Shikastlanish asoslari


Mutlaq – patologik harakat va bo’laklar krepitatsiyasi



Yüklə 8,18 Mb.
səhifə6/9
tarix15.09.2023
ölçüsü8,18 Mb.
#143687
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7-mavzu. Shikastlanish asoslari.

Mutlaq – patologik harakat va bo’laklar krepitatsiyasi.

Birinchi yordam.

Birinchi yordam shina sifatida qo’lga tushgan har qanday jism bilan transport immobilizatsiya qilishga asoslangan.

Pastki muchalarni immobilizatsiya qilish Detrix shinasi yordamida, yuqori muchalar esa narvonsimon Kramer shinasi yordamida amalga oshriladi.

Tashxis qo’yish.

Klinik belgilar asosida tashxis qo’yiladi, ikki standart proyektsiyada rentgen tekshiruvi o’tkazish orqali tasdiqlanadi.

Rentgenologik belgilar – sinish chizig’ining mavjudligi, suyak usti pardasining ajralganligi, bo’laklarning siljiganligi, suyak strukturasining o’zgarganligi.

Davolash.

Davolashning asosiy qoidalari:

  • Suyak qismlarini repozitsiyasi.
  • Bo’laklarni tutib turish, qismlar harakatsizligini hosil qilish va a’zoni immobilizatsiya qilish.
  • Suyak siniqlari bitishi tezlashtiruvchi va o’sishini ta’minlovchi usullar va vositalardan foydalanish.
  • Usullar: - konservativ

    - operativ

Davolashning konservativ usuli.

1. Gipsli bog’lam yordamida immobilizatsiya.

Qulayligi: oddiy; bemor mobilligi, ambulator davolash; terida jarohat bo’lmasligi va infektsion asoratlarning yo’qligi.

2. Doimiy tortib qo’yish usuli.

Qulayligi: aniqlik va bosqichli repozitsiya boshqaruvi; muchalar holatini kuzatish imkoniyati; kontraktura rivojlanish xavfining keskin kamayishi; fizioterapevtik usulni qo’llab davolash, massaj.

Operativ davolash.

Mutlaq ko’rsatmasiga kiradi:

  • Ochiq sinishlar.
  • Hayotiy muhim a’zolarning suyak bo’laklari bilan zararlanishi (bosh, orqa miya, yirik tomrlar, nervlar).
  • Yumshoq to’qimalar interpozitsiyasi
  • Soxta bo’g’im.
  • Sinishlarda yiringli-yallig’lanish asoratlari.
  • Siniqlarning qo’pol o’zgarishli noto’g’ri bitishi.

  • Yüklə 8,18 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin