Шираларнинг экологик адаптацияланиш


-bobning to’rtinchi bo’limi “Poliz o’simliglari zararkunandalari”



Yüklə 189,5 Kb.
səhifə7/12
tarix10.06.2022
ölçüsü189,5 Kb.
#61175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ADXAMJON avtoreferat

2-bobning to’rtinchi bo’limi “Poliz o’simliglari zararkunandalari” ga bag’ishlangan. Bu bo’limda poliz ekinlarini so’ruvchi zararkunandalarining tur tarkibi, bioekologiyasi va o‘simlikka salbiy ta’sirini ko’rish mumkin. Poliz shiralari- Poliz ekinlariga ko’proq poliz shirasi va akatsiya shirasi shikast yetkazishi mumkin. O’rta Osiyo mintaqalarida shiralar poliz ekinlarining eng asosiy zararkunandasi hisoblanadi. Bu zararkunandalar poliz ekinlarini (qovun, tarvuz, bodring, qovoq) nihollik davridan hosil yetilishiga qadar zararlashi mumkin. Ammo iyulning birinchi-ikkinchi o’n kunligidan to avgustning yarmigacha rivojlanishi pasayib, keyinchalik yana kuchli ko’paya boshlaydi. Zararkunandaning kuzda rivojlanishi asosan kechki bodring va qovoq ekinlari uchun ahamiyatli bo’ladi.
Qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurash choralari” ga oid tadqiqot natijalarini o‘zida mujassamlashtirgan uchinchi bobning birinchi “G’o’za zararkunandalariga qarshi kurashda tashkiliy xo’jalik va agrotexnik tadbirlar ahamiyati” bo‘limida g`o`za zararkunandalariga qarshi kurashda uyg`unlashgan tizimga oid bo`lgan agrotexnik, biologik va kimyoviy usullardan foydalanilish to’g’risida tavsiyalar berilgan. Bugungi kunda ko‘plab izlanishlar,
tadqiqotlar natijasida kasalliklarga chidamli, yuqori hosildorlikka ega navlar
yaratilayotganligi agrar sohadagi yutuqlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bundan tashqari o‘simliklar klinikasi tashkil etish bo‘yicha ham keng ko‘lamli
ishlar amalga oshirilmoqda. O‘simliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy
ishlov berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, o‘simliklar
zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqaruvchilari va aholini kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik
vositalar bilan ta’minlash o‘simliklar klinikalarining asosiy vazifalari haqida
ma’lumot keltirilgan. 
Ushbu bobning ikkinchi “Poliz shirasini g’o’za va poliz ekinlaridagi miqdoriy zichligini cheklab, boshqarib turishdagi ta’biiy entamofaglarni roli” bo’limi Tabiiy muvozanatni saqlab turishda zararli va foydali turlar muhim ahamiyatga ega ekanligi hamda biologik himoya – birinchi navbatda zararli turlarni tag-tubi bilan yo’q qilish emas, balki ularning miqdorini biologik kurash vositasida boshqarishga asosolangan tavsiyalar berilgan.
Coccinellidlarning qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi biologik kurashdagi ahamiyati” bag’ishlangan uchinchi bobida qishloq xo’jaligi ekinlari va mevali daraxtlar shiralarining tabiiy kushandalarining samarasini ko’rish mumkin. Bu borada coccinellidlar muhim ahamiyatga ega. Coccinellid qo‘ng‘izlari orasida ikki nuqtali (Adolia bipunctata L.) yettinuqtali (Coccinella septempunctata L.), o‘n bir nuqtali (Coccinella 11- punctata L.), o‘zgaruvchan (Adonia variegata Goeze.), singarmoniya (Synharmonia conglobata L.) turlari alohida ahamiyatga ega.
S.A. Mangutova (1970) mevali daraxtlarda xonqizi qo‘ng‘izlar sutkalik xo‘raligi yuzasidan o‘tqazgan tadqiqotlarida quyidagi natijani olgan. Jumladan, 1 sutka davomida shaftoli shirasini (Myzodes persicae Sulz.) o‘zgaruvchan xonqizi qo‘ng‘izi 199 donasini, singarmoniya - 144 va o‘nbir nuqtali xonqizi esa 262 dona shirani iste’mol qilgan.
Nuqtali stetorus o‘rgimchakkananing ixtisoslashgan faol kushandasi bo‘lib, u o‘rgimchakkana, ayniqsa uning tuxumlari bilan oziqlanadi va bir sutka davomida 50-60 o‘ljasini yo‘qotadi. Iyul oyida uning faolligi ancha oshadi va bir sutka davomida 100 taga qadar o‘rgimchakkana bilan oziqlanishi kuzatilgan. To‘rtinchi yoshdagi lichinkalar bir sutkada 180-200 ta o‘rgimchakkanani iste’mol qiladi va bitta lichinka o‘z hayoti davomida 900 dan 1050 (iyul) taga qadar o‘rgimchakkanani yuqota oladi.
Shiralar 60% dan ortiq novdalarni zararlaganda kimyoviy kurash choralarini qo‘llash tavsiya etiladi.


xotima

Janubiy Farg’ona agrotsenozlarida yetishtrilayotgan qishloq xo’jaligi ekinlarini so’ruvchi zararkunandalarining tur tarkibi, bioekologiyasi, mavsumiy ko’payishi hamda o’simlik hosildorligiga ta’siri izohlab berildi. Tadqiqot va kuzatish joylarida zararkunandalarning biologiyasi, ko`payishi, generatsiyasi, ularning miqdor zichligi ayrim turlarining etalogiyasi, migratsiya harakatlari va hayotiy sikllariga alohida e’tibor berildi.


Hududidagi tabiiy va suniy ekosistamalarda asosan hammaxo’r so’ruvchi va kemiruvchi turlar zarar keltiradi. Jumladan, shiralar, o’rgimchakkanalar, koktsidlar, qandalalar, mevaxo’rlar, parvonalar, kapalak qurtlarini kiritish mumkin. Agrotsenzlarida afidofaunasi Homoptera turkumi, Apidinae kenja turkumining 6 oila, 33 turkumiga mansub bo‘lgan 80 ta turdan iborat, turlar xilma-xilligi Aphididae - Pemphigidae - Chaitophoridae - Drepanosiphidae - Lachnidae - Anoeccidae oilalari ketma - ketligida pasayib boradi.
Aphididae oilasi shiralari faunasining boyligi va turlarining ko‘pligi bilan
ajralib turadi, uning afidofaunadagi ulushi turlar bo‘yicha 67.03 % va urug‘lar xilmaxilligiga nisbatan 62,5 % ni tashkil etadi. Soni ko‘pligi bilan ajralib turuvchi urug‘lar soni 9 ta, ularning faunadagi ulushi 62.5 % ni tashil etadi, 2 tadan turga ega bo‘lgan urug‘lar soni 6 ta va 18 tasi monotipik urug‘lar sanaladi.
Qishloq xo’jaligi ekinlaridan g’oza, boshoqli ekinlar, poliz ekinlari, yem-xashak va dukkakli ekinlarni so’rib zarar yetkazadigan hasharotlar o’rganildi. O’rganish natijasida shiralar barglarni burishtirib qo‘yadi, ba’zan esa to‘kib yuboradi, yosh novdalarni o‘stirmay qing‘ir-qiyshiq qilib, meva hosilini kamaytirib yuboradi, o’simlikni o‘sishdan qoldiradi va quvvatdan ketkazishini ko’rish mumkin.
G’o’zada o’simlik shiralarining 7 turi qayd etilgan: Bu shiralar ko’klamda g’o’za gullay boshlaguncha beda shirasi va hatto keyinchalik (poliz yoki g’o’za shirasi va katta g’o’za yashil shirasi) va kuzda kurtaklar ochilayotganda (poliz yoki g’o’za shirasi) ekinga zarar yetkazadi. G’o’za shiralarining g’o’zada va boshqa o’simliklarda bahor va yoz faslida rivojlanishida materologik sharoitlar muhim ahamiyat kasb etadi. O’simlik shiralarining rivojlanishi uchun qulay havo harorati +23 oS, havoning nisbiy namligi va 50 % bo’lishi kerak.
So’ruvchi zararkunandalariga qarshi kurashda uyg`unlashgan tizimga oid bo`lgan agrotexnik, biologik va kimyoviy usullardan foydalaniladi. Agrotexnik tadbirlardan- Sho`r yuvish va yoxob suvini berish davomida 3-4 kun ichida suv ostida turgan yerda kuzgi tunlam 83 %, undov tunlamining qurtlari esa 27 % gacha nobud bo`ladi.
Biologik kurashda - g’o’za shiralari bilan oziqlanadigan 50 turga yaqin yirtqich va parazitlar (afidofaglar) ma’lum. Ayniqsa xonqizi qo’ng’izlaridan yetti nuqtali (Coceinella semtempunstata) muhim o’rin tutadi. Yetti nuqtali xonqizi qo’ng’izi uch oylik hayoti davomida 4500-5000 ta poliz shirasining yetuk lichinka formalarini yeb yo’qotadi. Uning lichinkasi sutkasiga 150-220 tagacha poliz shirasining lichinkasi bilan oziqlanib 10-42 kunlik lichinkalik davri davomida 1600-1800 ta lichinkani yeb yo’qotadi.
Janubiy Farg‘ona agrotsenozlarda shiralar mavsumiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy yo‘nalishlari tahlil etildi, shiralarning mavsumiy rivojlanishi erta bahordan kuzga qadar davom etadi. Ularning mavsumiy rivojlanish sur’atlarida bahorgi-yozgi va kuzgi davrlar farqlanadi. Shiralar hayotidagi yozgi diapauza davri iyul, avgust oylariga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 189,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin