Шмишек тест – саволномаси ёрдамида ўсмирларнинг характер акцентуациясини аниқлаш


SHunday qilib, Siz qanday odamsiz?



Yüklə 284 Kb.
səhifə4/5
tarix02.01.2022
ölçüsü284 Kb.
#42250
1   2   3   4   5
SHMISHEK test

SHunday qilib, Siz qanday odamsiz?


 
1.                 Yoqishni biladi.

2.                 Atrofdagilarda taassurot qoldira oladi.

3.                 Buyruq berish va ishlatishni biladi.

4.                 O’z gapini o’tkaza oladi.

5.                 O’z qadrini biladi.

6.                 Mustaqil.

7.                 O’zini o’zi eplay oladi.

8.                 Beparvo (e’tiborsiz) bo’lishi mumkin.

9.                 Qat’iyatli bo’la oladi.

10.            Qattiqqo’l, lekin adolatli.

11.            Samimiy bo’la oladi.

12.            Atrofdagilarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’ladi.

13.            Xasrat qilishni yoqtiradi.

14.            Ko’pincha g’amgin.

15.            SHubha qilishi mumkin.

16.            Ko’pincha xafsalasi pir bo’ladi (ko’ngli qoladi).

17.            O’ziga nisbatan tanqidiy qaray oladi.

18.            O’zining nohaqligini tan oladi.

19.            Bajonidil bo’ysunadi.

20.            Ko’ngilchan.

21.            Minnatdor.

22.            Qoyil qoluvchi va taqlidchilikka moyil.

23.            Iltifotli.

24.            Manzur bo’lishni xohlaydi, ma’qullashga intiladi.

25.            Hamkorlik va yordamga tayyor.

26.            Atrofdagilar bilan chiqishib ketishga intiladi.

27.            Xayrixoh.

28.            E’tiborli va muloyim.

29.            Xushmuomala.

30.            Ruhlantiruvchi.

31.            YOrdam so’raganda yordam berishga tayyor.

32.            Beg’araz.

33.            Maftunkor (mahliyo qila oladi).

34.            Atrofdagilar hurmatiga sazovor.

35.            Rahbarlik qilish, boshqarish iste’dodiga ega.

36.            Javobgarlikni yoqtiradi.

37.            O’ziga ishongan.

38.            O’ziga ishongan va tirishqoq.

39.            Uddaburon, omilkor (Epchil va tadbirkor).

40.            Raqobatchi.

41.            CHidamli, kerak joyda qattiqligini ko’rsatadi.

42.            Qattiq qo’l, biroq beg’araz.

43.            Badjahl.

44.            Ochiq va bir so’zli (to’g’riso’z).

45.            Buyruq berishlarini ko’tara olmaydi.

46.            Skeptik, shubha qilaveradi.

47.            Unga ta’sir ko’rsatish qiyin.

48.            Arazchi.

49.            Uyatchan.

50.            O’ziga ishonmaydigan.

51.            Ko’nuvchan (bo’sh keladigan).

52.            Kamtar.

53.            Boshqalar yordamidan ko’p foydalanadi.

54.            Martabali kishilarni juda hurmat qiladi.

55.            Maslahatlarni bajonidil qabul qiladi.

56.            Ishonuvchan va boshqalarni xursand qilishga intiladi.

57.            Hamisha xushmuomala.

58.            Atrofdagilar fikrini qadrlaydi.

59.            Muloqotga kirishuvchan.

60.            Rahmdil.

61.            Xushfe’l, ishonch uyg’otadigan.

62.            Mayin va юmshoqko’ngil.

63.            Boshqalarga g’amxo’rlik qilishni yoqtiradi.

64.            Saxiy.

65.            Maslahat berishni yoqtiradi.

66.            Salobatli (hukmronlikni yoqtiradi).

67.            Kattalik – buyruqbozlik (buyruq berishni yoqtiradi).

68.            Hukmron.

69.            Maqtanchoq.

70.            Takabbur va o’ziga bino qo’ygan.

71.            Faqat o’zi haqida o’ylaydi.

72.            Ayyor.

73.            Boshqalar xatosini kechira olmaydi.

74.            Manfaatparast.

75.            Sofdil.

76.            Ko’pincha g’arazgo’y.

77.            Alamzada.

78.            SHikoyatchi.

79.            Rashkchi.

80.            Uzoq kek saqlab юradi.

81.            O’zini-o’zi tanqid qilib qiynashga moyil.

82.            Tortinchoq.

83.            Tashabbussiz.

84.            Beozor.

85.            Mute (erksiz), nomustaqil.

86.            Bo’ysunishni yoqtiradi.

87.            Hal qilishni boshqalarga qo’yib beradi.

88.            Noqulay ahvolga tushib qolishi oson.

89.            Do’stlari ta’siriga berilishi oson.

90.            Har kimga ham ishonaveradi.

91.            Odam tanlamay, hammaga yordam beradi.

92.            Barchani yoqtiradi.

93.            Hamma narsani kechiradi.

94.            Haddan tashqari rahmdil.

95.            Muruvvatli va kamchiliklarga nisbatan chidamli.

96.            Barchaga yordam berishga intiladi.

97.            Muvaffaqiyatga intiluvchan.

98.            Barchaning qoyil qolishini xohlaydi.

99.            Boshqalarni ishga soladi.

100.       Zulmkor.

101.       Atrofdagilardan o’zini ustun qo’yadi.

102.       SHuhratparast.

103.       Xudbin.

104.       Sovuq, toshbag’ir.

105.       Zahar, mazax qiluvchi.

106.       Qahri qattiq, shavqatsiz.

107.       Tez-tez jahli chiqib turadi.

108.       Hissiz, loqayd.

109.       Kek saqlovchi.

110.       Hamma narsaga qarshi bo’ladi.

111.       O’jar.

112.       Gumonsiraydigan va shubhalanuvchan.

113.       Tortinchoq.

114.       Uyatchan.

115.       Iltifotli.

116.       Bo’shang (landovur).

117.       Deyarli hech kimga e’tiroz bildirmaydi.

118.       SHilqim.

119.       Unga g’amxo’rlik (homiylik) qilishlarini yoqtiradi.

120.       Haddan tashqari ishonuvchan.

121.       Barchaga yoqishga (hurmat qilishlariga) intiladi.

122.       Hammaning gapiga qo’shiladi.

123.       Har doim hamma bilan do’stona munosabatda.

124.       Hammani yaxshi ko’radi.

125.       Atrofdagilarga o’ta muruvvatli.

126.       Barchaning ko’nglini ko’tarishga intiladi.

127.       O’ziga zarar yetkazsa ham boshqalarga g’amxo’rlik qiladi.

128.       Ortiqcha ko’ngilchanligi bilan odamlarni buzadi.


 

1. Hukmron – liderlik. Me’yorda ifodalangan ballarda (8 gacha) o’ziga ishonch, yaxshi maslahatchi, yetakchi va tashkilotchi bo’la olish malakasi, rahbarlik sifatlarini aniqlaydi. Юqori ko’rsatkichlarda tanqidga toqatsizlik, o’z imkoniyatlarini ortiqcha baholash (12 ball), fikrlarning diktaat uslubi, boshqalarga buyruq berishga imperativ ehtiyoj, despotizm qirralarini (12 balldan юqori) ifoda etadi.

2. Mustaqil – ustuvorlik. SHaxslararo munosabatlarning ishonchli, mustaqil, raqobatchilik uslubidan (8 ball atrofida) o’zboshimcha, narsistik, atrofdagilardan ustunlik hissi ifodalangan, ko’pchilik fikridan farqli o’z fikriga egalik tendensiyasi va guruhda ajratilgan pozitsiyaga egalik uslubigacha (12-16 ball) ifoda etadi.

3. To’g’ri – tajovuzkor. Ko’rsatkichlar ifodalanganlik darajasiga  ko’ra bu oktant samimiylik, erkinlik, to’g’rilik, maqsadga erishish yo’lida qat’iylik (me’yorlangan ballarda) yoki haddan ziyod qaysarlik, do’stona emaslik, o’zini tuta bilmaslik va jahli tezlikni (юqori ballar) ifoda etadi.

4. Ishonchsizlik – skeptiklik. Fikrlar va xatti-harakatlar bazasi realistikligi, skeptitsizm va nokonformlik (8 ballgacha) o’ta xafa bo’luvchan va atrofdagilarga ishonchsiz munosabat moduliga, krititsizmga moyillik, atrofdagilar bilan munosabatlardan norozilik va shubhalikka o’tadi.

5. Itoatkor – tortinchoqlik. SHaxslararo munosabatlarning kamtarlik, tortinchoqlik (3-4), o’zgalar mas’uliyatini o’z zimmasiga olish (8ballgacha), 12dan юqori ballarda to’la itoatkorlik, oshirilgan aybdorlik tuyg’usi, o’z-o’zini kamsitishni aks ettiradi.

6. Bog’liqlik – bo’ysunuvchanlik. O’rtacha (3-4) ballarda – atrofdagilarning yordami va ishonchiga, ularning e’tiboriga ehtiyoj, юqori ko’rsatkichlarda - o’ta konformlik, boshqalar fikriga to’la bog’liqlik.

7. Hamkorlik – konvensiallik. Referent guruh bilan yaqin hamkorlik, atrofdagilar bilan do’stona munosabatlarga intiluvchi shaxslarga xos bo’lgan shaxslararo munosabatlar uslubini ifodalaydi. SHaxslararo munosabatlarning bu uslubi namoyon bo’lishida ortiqcha kompromis xulq atrofdagilarga nisbatan do’stonaligini to’kib – sochishda, o’zini tuta olmaslik, o’zining ko’pchilik manfaatlariga daxldor ekanini ta’kidlashga intilishda ko’zga tashlanadi.

8. Mas’uliyatli – bag’ri kenglik. Atrofdagilarga yordam berishga tayyorlik, mas’uliyat hissi rivojlanganligida namoyon bo’ladi. Юqori ballar ko’ngli bo’shlik, ustanovkalarning o’ta majburiyligi, ta’kidlangan altruizmni bildiradi.

Olingan ma’lumotlar qayta ishlanadi va psixogrammaga kiritiladi, so’ng sinaluvchilarning dolzarb va ideal «Men» iga baholari tahlil qilinadi va taqqoslanadi.

Ko’pincha, me’yoriy holatda dolzarb va ideal «Men» o’rtasida jiddiy tafovutlar kuzatilmaydi. O’rtacha (mojarosiz) tafovut yoki ko’proq, to’la mos kelmaslikni Sobchik o’sish va o’z-o’zini takomillashtirishning zarur sharti deb biladi.

8 balldan юqori xarakteristikalar mazkur oktant aniqlaydigan xususiyatlarning aksentuatsiyasidan, 14-16 ball darajasida baholar esa ijtimoiy adaptatsiyadagi qiyinchiliklardan dalolat beradi.

O’z-o’zini baholashning tarkibiy tuzilishini tahlil va talqin etishni osonlashtirish uchun aktual «Men» va ideal «Men» uchun psixogramma tuzish kerak. Buning uchun sinaluvchilar javob varaqasida o’chirilgan raqamlar miqdori har bir oktantga muvofiq psixogrammaga kiritiladi. Har bir oktant bo’yicha miqdoriy ko’rsatkichlar 0-16 orasida tegishli koordinata chiziqlarida joylashtiriladi. Bu chiziqlar 0,4,8,12,16 kabi bo’limlarda doiralar bilan to’rt qismga ajratilgan. Oktant bo’yicha to’plangan ballga mos darajada yarim egri chiziq o’tkazilib, ajratilgan qism shtrixlanadi. Barcha oktantlar bo’yicha natijalar shu tariqa psixogrammada aks ettirilgach, undan go’yo «elpig’ich»ga o’xshash tasvir hosil bo’ladi. Eng ko’p darajada shtrixlangan oktantlar sinaluvchi uchun xos shaxslararo munosabatlarning yetakchi uslubini ifodalaydi.

 

 



 












 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                 12

 

 



      8 balldan kam ballga ega xususiyatlar har tomonlama rivojlangan shaxslarga asosdir. Muayyan xususiyatlarning 8 balldan ortiq ball to’plashi tegishli oktanta bo’yicha aksentuatsiya mavjudligini ko’rsatadi. 14-16 ballga teng ko’rsatkichlar ijtimoiy moslashish sohasida muammolar mavjudligidan guvohlik beradi. Barcha oktantlar bo’yicha past ko’rsatkich (0-3 ball) natijalar ishonchsiz, sinaluvchi samimiy javob bermagan bo’lishi mumkinligidan dalolat.

Metodika ko’rsatkichlarini talqin etishda asosiy e’tibor ayrim ko’rsatkichlarning boshqalardan ustunligiga qaratilishi kerak. Ammo ba’zida ichki mazmuni bir-biriga qarama-qarshi oktantlar (masalan 1- va 5- oktantlar)ning usutunlik holati ham uchraydi. Bunday holat o’zini o’ta sevadigan va avtoritar insonlarga xos, 4-8 oktantlarning ustunlik holati guruh tomonidan tan olinish istagi va bostirilgan dushmanlik o’rtasidagi nizodan darak berishi, 3- va 7- oktantlarning parallel ustunligi o’z imkoniyatlarini ko’rsatib qo’yish motivi va affiliatsiya motivi (hamkorlikka intilish) o’rtasida kurash mavjudligini ko’rsatishi, 2- va 6- oktantlarning bir vaqtda ustunligi mustaqillik – bo’ysunmaslik muammosi, ichki qarshilikka qaramay, ayrim paytlarda bo’ysunishga majburlikdan guvohlik berishi mumkin.

Dolzarb «Men» va ideal «Men»ga tegishli natijalar solishtirib talqin etilganda ham xuddi shunday yo’l tutiladi. Amaliyotning ko’rsatishicha, aslida aktual «Men» obrazi ham, ideal «Men» obrazi ham yaxlit «Men»ning tarkibiy qismlari bo’lib hisoblanadi.

Rivojlanish me’yoridan chetga chiqmagan holatda aktual va ideal «Men» o’rtasida jiddiy tafovut kuzatilmaydi. Kichik farq yoki o’xshashlik shaxsning kelgusi taraqqiyoti uchun zarur shartlardan biridir. O’z-o’zini baholashi past bo’lgan, shuningdek, shaxslararo munosabatlardagi nizolar girdobiga o’ralashib qolgan insonlarda odatda o’zidan qoniqmaslik hissi kuchli bo’ladi.

L.N.Sobchik  P.Lirining shaxslararo munosabatlar interpersonal diagnostikasi metodikasi moslashtirish юzasidan o’tkazgan ko’p yillik ishlari natijasida oktantlar o’zaro nisbatidan hosil bo’luvchi har xil variantlarning talqinini ishlab chiqdi. Albatta, hayotda uchraydigan barcha variantlarni ta’riflash qiyin. Ammo umuman gap ikki yo’nalish: ustunlik – tobelik hamda tajovuzkorlik - mehribonlik xususida boradi. Ulardan kelib chiqib, har bir xususiy holat alohida talqin etiladi.

Masalan: agar aktual «Men» obrazida 5- oktant boshqalaridan ko’ra ko’proq ballga ega bo’lsa, ideal «Men» obrazida bu oktant ancha past, 1- oktant aksincha юqori ballga egalik qilsa, sinaluvchi shaxslararo munosabatlarda o’zini ortiqcha passiv, tortinchoq va uyatchan, deb hisoblashi hamda bu xususiyatlardan xalos bo’lishni istashini bilish mumkin.

Agar aktual «Men» 4- oktant bo’yicha (ya’ni shubhalanish, gumonsirash, atrofdagilar bilan bo’lgan munosabatlardan norozilik bo’yicha) юqori ballga ega bo’lsa-ю, ideal «Men» uchun 8- oktantning ustunligi xos bo’lsa, talqin etish vaqtida sinaluvchi shaxslararo nizoga tortilganligi va bu vaziyatda o’zini tanqidiy baholashga moyillik, odamlarga mehr-muruvvatli bo’lish bilan idealga o’xshashga intilishini anglatadi. Demak, qarama-qarshi xususiyatli oktantlar (3- va 7-,  2- va 6-) ning o’zaro munosabati ijtimoiy muhitga moslashishga halaqit berayotgan shaxs xususiyatlari qanday yo’llar bilan kompensatsiyalanayotganini namoyish etadi.

Agar aktual «Men» uchun tobe va komform xulq-atvorga xos xususiyatlarni ifodalovchi oktantlar (5,6,7) ustunlik qilsa-ю, ideal «Men»da mustaqillik va dominantlik oktantlari (1,2) yoki tajovuzkorlik oktanti (3) ustunlik qilsa, sinaluvchi uchun o’zining bo’ysunishga majburligi og’ir kechayotgani, bu uning shaxsiyatiga og’ir botayotgani va barcha kompensator harakatlar o’z ijtimoiy mavqeini oshirishga yo’naltirilganligini bildiradi.

Bordi-ю, nisbat teskari bo’lsa, ya’ni aktual «Men»da mustaqillik, dominantlik va tajovuzkorlik (2,1,4) ustun bo’lsa, idealda sinaluvchi atrofidagilarga yaqinroq va shaxslararo munosabatlarga to’sqinlak qilayotgan xarakter qirralari - qaysarlik(3), tajovuzkorlik (4), o’ziga ishonganlik (1), distantlik (2) dan xoli bo’lishni istasa, sinaluvchining o’zining bevosita spontan xulq-atvori ustidan nazorati kuchliligi, shuningdek o’z shaxsini takomillashtirishga va tarbiyalashga intilayotganligini anglash mumkin. SHaxsning ichki holati tahlili  murakkab va serqirra jarayon, biroq shu bilan birga psixolog uchun shaxsning ichki imkoniyatlari va mavjud muammolarini anglash darajasini  hisobga olgan holda korreksiya metodlarini tanlashda o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.

 


Yüklə 284 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin