Шираларнинг экологик адаптацияланиш



Yüklə 189,5 Kb.
səhifə4/12
tarix10.06.2022
ölçüsü189,5 Kb.
#61175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ADXAMJON avtoreferat

Ishning aprobatsiyasi. Dissertatsiya materiallari “O’zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi Respublika 19-ko’p tarmoqli ilmiy masofaviy online konfrensiya 22-qism (Toshkent 2020-yil 31-avgust) va “Oziq-ovqat xavfsizligi: Milliy va global omillar” II-Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyada (O’zbekiston, Samarqand 2020-yil 16-17 oktyabr) ma’ruza qilingan.
Natijalarning e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 3 ta ilmiy maqola chop etilgan.
Ishning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, 3 bob, xulosa, 13 ta rasm, 3 ta jadval va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 82 ta dan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 88 sahifani tashkil etadi.
Avtoreferat tuzilishi dissertatsiyaga to‘la mos tushadi.


Dissertatsiyaning asosiy mazmuni


Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslanib, tadqiqotning maqsad va vazifalari izohlab berilgan hamda olingan natijalarning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati bayon etilgan. Bundan tashqari kirish qismida Farg‘ona afidofaunasini o‘rganish O‘rta Osiyo shiralarini tadqiq etish tarixiga oid ilmiy adabiyotlar tahlil etilgan.
Birinchi “Material va tadqiqot uslublari” bobida dissertatsiya tadqiqotini bajarish davomida yig‘ilgan materiallar va foydalanilgan uslublarga tavsif berilgan.
Ilmiy tadqiqot ishlariga Janubiy Farg‘onada (Qo‘qon shahri va uning atrofidagi tumanlarda) 2019 - 2021 yillar davomida yig’ilgan materiallar, olib borilgan tadqiqot va kuzatish natijalari asos bo’ldi. So’ruvchi zararkunandalarning mavsumiy rivojlanishi, biologiyasi, ekologiyasini va zarar keltirishini o`rganishga oid kuzatish hamda amaliy tajribalar olib borildi.
Mazkur magistrlik dissertatsiya ishi Janubiy Farg‘ona (Bag’dod tuman, Rishton tumanida joylashgan g’o’za – 1-7-14-21.06; 2-9-16-23-30.07; 6-13-20-27-30.08; 2-9-16.09; 2020y, poliz ekinlari - 10-17.03; 7-14-21.04; 12-19.05; 16-23-30.06; 14-21.07; 25.08; 13-20.10; 10-17.11; 2020y, dukkakli ekinlar – 15-22-29.07; 5-12-19-26.08; 1-8-15-22.09; 2020y va don ekinlari agrotsenozlarda- bug’doy, sholi,) hududlarda olib borilgan tadqiqot va kuzatishlar natijalari asos bo‘ldi. Materiallarning asosiy qismi mart oyidan noyabrning oxiriga qadar yig‘ildi.
Tadqiqotlar davomida Janubiy Farg‘onada (Qo‘qon shahri va uning atrofidagi tumanlarda) tabiiy landshaftlari, qishloq xo’jaligi ekinlari ekilgan agrotsenozlarda o‘simliklar kuzatilib, ulardan shira namunalari olindi.
Shiralarning mavsumiy rivojlanishi, ayrim turlar biologiyasi va ekologiyasini o‘rganishga oid kuzatish va amaliy tajribalar Janubiy Farg‘ona va unga chegaradosh hududlarda olib borildi. Shiralarni hisobga olish har 4-7 kunda bir martadan, ma’lum ketma -ketlikda olib borildi. Kuzatishlar davomida shiralarning rivojlanishi, koloniyalarini o‘zgarishi, yashash tarzi, qishloq xo’jalik o‘simliklariga zarar yetkazishi va turli ekologik sharoitlarga moslanish xususiyatlariga alohida e’tibor berildi.
Zararkunandalarining mavsumi rivojlanish, biologiyasi va ekologiyasini o’rganishga oid kuzatish va amaliy tajribalar g’oza, poliz ekinlari, dukkakli va boshoqli ekinlarda olib borildi. Zararkunandalarning qishki tinim davrini o’rganish maqsadida kuzatish ishlari nafaqat vegetatsiya mavsumi, balki tinim davrida ham uzluksiz davom ettirildi.
Zararkunandalarni o’rganish umumiy qabul qilingan uslub bo’yicha, ya’ni ikkita diagonal bo’yicha daraxtning turli tomonga qaragan o’suv shoxlaridan o’n santimetr belgilab olinib undagi zararkunandalarni sanash orqali o’rganildi. Tekshiruvlar laboratoriya sharoitida aniqlagich orqali aniqlanib o’rganildi. Tekshirilayotgan navlardagi tabiiy kushandalar, ularning samaradorligi va miqdori, tur tarkibilari bo’yicha kuzatuv daftariga qayd etib borildi. Shiralarning ozuqa o’simliklarini aniqlash, ularning rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish uchun materiallar A.K.Mordvilko (1910), V. P. Nevskiy (1929 yil ) M. I. Narziqulov (1952 yil), G.X.Shaposhnikov (1952, 1964), V.A.Mamontova-Soluxa, I.A.Cherkasova (1967), M.H.Ahmedov, J.Qo‘shoqov, I.Zokirovlar (2007) taklif etgan uslublar asosida yig‘ildi va qayta ishlandi.
Laboratoriya sharoitida tekinxo’r va yirtqichlarning samaradorlik darajasini aniqlash uchun labaratoriyada saqlash va boqish orqali o’rganildi.
Shiralarning tur tarkibini o’rganishda (T.E.Osmoloskoye 1976 yil) (L.M.Kapasheva 1987 yil) hasharotlar aniqlagichlaridan foydalanildi. Yig’ilgan hasharotlar maxsus idishlarga spirt quyib saqlab qo’yildi. Kuzatuv daftariga zararkunanda to’g’risida to’la ma’lumot yozib qo’yildi. Lekin sharoitimizning iqlim keskin kontinental bo’lishi ko’p zararkunandalarning yaratish ixtisoslashgan zararkunanda turlarini ko’payishiga olib keladi.
Kuzatish ishlari yilning barcha mavsumida uzluksiz davom ettirildi. Doimiy tadqiqot va kuzatish joylarida zararkunandalarning biologiyasi, ko`payishi, generatsiyasi, ularning miqdor zichligi ayrim turlarining etalogiyasi, migratsiya harakatlari va hayotiy sikllariga alohida e’tibor berildi hamda ma’lumotlar boshqa joylardan olingan tadqiqot natijalariga solishtirilib borilgan.
Dissertatsiya ishiga tadqiq etilayotgan so’ruvchi zararkunandalar bo`yicha boshqa tadqiqotchilarning izlanish natijalardan hamda materiallaridan foydalanildi.
Tekshiruvlarda hasharotlarning ayni kundagi rivojlanish darajasi o`rganildi. So’ruvchi zararkunanda hasharotlardan na’muna olishda asosan kasallangan birlamchi zararkunandalar tomonidan shikastlangan qishloq xo’jalik ekinlariga e’tibor qaratildi va zararlanish turiga qarab katta g’o’za shirasi (Asyrthosip ham gossypii Mordv), xoldor shira (Thorioaphis trifolii Men), beda shirasi (Aphis crassivarce Koch), G‘o‘za oqqanoti (Bemisi tabaci Aschm.), no‘xat shirasi yig’ildi. Doimiy kuzatuv joylarimizda bu so’ruvchi zararkunandalarning holati kuzatilib, ularning etalogik xususiyatlari, zarar keltirishi, qishloq xo’jaligi ekinlari holati, ekologik omillar ko`rsatkichlari qayd etib borildi.
Tadqiqotini bajarish davomida Farg‘onaning Tabiiy, Geografik o‘rni, iqlimiy shart-sharoitlari, yig‘ilgan materiallar va foydalanilgan uslublarga tavsif berilgan. Tadqiqotlar olib borgan hudud Farg‘ona vodiysi janubidagi pasttekislik (Farg‘ona shahri, mutlaq [dengiz sathidan] balandligi 575 m) va tog‘ oldi (Farg‘ona tumani, dengiz sathidan mutlaq balandligi 700 m) mintaqalaridan iborat. Ular bir-biridan tuproq – iqlim sharoitlari, namlik miqdori va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi.
Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning sharqida, Tyonshon va Oloy tog‘ tizmalari orasida joylashgan. Uning atrofi janubdan Turkiston va Oloy, sharqdan – Farg‘ona va Oto‘ynoq, shimoldan – Chotqol, shimoli-g‘arbdan – Qurama va Qoramozor, g‘arbdan Mo‘g‘ultog‘ tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan (Abolin,1929; Baratov, 1996).
Gʻarb tomondan vodiy torgina (eni 8-9 km) "Farg‘ona" yoki "Xo‘jand darvozasi" orqali Dalvarzin va Mirzacho‘l tekisliklari bilan tutashadi. Mazkur "darvoza" vodiy iqlimini shakllanishida alohida rol o‘ynaydi.
Farg‘ona vodiysining uzunligi g‘arbdan – sharqqa 370 km ga, janubdan – shimolgacha 80-100 km ga yetadi. (Sharqda uning kengaygan joyi 150 km ga teng).
Vodiy shakli bodomsimon, maydoni past tekislik qismida 22000 kv. km ga, atrofini o‘rab turuvchi tog‘li hududlar bilan 80000 kv. km ga teng. Mazkur tekislik "Farg‘ona botig‘i" deb nomlangan.
Vodiy atrofining geologik xususiyatlari va relyefini bir-biridan farq qiluvchi adirliklar hamda tog‘lar belgilaydi.
Vodiyning past tekislik qismi asosan dengiz sathidan o‘rtacha 400 m balandlikda joylashgan. U g‘arbdan sharqqa qarab 1200 m gacha, g‘arbdan janub tomon mutlaq 900 m balandliklargacha ko‘tarilib boradi (Seversov, 1953). Vodiyning boshlanish qismidagi "Xo‘jand darvozasi" dengiz sathidan 350-400 m balandlikda joylashgan.

Yüklə 189,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin