasida S.Azimov, N.Karimov va S.Mallajonov

tadqiqotlari  e`tiborga sazovor.

Hamid Olimjon  1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida  tug’ilgan.

To`rt yoshga yetar-yetmas otadan yetim  qolgan Abdulhamid  Azimbobo

qo`lida tarbiya ko`rgan. Azimbobo xat-savodli kishilardan  bo`lib,

nevarasida ham o`qish-yozishga qiziqish uyg`otgan. Mashhur xalq  shoiri

Fozil Yo`ldosh o`g`li ahyon-ahyonda Bulung`urdan  Jizzaxlik do`st-

yorlarini  yo`qlab kelganida, uning uyida  ham to`xtar, shunda Abdulhamid

bobosi pinjida o`tirib, ulug` shoirning doston  va termalarini  murg’ak

qalbi    bilan  tinglar  edi.  Uning  onasi  Komila    aya  ham  ertak,  maqol    va

matallarga  chechan bo`lgan. Bo`lajak shoir uzun qish kechalarida uning

Oygul bilan Baxtiyor, Tohir  va Zuhra, Yoriltosh haqidagi ertaklarini

tinglab, bolalik kezlaridayoq xalq  og’zaki ijodidan  bahramand bo`lib

o`sgan. Yosh  Abdulhamid 1916-yilgi  Jizzax qo`zg’olonini o`z ko`zi bilan

ko`rgan. Oradan  ikki  yil o`tgach, u Jizzaxda  ochilgan Narimonov

nomidagi to`liqsiz  o`rta maktabga o`qishga  kirdi. 1923-yili

Samarqanddagi    o`zbek  bilim    yurtida  tahsilni    davom    ettiradi.  U  yerda

S.Ayniy, A.Shakuriy, Hoji Muin, V.L.Vyatkin  singari mashhur

allomalardan saboq olgan  bo`lajak shoir  asta-sekin she`rlar mashq  qila

boshlaydi. 1928-yildan  O`zbekiston Oliy  pedagogika institutining  iqtisod

fakultetida  o`qiy boshladi. Bu vaqt oralig’ida Hamid Olimjon talaygina

she`rlar  muallifiga aylanib ulgurgan edi. “Ko`klam” nomli ilk  she`riy

to`plami, “Tong shabadasi” hikoyalar to`plamlari shular jumlasidandir.

1931-yildan shoirning qaynoq  ijodiy  faoliyati boshlandi. “Olov  sochlar”

(1931), “Poyga”, “O`lim yovga” (1932), “Daryo kechasi” (1936),

“She`rlar” (1937), “O`lka”, “Oygul bilan Baxtiyor” (1939) va “Baxt”

(1940) she`riy to`plamlari, dostonlari, tarjimalari ketma-ket  nashr qilinadi.

1939-yili u O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga mas`ul kotib etib

tayinlanadi.

1944-yilning 3-iyun kungi baxtsiz  tadosif  Hamid Olimjonni

hayotdan  va ijoddan juda erta olib ketdi.

Hamid Olimjonning shoirlik mahorati  haqida  gapiradiganlar uni

tabiatan lirik shoir, nozik  hissiyot va kechinmalar musavviri, deya

ta`riflashadi. Chinakam she`riyat  shoir yashagan  davr chegaralarini

parchalab abadiyat sari intiladi. Hamid Olimjon  ham o`zining  eng yaxshi

lirik asarlarida  o`zi mansub bo`lgan zamon va makon  hududlarini yorib,




19

kelajak avlodlar bilan muloqotda bo`ladi. 20-yillarning so`nggi  va 30-

yillarning avvalida shoirlarning sarbast vazniga murojaat  qilib, ijod eta

boshladilar. Hamid Olimjonning ham shu davrda yozilgan  “Temir

qonun”, “Mudofaa kunlarida”, “Tarix ko`rganmi?”, “Nima bizga

Amerika!” kabi asarlarida sarbast  she`r  imkoniyatlaridan samarali

foydalandi.

Hamid Olimjonning 30-yillarda yaratgan lirik asarlari orasida

“Baxtlar  vodiysi” balladasi  e`tiborga sazovor. Shoirning  1932-yil

ko`klamida Farg’ona vodiysi bo`ylab safari taassurotlari  asosida yozilgan

bu asarda  shoir Farg’ona  dalalariga  kelgan ko`klam  tasviri orqali

sho`rolar malakatining bahorini, yangi  hayot tongotarini  olqishlamoqchi

bo`ldi. Tabiatdagi  ko`klam bilan  jamiyatdagi “yangilanish fasli” o`rtasida

uyg’unlik ko`rdi.

Hamid Olimjonning lirik  qahramoni  ona tuprog’ini  ardoqlaydi,

shu beshikda ulg’aygani  bilan iftixor  qiladi:

  Men dunyoga kelgan kundanoq

  Vatanim  

deb seni, uyg’ondim.

  Odam baxti birgina senda

  Bo`luriga mukammal qondim.

“O`lka” she`ridan olingan mana bu to`rtlikda  ham Vatan haqidagi

tuyg’ular samimiy.

  Qulog’imga noming  

kirganda

  Qumlik kabi tashna  boqurman.

  Sening  

jannat  vodiylaringdan

Nahrlarday to`lib oqurman.

“Hamid Olimjon Sharqning eng yirik  liriklaridan, -deb  yozgan edi

Asqad  Muxtor. -U lirikaning kuchiga chuqur ishonch  bilan  qoradi,

o`zining barcha janrdagi  asarlarini  lirikaning nafis  sehri bilan sug’ordi”.

Ana shunday “nafis sehr bilan sug’orilgan” lirik  she`rlarning katta  bir

qismini shoirning  fuqarolik g’oyalari ulug’langan she`rlari tashkil etadi.

Bu she`rlarning  juda ko`pchiligi  hozir ham o`z qimmatini saqlab

kelmoqda.

Hamid Olimjonning harbiy lirikasida  publitsistik jo`shqinlik lirik

harorat  bilan tutashib, “Sevgi”, “Sen  tug’ilgan  kun”, “Sharqdan  G`arbga

ketayotgan do`stga”, “Qamal qilingan shahar tepasidagi  oy” asarlari

vujudga  keldi. Agar  “Sen  tug’ilgan  kun” she`rining  lirik qahramoni

jang maydonilarida turib sevgilisiga qalb  so`zlarini  yo`llasa, “Sevgi”



20

she`rida tasvirlangan qiz  jangchi  yori  ortidan  frontga yo`l oladi. “Menga

ne kerakdir bu yolg’iz  qolish? Sensiz  ololmasman aslo  men nafas”, deydi

u va bosh  olib, jang  maydoniga ketadi:

 

Balki uchrashmasmiz  biz endi mangu,



  Bo`samiz ham qolar balki sargardon.

 

Lekin  sevishganlar qaytmas  o`limdan,



 

Lekin  mangu  qolar ikki tomchi qon.

30-yillarning o`rtalarida folklorni o`rganish  kun tartibiga

qo`yilgan bir paytda xalq  og’zaki  ijodining davr  ruhiga mos asarlari

asosida Hamid Olimjon  zamonaviy  ertak-dostonlar yozishga  ahd   qildi.

“Oygul bilan Baxtiyor” (1937), “Semurg’ yoki Parizod va Bunyod”

(1939), “Zaynab va Omon” ana shunday dostonlar sirasiga kiradi. Hamid

Olimjondek serqirra iste`dod sohibining  dramaturgiyada o`z kuchini sinab

ko`rmasligi mumkin emas edi. Taniqli adabiyotshunos  Sarvar

Azimovning guvohlik berishicha, Hamid Olimjon pedakademiyada tahsil

ko`rgan darvidayoq Sadriddin Ayniy  ta`sirida  Muqanna qo`zg’oloni bilan

qiziqib, o`zbek  xalqi tarixining bu qahramonona sahifasini qunkt bilan

o`rgangan. 1937-yili esa,  Muqanna harakatiga bag’ishlangan dramatik

asar  yozishga kirishib, hatto uning  birinchi pardasini  yozib ham

tugatgan. Lekin  hali  adabiy tajribaning  yetishmasligi sababli bu ijodiy

niyatini oxiriga yetkazolmagan. Besh yildan so`ng yana Muqanna

mavzuiga  qaytib, 1942-yil 31-mayda asarni to`la  qo`ldan chiqardi.

“Muqanna” fojiasi bilan Hamid Olimjon  sho`ro tuzumi va mamlakatini

dushman  changalidan himoya etishga o`zining baholi qudrat hissasini

qo`shdi. Lekin bugun  bu asar  qa`ridagi milliy mustaqillik  uchun kurash

g’oyasi, ona-Vatanni sevish  va  ardoqlashga qaratilgan ruh biz uchun

ayniqsa muhimdir.

Hamid Olimjon  XX asr o`zbek  adabiyoti taraqqiyotiga dastavval

lirik shoir  sifatida katta hissa  qo`shdi. Uning urush yillarida  yozgan ikki

dramatik asari, ayniqsa, “Muqanna” tragediyasi o`zbek  dramaturgiyasida

katta voqea bo`ldi. Bundan tashqari,  u adabiyotshunos olim sifatida ham

o`zbek xalq og’zaki ijodi, ham mumtoz  o`zbek  adabiyoti, ham XX

asrning  birinchi choragidagi o`zbek adabiyoti tarixini  o`rganishga

qaratilgan tadqiqotlarni  yaratdi. Uning  bu sohadagi  ishlari orasida Fozil

Yo`ldosh  og’zidan  yozib olingan  “Alpomish”  dostonini  nashrga

tayyorlaganligi va Alisher Navoiy ijodini o`rganishga bag’ishlangan ilmiy

maqolalari, ayniqsa, ahamiyatlidir. Shuningdek, Hamid Olimjon  rus

adabiyotining bir qator  namunalarini o`zbek tiliga katta mahorat bilan



21

tarjima qilib, ularni xalqimiz va madaniyatimizning qimmatbaho mulkiga

aylantirdi.


Yüklə 214,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin