Sharhlash turlari. Ochiq sharh



Yüklə 38,36 Kb.
səhifə4/6
tarix07.04.2023
ölçüsü38,36 Kb.
#94321
1   2   3   4   5   6
farangiz lotin

SAODATGA ELTUVCHI BILIM
XXI asr hayot sur’atlarining shiddatli va murakkab kechayotgani, axborotning aql bovar qilmas darajada tez almashinayotgani, keskin fikr almashuvlar yuz berayotgani bilan ham e’tiborlidir.
Prezidentimiz «YUksak ma’naviyat – engilmas kuch» asarida insoniyatning bugungi kuni yuksak texnologiyalar asri yoki yalpi axborotlashuv zamonidan ko‘ra, globallashuv degan ta’rifga ko‘proq mos tushishini ta’kidlaydi: «Globallashuv — bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir».
Bu murakkab jarayonning ijobiy jihatlari sifatida integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, zamonaviy ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg‘unlashuvi singari bir qator omillar qayd etilib, masalaning salbiy ko‘rinishi sifatida mafkuraviy tahdidning sabab va oqibatlari keng tahlil qilinadi: «SHuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan zarar etkazishi mumkin».
Darhaqiqat, bugun globallashuv hosilasi bo‘lgan «ommaviy madaniyat» tushunchasi butun dunyoda ma’naviy xavf-xatarga aylandi. Bu hodisaning paydo bo‘lishi xususida turli qarashlar mavjud. Masalan, rossiyalik olima Elena Smolskaya «ommaviy madaniyat»ni ommaviy aloqalar tufayli yuzaga kelgan desa, amerikalik sotsiolog D.Uayt fikricha, rimlik gladiatorlarning vahshiyona olishuvini odamlar tomosha qilgan paytdayoq bu salbiy holatning ilk unsurlari namoyon bo‘lgan. Ayrim sotsiolog-analitiklarning nuqtai nazaricha, XVII-XVIII asrlarda kapitalizmning yuzaga kelishi elita va omma madaniyatini ajratib tashlagan.
(«Hurriyat» gazetasi, 2010 yil 24 fevral)
Pardalangan sharhlarda ehtiros, his-hayojonni ifodalaydigan so‘zlardan keng foydalaniladi. Bunday materiallarda ko‘pincha istehzo, kinoya usulni qo‘llashga harakat qilinadi. Qanday so‘z tanlangani, qaysi fe’l turidan foydalanilganiga qarab muallif yoki tahririyatning muayyan mavzuga munosabati qay darajada pardalangan tarzda ifoda etilganini bilish mumkin. Quyidagi so‘z va iboralarga, ularning nima maqsadda ishlatilishiga e’tibor bering.

Yüklə 38,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin