Shaxsni o’rganish metodlari Reja: Shaxs haqida tushuncha Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta'rifi Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 36,41 Kb.
səhifə4/4
tarix16.12.2023
ölçüsü36,41 Kb.
#183512
1   2   3   4
Shaxsni o’rganish metodlari Reja Shaxs haqida tushuncha Jahon p

Glossary
Autizm (yunon. auto - o’zim) - individning o’zini atrofdagi odamlardan chegaralab, o’zining kechinmalariga berilishdan iborat psixologik begonalashuv.
Biogenetik qonun (yunon bios - hayot, genesis - kelib chiqmoq - psixologiyada E.Gekkel tomonidan ochilgan biologik qonun bo’lib, unga ko’ra ontogenez filogenezni takrorlaydi deb hisoblanadi.
Ideal (yunon. idea – g’oya, tushuncha tasavvur) - biror narsaning namunasi, ayrim odam, guruh va sinf xatti - harakatlari va intilishini belgilovchi oliy maqsad.
Individ - (lot, iudividuum bo’linmas ayrim jins, shaxs) - biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot.
Individuallik - individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o’ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligi.
Konformlik (lot. corformis o’xshash, mos) - individnnng guruh fikrlariga tegishli tomondangina qo’shilib, ichki tomondan esa qo’shilmay o’z fikrida qolishi, guruhga ongli ravishda moslashishi.
"Men" - konsepsiya (lot. conceptio - qabul etish - odamning o’zi to’grisida nisbatan barqaror, aniqlangan, o’z kechinmalarida ifodalanadigan taassurotlar tizimi.
Frustrasiya (yunon, frustration - aldanish, behuda ko’rish, xafagarchilik, rejalarning izdan chiqishi) - kishining maqsadga erishish yo’lida uchraydigan, ob'ektiv ravishda yengib bo’lmaydigan yoki sub'ektiv ravishda shunday tuyuladigan qiyinchiliklar tufayli paydo bo’ladigan psixik holati.
Shaxs - ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug’ullanuvchi betakror odam.
Ehtiyoj - odam va hayvon faolligining asosiy manbai, aniq sharoitlar bilan bog’liq zaruriyatning ichki holati.
Qiziqish - shaxsning o’zi uchun qimmatli va yoqimli bo’lgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabati, keng va tor, chuqur va yuzaki barqaror bo’lishi mumkin.


4. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.Turg’unov Q. Psixologiya terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati T; "O’qituvchi" nashriyoti 1975 y

2. Umumiy psixologiya (A.V.Petrovskiy tahriri ostida) T; "O’qituvchi" 1992 y

3.Ergashev P.S Muloqot psixologiyasi (ma'ruzalar matni) T-2003 y

4.G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y



5.G’oziev E.G’ Muomala psixologiyasi T-2001 y

6. Umumiy psixologiya darsligi 2009 y
Yüklə 36,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin