224
Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va
boshqa vakolatli organlarga taqdim etish;
- tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligining, avvalo, mahalliy
davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro
etilishi ustidan jamoat
nazoratini amalga oshirishning amaliy mexanizmini joriy etish hamda
ularning faoliyati bo‘yicha mustaqil baholashni tayyorlash va Vazirlar
Mahkamasiga taqdim etish;
- davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining rahbarlari va xodimlariga nisbatan shikoyat
arizalari bergan tadbirkorlik sub'yektlarining manfaatlarini himoya qilish;
- tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati monitoringini amalga
oshirish hamda ular faoliyati tekshiruvlarida Palata a'zolarining ishtirok
etishini ta'minlash.
Ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida –
tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligini
yanada takomillashtirish,
tadbirkorlik sub'yektlarini ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,
tadbirkorlik faoliyati sohasida qabul qilingan me'yoriy-huquqiy
hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi ustidan jamoat ekspertizasini
tashkil etish va jamoat nazoratini kuchaytirishga keng jalb qilish,
jumladan:
- tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik
muhiti va investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat dasturlari,
shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab
chiqishda ishtirok etish;
- tadbirkorlik sub'yektlarini ishbilarmonlik
muhiti holatini
yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga keng jalb
qilish, tadbirkorlik tuzilmalari bilan birgalikda me'yoriy-huquqiy hujjatlar
loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini, jumladan, sanoat,
transport,
qurilish, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, savdo va
225
xizmatlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa
sohalar bo‘yicha ekspert kengashlarini tashkil
etish orqali tashkil etish;
- tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari
kafolatlarini mustahkamlash, ularning rivojlanishini rag‘batlantirishni
kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha
takliflar tayyorlash;
- respublikamiz tumanlari (shaharlari), viloyatlari kesimida
joylardagi ishbilarmonlik muhitining holati hamda qonunchilikdagi
me'yorlar va talablarning amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha har
chorakda tahlil o‘tkazish hamda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti
Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa
vakolatli organlarga ularni yaxshilash bo‘yicha tahliliy materiallar va
takliflarni taqdim etish.
Dostları ilə paylaş: