Shikastlanish asoslari



Yüklə 8,18 Mb.
səhifə8/9
tarix15.09.2023
ölçüsü8,18 Mb.
#143687
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7-mavzu. Shikastlanish asoslari.

Etiologiyasi.

  • Bo’gim kapsulasi va paylarning yirtilish travmalari: bilvosita travma, mushaklarning birdan qisqarishi.
  • Suyaklarni bog’lab turuvchi bo’g’im yuzalarining o’zgarishi bilan kechuvchi bo’g’im kasalliklari (osteomiyelit, sil)
  • Suyak va bo’g’imlarning rivojlanish anomaliyalari.
  • Birinchi chiqishdan so’ng immobilizatsiyani erta to’xtatish.

Klinik ko’rinishi

    • Bo’g’im sohasida birdan og’riq bo’lishi va o’sha a’zoda aktiv va passiv harakatlarni bajara olmaslik.
    • Bo’g’im sohasining deformatsiyasi, har bir bo’g’im uchun muchaning majburiy holati. Aktiv harakat cheklangan, mucha o’qining kaltalashishi, ba’zan uzunlashishi aniqlanadi.
    • Palpatsiyada bo’g’imda og’riq kuzatiladi, ba’zida bo’g’im uchlarini o’zining odatiy joyida emasligi paypaslanadi.
      • Passiv harakatlar birdan cheklangan va og’riqli ekanligi.

Birinchi yordam.

Birinchi yordam – shikastlangan bo’g’im sohasiga sovuq bosish, og’riq qoldiruvchilar qo’llash (analgin, promedol va boshq.), travmadan keyin qanday holatni egallagan bo’lsa shu holatida muchalarni immobilizatsiya qilish. Yuqori muchalar kosinkaga yoki bintli bog’lamga osiladi , pastki muchalarni shinalar yoki qo’lga ilashgan qattiq jism bilan immobilizatsiya qilinadi.

Tashxis qo’yish.

Chiqishlarni tashxislash quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Anamnezida travma (yiqilish, qaltis harakat);
  • Kuchli og’riq;
  • Bo’g’im sohasida deformatsiya, sog’lom tomon bilan solishtirganda bilinarli;
  • Har qanday chiqishda muchalarning xarakterli majburiy holati;
  • Chiqqan mucha o’qining yon nuqtalarga nisbatan yo’nalishining o’zgarishi;
  • Bo’g’imda aktiv harakatning yo’qligi va passiv harakatlarning birdan cheklanishi;
  • «Prujinalovchi fiksatsiya», chiqqan bo’g’imni majburiy holatidan o’zgartirib to’g’irlamoqchi bo’lganda shu vaqtning o’zida prujinasimon elastik qarshilik yuzaga kelib yana ortga qaytib majburiy holatini egallashi;
  • Bo’g’im uchlari chiqishlarda o’zining odatdagi joyidan siljishi yoki umuman shu joyda aniqlanmasligi.

Yüklə 8,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin