20
bartaraf etish maqsadida dastur asosida keng koʻlamli
kompleks
tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan:
-
bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
rivojlanishi uchun ilgʻor xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda
zarur shart-sharoitlar yaratish;
-
maktabgacha taʻlim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash
va malakasini oshirish oʻquv reja va dasturlarini zamonaviy
pedagogik
texnologiya
va metodlarni
inobatga
olgan
holda
takomillashtirish;
-
2200 ta maktabgacha taʻlim muassasalarining moddiy-texnika
bazasini
mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi
maktabgacha taʻlim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy
talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, oʻquv-metodik
qoʻllanmalar, multimedia resurslari bilan taʻminlash.
Qaror bilan belgilangan kompleks
tadbirlarning amalga
oshirilishi natijasida quyidagilarga erishilishi kutilmoqda:
-
yuqori sifatli maktabgacha taʻlimni taʻminlash, bolalarni sifatli
maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, taʻlim-tarbiya jarayoniga
muqobil dasturlarni joriy etish;
-
bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli boʻlgan 6100 ta
qisqa muddatli guruhlar tashkil etish;
-
3−6 yoshdagi maktabgacha taʻlim muassasalariga
qamrab olinmagan
bolalarni ularning ota-onalarini metodik qoʻllanmalar bilan taʻminlash
orqali maktab taʻlimiga tayyorlashni tashkil etish;
-
maktabgacha taʻlim muassasalari tarmogʻini 50 ta yangi qurilish
hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish
va 983 tasini mukammal taʻmirlash orqali kengaytirish;
-
qishloq joylardagi maktabgacha taʻlim muassasalarida ota-onalar
badal toʻlovini 30 foizgacha kamaytirish;
-
bolalarning maktabgacha taʻlimga qamrovini 1,5 barobarga oshirish.
Dasturning samarali amalga oshirilishi unda koʻzda tutilgan
koʻrsatkichlar ijrosining borishini tizimli
monitoring qilib borish
orqali davlat organlarining doimiy nazoratida boʻladi. Qarorning
amalga oshirilishi davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan
biri sifatida respublikaning uzluksiz taʻlim tizimini yanada isloh qilish
borasidagi rivojlanish yoʻlining uzviy va bosqichma-bosqichligini
taʻminlaydi.
21
2020-yil
22-dekabrda
Oʻzbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining 802-sonli qarori “Maktabgacha taʻlim va tarbiyaning
Davlat standartlari”ga asosan, quyidagi vazifalar belgilandi:
-
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, taʻlim-tarbiyasi
mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
-
milliy, umuminsoniy va maʻnaviy qadriyatlar asosida bolalarga taʻlim-
tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy
etish;
-
taʻlim-tarbiya
jarayoniga
pedagogik
vazamonaviy
axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun taʻlim, fan va ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasini taʻminlash.
Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:
-
bolaning noyobligi;
-
«Men» konsepsiyasi va shaxsiy taʻlimini yaratishda bolaning faol roli;
-
Bolaning huquqlarini himoya qilish va taʻminlashning muhimligi;
-
bola taʻlimi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
-
bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har
bir bolaga moslashuvchan boʻlib, individual variativlik asosida
yondashish.
Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda oʻtkazilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilgʻor tajribasi
hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ
texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha taʻlim tizimida
maʻnan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
Davlat talablari tugʻilgandan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarning
beshta asosiy rivojlanish sohalariga boʻlingan. Har bir
rivojlanish
sohasi oʻz oʻrnida kichik sohalarga boʻlingan boʻlib, ular har bir yosh
guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish
koʻrsatkichlaridan) iborat.
Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari boʻyicha
belgilanadi:
-
jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi;
-
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
-
nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari;
-
bilish jarayonini rivojlanishi;
-
ijodiy rivojlanish.
22
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga
boʻlinadi:
-
intellektual-anglash malakalari;
-
elementar matematik malakalar;
-
tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.
Dostları ilə paylaş: