218
garovga qo‘yish, ijara hamda ashyoviy huquqlarni belgilash, o‘zgartirish
va bekor qilish bilan bogliq boshqa bitimlarning ob’ekti bo‘lishi mumkin.
Mulkiy kompleks bo‘lgan korxona tarkibiga uning faoliyati uchun
mo‘ljallangan hamma mulk turlari,
shu jumladan yer uchastkalari,
binolar, inshootlar, uskuna, inventar, xom ashyo,
mahsulot, talab qilish
huquqi, qarzlar, shuningdek korxonani, uning mahsuloti,
ishlari va
xizmatlarini aks ettiruvchi xususiy alomatlarga (firma nomi, tovar
belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari) bo‘lgan huquqlar va boshqa mutlaq
huquqlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo‘lmasa, kiradi.
Asosiy va mansub ashyolar. Foydalanish tufayli vujudga keladigan
munosabatlarning mohiyati bilan boshqa ashyo (mansub ashyo)ga bogliq
mustaqil ashyo asosiy ashyo hisoblanadi. Asosiy ashyoga xizmat qilishi
kerak bo‘lgan va u bilan umumiy xo‘jalik vazifasi orqali bogliq ashyo
mansub ashyo hisoblanadi.
Mansub ashyo, agar qonunlar yoki shartnomada boshqacha tartib
belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, asosiy ashyoning taqdiriga bogliq bo‘ladi.
Murakkab ashyolar agar turli xil ashyolar
birikmaning mohiyati bilan
belgilanadigan vazifasi bo‘yicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit
bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo (murakkab ashyo) hisoblanadi.
Hosil va daromadlarga bo‘lgan huquq ashyodan keladigan hosil va
daromadlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab
qo‘yilgan bo‘lmasa, ashyo egasiga tegishlidir.
Pul mablaglari ham tadbirkorlik faoliyatida ob’ekt sifatida muhim
ahamiyatga egadir. Ayniqsa, to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida pul
mablaglari asosiy vosita hisoblanadi. To‘lovlar
naqd pul bilan va naqd
pulsiz hisob-kitoblar tarzida amalga oshiriladi.
Hisob-kitoblarni chet el valyutasida amalga oshirish hollari, tartibi
va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi. Qimmatli qogozlar
mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal
qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qogozlar hisoblanib, ularni
taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni
amalga oshirish yoki
boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi.
219
Qimmatli qogozlar boshqa shaxsga berilishi bilan ular tomonidan
tasdiqlanadigan hamma huquqlar ham o‘sha shaxsga o‘tadi. Qimmatli
qogozlar jumlasiga quyidagilar kiradi: obligatsiya, veksel, chek, depozit
va jamgarma sertifikatlari, konosament, aktsiya
hamda qonun hujjatlari
bilan qimmatli qogozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.
Mutlaq huquq ob’ekti bo‘lgan intellektual faoliyat natijalari va o‘ziga xos
vositalaridan uchinchi shaxslar huquq egasining ruxsati bilangina
foydalanishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: