Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb masalalari


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR



Yüklə 364,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix30.10.2022
ölçüsü364,49 Kb.
#66867
1   2   3   4   5   6
22 Boybotayev Jaxongir Egamberdi ogli 189-194

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Yozuvchining “G’arbga sayohat” romanida voqealarning ko’lamdorligi, 
sertarmoqliligi, epik bayonning salmoqdorligi bilan ajralib turadi. Asar boshidan to 
oxirigacha qahramonlarning o’ziga hos harakterlari va judayam ham ijobiy ham 
salbiy obrazni yaratgan qahramonlar soni ko’pligi ham o’ziga hosdir. Roman ham 
sermazmunligi ham tarixiy ma’lumotlarga asoslanganligi hamda voqealar 
shiddatliligi bilan o’sha davrda katta mashhurlikka erishdi. U Chen-Enning “G’arbga 
sayohat” romani Xitoy adabiyotida fantastik janr sohasida dastlabki qadamlardan biri 
edi. Fantastik bo’lsada roman hayotiy voqealar asosida yozilgan bo’lib, romanda
rohib Syun Szanning Hindistondan Xitoyga qilgan sayohati asosida bayon etiladi. 
Romanda ko’tarilgan muammo asosan qahramonlarning xarakterlari tasvirida hamda 
qahramnonlarning o’zaro munosabatlarida o’z ifodasini topadi va asrning ikki 
muhim jihati-mavzu va g’oyani qamrab oladi. 
Asar mavzusi deganda, unda tasvirlanayotgan voqea-hodisalar, kechinmalar 
asosida yotgan masalalar, muammolarningning yechimini muallif o’quvchiga fikrlari 
hamda nuqtai nazarlari orqali singdirishga intiladi. 


“Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb 
masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy 
konferensiya 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 24 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
 
191 
w
www.oriens.uz
June 
2022
 
Mavzu va go’ya asrdagi voqealar rivoji, harakterlar tasviri orqali ro’yobga 
chiqadi. Asarning barcha unsurlari, to’qimasiga singdiriladi. Shuning uchun asar 
voqealari qanchalik boy, harakterlar shunchalik turli-tuman bo’lsa, uning mavzusi va 
go’yasi ham ulkan va chuqur bo’ladi. Kompozitsiya (lotincha: composition-tuzulish, 
birlashish, bog’lanish)- badiiy asarning mazmun, harakteri va maqsasdi jihatdan 
bog’langan 
qismlarining 
joylashishidir. 
“G’arbga 
sayohat” 
romanining 
kompozitsiyasi shunday tarzda qurilganki,unda voqea va hodisalarning keng, aniq 
bayon etilganligi, tabiat manzaralari va qahramonlarning tuzilishi, harakterlarining 
to’g’ri tanlanganligi alohida mazmunga ega. Xitoyning mashhur “G’arbga sayohat” 
asarini o’qib chiqgan har bir o’quvchi ushbu asraning naqadar keng ma’noda 
yozilganini va asarda bir qancha obrazlar mazmunan boyitilganini ko’rishlari 
mumkin. Bunga misol qilib bosh qahramon ro’lidagi( Sun U-kun, Syun Szan (Rohib), 
Sha Sen, Ju Baje ) va boshqalar yaqqol misol bo’la oladi. Qolaversa, “G’arbga 
sayohat” romanida 100dan ortiq personajlar qatashadi. Ularning asosiy qismi 
voqealarda muhim ahamiyat kasb etibgina qolmay asarga yanada mazmun-mohiyat 
qo’shadi. Bu personajlar muallif nutqi orqali romanga kiritiladi ayrim hollarda ularga 
nom berilmaydi. Biroq yozuvchi ularni juda yaxshi biladi va taniydi. Chunki bu 
personajlar yaratuvchisi aynan roman muallifi hisoblanadi .
Romandagi bosh qahramonimiz bo’lgan Sun U-kun avvaliga ahloqsiz, uquvsiz, 
qoloq, madaniyatsiz obraz sifatida gavdalanadi, lekin keyinchalik yozuvchining 
qalami ostida u “tarbiya” oladi. Keyinchalik esa Sun U-kun tabiatan halol, xalq 
ishkarida faol, mehnatkash, tarbiya ko’rgan obraz tarzida aks ettiriladi. Asarning yana 
bir asosiy qahramonlaridan biri Rohib Syun Szan juda ham og’ir bosiq, madaniyatli, 
hech qachon hech kimga so’z bilan ham hatti-harakatlari bilan ham ozor bermas, aslo 
jahli chiqmas, faqat o’zini ishlari bilan shug’ullanar, asosiy maqsadi bo’lmish 
Hindistonga borib Muqaddas Saturalarga yetishish bo’ladi. Romanda Rohib doim 
o’z o’quvchilariga maslahatlar beradi. Sun U-kunga tarbiya va pand-nasihatlar berib, 
uni doim yomon yo’llardan qaytarib turadi. Yana bir asarning komik 
qahramonlaridan bir Ju Baje bo’lib, yarim odam yarim cho’chqa qiyofasidagi mahluq 
kaltafahm, doim birinchi navbatda o’zini va qornini o’ylaydigan, ochofat, 
o’ylamasdan ish qiladigan, biroq ko’ngli juda ham toza personajlardan biri 
hisoblanadi. Rohibning yana bir shogirlaridan bir Sha Sen hisoblanib, u ham ustozi 
singari juda og’ir bosiq, jang bobida juda kuchli personajlardan biridir. Romanda 
qahramon sheriklari safiga ancha keyin qo’shilsada lekin, doim ustozi rohibni olida 
birga yurib himoya qiladi. Sha Sen rohibning ishonchli tan soqchisi sifatida 
gavdalanadi. 



Yüklə 364,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin