15
Ushbu innovatsion texnologiyalardan foydalanish axborot
jamiyatining rivojlanishi va hayotning barcha sohalarida axborot
vositalarini faol joriy etish bilan bogʻliq. Bunday texnologiyalar taʻlim
dasturlari, axborot jarayonlari va AKTni qoʻllashga qaratilgan barcha
fanlarni oʻz ichiga oladi hamda taʻlim jarayoni ishtirokchilari
professor-pedagoglar
va
talabalarning
axborot
bilan
ishlash
kompetensiyalarini oshirishga yordam berish uchun oʻquv jarayonini
ham faol ravishda zamonaviylashtirish va axborotlashtirishni nazarda
tutadi.
2.
Shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiyalar.
Ushbu texnologiyalar
oʻqitish va tarbiyalashda shaxsni ustuvor oʻringa qoʻyishga qaratilgan.
Butun taʻlim jarayoni shaxsning individualligi va rivojlanish
xususiyatlarini hisobga olgan holda, shaxsni rivojlantirishga
qaratilgan.
3.
Oʻquv jarayonini axborot-tahliliy taʻminlash
. Ushbu guruh
texnologiyalaridan foydalanish har bir oʻquvchi, sinf, taʻlim
tashkilotining rivojlanishini tadqiq qilish va ularni adekvat baholashga
qaratilgan;
4.
Intellektual rivojlanish monitoringi
. Bu texnologiyalar
grafik maʻlumotlardan foydalanishga, test tizimiga, yangi baholash
usullariga asoslangan boʻlib, ular oʻquvchilarning individual
rivojlanish dinamikasini va umuman, taʻlim sifatini kuzatish imkonini
beradi;
5.
Taʻlim texnologiyalari
. Oʻquv jarayonini tarbiyadan ajratib
boʻlmaydi. Shu sababli, shaxsni, uning asosiy fazilatlarini
rivojlantirishning yangi usullari joriy etilmoqda;
6.
Dostları ilə paylaş: