Sharhlash turlari. Ochiq sharh


O‘RTA OSIYODA, CHAMASI, KENG KO‘LAMLI URUSHNING OLDI OLINDI. BU PREZIDENT KARIMOVNING XIZMATIDIR



Yüklə 38,36 Kb.
səhifə3/6
tarix07.04.2023
ölçüsü38,36 Kb.
#94321
1   2   3   4   5   6
farangiz lotin

O‘RTA OSIYODA, CHAMASI, KENG KO‘LAMLI URUSHNING OLDI OLINDI. BU PREZIDENT KARIMOVNING XIZMATIDIR
So‘nggi oylarda Qirg‘izistonda ro‘y bergan voqealar mamlakat ichkarisida, butun Markaziy Osiyo mintaqasida, qolaversa, butun dunyoda kim aslida kim ekanini aniq ko‘rsatib berdi. Har biri o‘z bilganicha mamlakatni mana shu ahvolga olib kelgan qirg‘izistonlik barcha toifadagi siyosatchilarning to‘la va sharmandali tubanlikka yuz tutgani haqida gapirib o‘tirishning hojati yo‘q. Ularning nima qilib bo‘lsa ham, hatto yuzlab va minglab qurbonlar evaziga hokimiyat kemasiga ilinib olish yo‘lidagi urinishlari manfur surbetlikdan boshqa narsa emas. Sodir etilgan fojiali voqealar jarayonida qo‘shni davlatlar, butun Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) rahbarlari ham o‘zini ko‘rsatdi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidek (ODKB) mutlaqo foydasiz va ta’sirsiz tashkilot haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Buyuk davlatlarning bu voqealarga nisbatan har safar o‘zgarib, turlanib borgan munosabatlari va siyosiy harakatlari ham kishini ajablantirdi. Amalda esa bu musibatli kunlarda ular bizni sotishdi, barcha voqealarga o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda yondoshishdi.
(// XXI asr, 2010 yil 24 iyun. Qirg‘iziston Respublikasining “Belыy Parus” (2010 yil 23 iyun ) gazetasidan tarjima).
Imkon boricha sharhning ushbu turiga kamroq murojaat qilingani maqsadga muvofiqdir. Faqat faktlardan iborat reportajlar gazeta faoliyatining asosini tashkil etadi. SHu bilan birga, batafsil sharhda fikr-mulohazalardan ham foydalanish
zarur. Hozirgi kunda axborotlar shu qadar ko‘pki, ularning aksariyati sharhlashni toqoza etadi. SHuning uchun ham turli sharhlarga e’tibor ortmoqda. Barcha hollarda ham ochiq sharh samimiy, tezda anglashiladigan tarzda gazetxonlarga etkazilishi kerak.
PARDALANGAN SHARH
Pardalangan sharhda garchi muallifning ism-sharifi to‘liq ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, lekin u shar=da o‘zining shaxsiy fikr-mulohazalarini ifodalamaydi, balki tahririyat fikrini berishga harakat qiladi. Bu tarzdagi sharhlarning, asosan, anglangan yoki noixtiyoriy turlari uchraydi va ular o‘rtasidagi farq uncha katta emas. Faqat anglangan sharhda muallif boshidanoq sharh yozishga kirishadi, noixtiyoriy turdagisida esa, o‘z nomidan ixtiyorsiz, tasodifiy sharh chiqib qolishi mumkin. Zimdan harakat qilish har ikkala sharhga ham tegishli. Lekin har ikkalasining ham yo‘nalishi bir xil va bir natijaga olib keladi.
YUqorida aytilganidek, pardalangan sharhda, odatda, sharhni kim yozgani aniq ko‘rsatiladi. Bunday holda javobgarlik umumiy bo‘ladi. Gazetaning mualliflik sahifalaridagi materiallar muallifning surati bilan birga beriladi, lekin muallifni bu tarzda tanitish noodatiy hol. Bunday holatlarda asosiy qoida shundan iboratki, muallifning ism-sharifi sharhning yo yuqori, yoki pastki qismida kursivda beriladi. Gazeta sharhlari esa tahririyatning nuqtai nazarini ifodalaydi. Masalan: respublikamizda chiыadigan gazetalarning sharhlari o‘sha nashrlarning sharhlarini o‘z ichiga oladi. YA’ni muayyan gazeta muharririning sharhi o‘sha nashr hay’atining nuqtai nazarini ifodalaydi.
Tahririyatning bu tarzdagi sharhlariga xos ustun jihati shundaki, unda biror bir xodim gohida uchraydigan tushunarsiz yoki nojoiz fikrlari uchun aybni o‘z zimmasiga olmaydi. Qolaversa, bu sharh yozadigan alohida jurnalistning obro‘siga emas, balki gazetaning umumiy nufuzini va imidjini oshirishga xizmat qiladi.
O‘quvchilarga haqiqiy sharh nima-yu, yangilik yoki oddiy xabar nima ekanligini tushuntirish kerak. Deyarli barcha gazetalar o‘zining dolzarb fikr, munosabat, tahliliy maqola sahifasiga yoki ruknlar silsilasiga ega. Bunday sahifalarning yuqori
qismida «SHarh», «Fikr», «Munosabat», «Tahlil» va hokazo ruknlar aniq yozib qo‘yilishi kerak. O‘quvchi gazetaning muayyan sahifasi sharhlar va tushuntirishlar uchun ajratilganligini bir qarashdayoq bilib olishlari zarur. Maxsus sahifa deyarli har bir sonda berib borilishi va shakli ham muyyan o‘zgarmas tarzda bo‘lishi kerak. AQSHda chiqadigan o‘rtacha hajmdagi gazetalar uchun mezon bo‘lgan Grend Forks Xerald nashrining sharh sahifasi ma’qul andozadir. Bu sahifani har doim gazetaning birinchi qismida uchratish mumkin. Bizning mahalliy nashrlarimizda ham bu an’analar shakllanib ulgurdi. Masalan, «XXI» asr gazetasi xalqaro sharhlarni uning 7-sahifasidagi «Halqaro hayot»da ruknsiz izchil berib boradi. «Milliy tiklanish» sharhlarini esa, «Bizning sharh», «Munosabat» rukni ostida o‘qish mumkin.

Yüklə 38,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin