Шўро даври адабиёти



Yüklə 214,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix02.01.2022
ölçüsü214,86 Kb.
#47373
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ozbek adabiyoti tarixi

Matn  adabiyotlar:

1. Maqsud Shayxzoda. “Toshkentnoma”.-T.: “Badiiy adabiyot”,

    1958.

2. Maqsud Shayxzoda. “Mirzo Ulug’bek”.-T.: “O`qituvchi”, 1991.

3. Maqsud Shayxzoda. “Toshkentnoma”.// Maqsud Shayxzoda (6

    tomlik). -T.: “Badiiy adabiyot”, 2-tom, 1971.

4. Maqsud Shayxzoda. Asarlar (6 jildlik).-T.: “Adabiyot va

san`at”, 3-jild, 1972.




26

5.  Zokirov M. Maqsud Shayxzoda (Adabiy-tanqidiy ocherk).-T.:

“Adabiyot va  san`at”, 1969.

6. Sharofiddinov O. Maqsud Shayxzoda. // O.Sharofiddinov.

Birinchi  mo``jiza.-T.: “Adabiyot va  san`at”, 1979.

7. Sharofiddinov O. Maqsud Shayxzoda.//O`zbek adabiyoti tarixi

ocherki (2 jildlik).-T.: “Fan”, 2-jild, 1962.

8. G’afurov I. Maqsud Shayxzoda. // O`zbek adabiyoti tarixi

ocherki (3 jildlik).-T.: “Fan”, 3-jild, 1-kitob, 1972.

9. G’afurov I. O`rtoq Shoir (Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi

haqida).-T.: “Yosh gvardiya”, 1975.

Inson  qadr topan joyida aziz. Taqdir ba`zan bir go`shada  dunyoga

kelgan kishiga  iqtidori bois boshqa bir yerda porloq tole in`om etadi.

Buyuk  Bedil bizning yurtimizda  tug`ilib Hindistonda shuhrat topdi. Rus

shoiri I.A.Brodskiy siyosiy qarashlari uchun vatanidan badarg`a  qilinib,

Amerika Qo`shma Shtatlarida yashadi, shu yerda  jahonda tanilib, Nobel

mukofoti sovrindori bo`ldi. O`zbek adabiyotida o`zining munosib  o`rniga

ega bo`lgan  Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi ham xuddi shunday

kechdi.

Maqsud Shayxzoda 1908-yili Ozarbayjonning Tanja viloyatiga

qarashli Oqtosh shahrida tug`ildi. Otasi Ma`sumbek o`z davrining

peshqadam ziyolilaridan bo`lib, elu-yurtda katta obro`ga ega shifokor edi.

Maqsud Oqtoshda ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921-yili Boku

dorilmualliminiga o`qishga kiradi. U yerda Abdulla Shoiq, Husayn Jovud

kabi mashhur odamlarning ma`ruzalarini tinglaydi, ular ta`sirida

adabiyotga mehri ortadi. 1925-yili  dorilmualliminni bitirgach, Boku Oliy

pedagogika institutida sirtdan  o`qiydi. Endigina ish faoliyatini

boshlaganda, otasi aksilsho`raviy unsur sifatida  qamoqqa olinadi. 18

yoshga  to`lib-to`lmagan Shayxzoda ta`qib ostiga olinadi. Bo`lajak shoir

jon saqlash uchun ona-yurtidan chiqib ketishga majbur bo`ladi. Shu tarzda

u 1928-yili Toshkentga  keladi va umrining oxiriga  qadar shu yerda

yashab qoladi. Lekin Toshkentda  ham Stalin zulmining iskanjasidan

butunlay  qutilib ketolmadi. 50-yillar boshida uni mutlaqo asossiz ravishda

qamoqqa oladilar va 25 yilga surgun  qiladilar. Shaxsga sig`inish fosh

etilgandan keyingina u O`zbekistonga qaytadi. Muhimi shundaki,

Shayxzoda hayotining o`nqir-cho`nqirlariga qaramay, umrining oxiriga

qadar o`zbek  xalqining sadoqatli farzandi sifatida faoliyat ko`rsatdi va

O`zbekiston uning ikkinchi vatani bo`lib qoldi.




27

Maqsud Shayxzodaning she`rlari 1929-yildayoq matbuotda ko`rindi.

Ammo uning o`zi bu she`rlarni hali chinakam poeziya namunasi deb

hisoblamas edi. Oradan ko`p o`tmay Shayxzodaning birinchi to`plami

“O`n she`r” bosilib chiqadi. Keyin “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi

kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1935) kabi to`plamlari nashr etiladi. Maqsud

Shayxzoda fikricha va iqroricha hayotdagi buyuk ne`matlardan biri

she`riyat, tengsiz go`zalliklardan biri she`rdir. Shuning uchun  kerak, u

she`riyatning deyarli  barcha janrlarida samarali ijod  qildi. Oybek

o`zining “O`zbek poeziyasining tarixiy taraqqiyoti to`g`risida” nomli

maqolasida shunday yozadi: “Shayxzoda she`rlarining fermasi rang-

barangdir. U ruboiy, ballada, poema va lirik she`rlar formasidan

foydalanadi”.

Urush  yillarida Shayxzodaning  o`zbek tilida “Kurash nechun?”,

“Jang va qo`shiq”, “Ko`ngil deydiki...”, rus tilida “Saaz”, “Grozoyu

rojdennie”, “Serdtse govorit” kabi to`plamlari bosildi. Urush yillarida

Shayxzoda ijodining yangi xususiyatlari nomoyon bo`ldi. Bu yillarda

shoir she`riyatining xalq hayoti bilan aloqasi mustahkamlanganligini,

odamlarning ichki dunyosini, ma`naviy fazilatlarini yanada chuqur ocha

boshlaganini ko`rasiz. Ana shu yillarning mohiyatini  ochuvchi “Kurash

nechun?”, jang qahramonlarini ulug’lovchi “Kapitan Gostello”, mamlakat

ichkarisidagi odamlarning fidokorona  mehnatini  tarannum etuvchi

(“Bog’bon”, “Asalchi”, “Yigiraman, ip beraman”) she`rlar yozdi. Uning

she`rlarida g’olibona marshlar sadosini ham, urush fojialarining olamli

dardlarini ham, sog’ingan qalblarning hasratini  ham, g’alaba deb tepgan

yuraklarning  zarbini ham eshitamiz.

1956-1966-yillar mobaynida Shayxzoda “Chorak asr devoni” nomi

bilan tanlangan asarlarini “Toshkentnoma” dostonini, “Yillar va yo`llar”,

“Xiyobon” to`plamlarini e`lon qildi. Shoirning  “Dunyo boqiy” turkumi

adabiyotimizda katta voqea bo`ldi.

Shayxzoda ko`pqirrali iste`dod sohibi edi. U she`rlar va dostonlar

bilan  birga, juda  yuksak badiiy quvvatga ega bo`lgan  dramalar ham

yaratdi. Shayxzoda  umrining so`ngida  yozishga kirishgan, lekin tugatib

ulgurmagan  ulgurmagan “Beruniy” dramasini  hisobga  olmaganda  ham

uning “Jaloliddin Manguberdi” va “Mirzo Ulug’bek” dramalari allaqachon

xalqimizning badiiy mulkiga aylanib qolgan.

 “Jaloliddin Manguberdi” dramasi 1944-yilda yozib tugatildi va

1945-yilda Hamza  nomidagi Milliy akademik teatrda  namoyish qilindi.

O`sha davr tanqidchiligi  asarga  yuqori baho berdi.



28

“Ko`pdan beri  uzun umrim badiiy salmoqdor sahna, asarlarini orzu

qilar edik. “Jaloliddin” bu orzumizga  javob  berishga  qodir”, - deb

yozilgan  edi. Oybek bilan G`afur G`ulom.

1946-yilgacha dramadan  ayrim parchalar “Armug`on” to`plamiga

bosilgan. Shundan keyin 43-yil davomida asar tilga olinadi. Faqat qayta

qurish va oshkoralik chuqur tomir yoygan 1988-yildagina “Jaloliddin

Manguberdi” birinchi marta o`zbek tilida “Boqiy dunyo” degan kitobida

to`la bosilib chiqdi. Ammo  Maqsud Shayxzoda asarning chop etilganligini

ko`rmay olamdan ko`z yumdi.

Jaloliddin Manguberdi-tarixiy shaxs (1196-1231). Xorazm shohi

Muhammadning o`g`li. Jaloliddin  mo`g`il qo`shinlariga qaqshatqich

zarbalar bergan, Vatan ozodligi uchun kurashlar olib borgan, lekin kuchlar

teng bo`lmagani bois chekingan. 1231-yilda qaroqchi kurdlar qo`lida halok

bo`lgan. “Jaloliddin Manguberdi” dramasida Shayxzoda Vatan erki,

mustaqilligi uchun fidoyilarcha kurash olib borgan mana shu jasur

sarkarda qiyofasini badiiy gavdalantiradi. Drama badiiy jihatdan teranligi,

monolog va dialoglarning pishiq ishlangani, har bir qahramon

xarakterining  ham til boyligini, ham ruhiy dunyosidai o`ziga xoslikni

ifodalay oladigan yo`sinda  ekani  bilan ajralib turadi. Qahramonlararo

konfliktda sun`iylik yo`q, ular  voqealarning  tabiiy oqimi va xarakterlar

kurashidagi maqsadning hayotiyligi va haqqoniyligidan kelib chiqadi.

Maqsud Shayxzodaning yana bir ulkan asari “Mirzo Ulug`bek”

tragediyasidir. Tragediya 1964-yili yozildi, o`sha yili bu asar Hamza teatri

sahnasida qo`yildi, keyinchalik uning asosida kinofil`m ham yaratildi.

Shayxzoda bu muhim  mavzuga adabiyotda mohiyat e`tibori bilan birinchi

bo`lib murojaat etdi va o`zining tarixiy qahramoniga munosib baquvvat

asar yarata  oldi. Tragediyada Mirzo Ulug`bekning so`nggi  ikki  hayoti va

faoliyati qalamga olinadi. “Mirzo Ulug`bek” bizni  olis va notanish

olamga- XV asr o`rtalaridagi  Samarqand muhitiga  olib kiradi. O`sha davr

odamlarining hayoti, o`zaro munosabatlari, dardu  olamlari, shodlik va

quvonchlari  ko`z o`ngimizda jonli  manzaralarda  qayta namoyon bo`ladi.

Biz bu olag’ovur, serjanjal, sertashvish  muhitda Abdullatif,

Gavharshodbegim, Xo`ja Ahror, Said Obid, Abbos, Ali Qushchi,

Sakkokiy, Shayxulislom Burhoniddin, Abdurazzoq Samarqandiy, Qozi

Miskin kabi  tarixiy shaxslarga ro`para kelamiz. Ular qatorida Feruza, Piri

Zindoniy, Otamurod, Ko`r Qalandar kabi to`qima obrazlar ham borki, ular

birlashib, asarga hayotiylik bag’ishlaydi, undagi tarixiy  koloritni

kuchaytiradi. Sayyoralar quyosh tevaragida aylanganidek, bu obrazlarning

hammasi Ulug’bek atrofida  aylanadi.




29

Maqsud Shayxzoda adabiyotshunos olim sifatida  o`zbek  tili va

san`atini, o`zbek  adabiyotini astoydil muhabbat bilan o`rgandi. Buyuk

Alisher Navoiyning lirikasi, oradan 500 yildan  ko`proq vaqt o`tib, o`z

bahosini  Maqsud Shayxzoda talqinida ko`rdi.

Shayxzoda  faoliyatida  tarjima  alohida o`rin tutadi. U Nizomiydan,

Shota Rustavelidan, Jomiydan, Pushkindan, Bayrondan, Lermontovdan,

Nekrasovdan, Shevchenkodan, Jambuldan, M.F.Oxundovdan, Samad

Vurg’undan, Ilya Chavchavadzedan, Avetik Isaakyandan, Sulaymon

Stalskiydan, Rasul Rizodan, Usmon Sorivalidan, Lohutiydan,

Maxtumqulidan, Tixonovdan, A.Surkovdan, Petrus Brovkadan adabiy

tarjimalar qiladi.

Maqsud Shayxzodaning o`zbek  adabiyoti, madaniyati ravnaqiga

qo`shgan hissasi mustaqil O`zbekiston va uning hukumati tomonidan

munosib e`zozlanadi. Qator maktab va ko`chalar uning nomi bilan ataladi.

U “Buyuk xizmatlari uchun” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.




Yüklə 214,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin