Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix07.11.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#67857
1   2   3   4   5   6   7
turkistonda-yangi-usul-maktablarining-faoliyati-xix-asr-oxiri-xx-asr-boshlari

 
NATIJA VA MUHOKAMA 
Jadidchilik harakatining mohiyatiga e'tibor qilib qaralsa: u ma'rifatparvarlik emas, 
balki ma'rifatchilik edi. “Ma'rifatchilik” iborasiga iste'dodli olim Sh.Rizaev alohida 
urg‘u berib, uni atroflicha tahlildan o‘tkazgan. Darhaqiqat, ma'rifatparvarlar asosan 
ma'rifat homiylari tarzida, «tashqaridan» turib, ya'ni xalqning iste'dodli farzandlarini 
qo‘llab - quvvatlash orqali va o‘z asarlari yordamida bilvosita faoliyat ko‘rsatgan 
bo‘lsalar, ma'rifatchilar bir paytning o‘zida ham homiylar, ham ma'rifatning qora 
mehnatchilari edi. Nazariy yo‘nalish bilan amaliyotning ana shunday chambarchas 
bog‘liq holda olib borilishi jadid ma'rifatchilari uchun Ovro‘pa ma'rifatparvarlari asrlar 
mobaynida bosib o‘tgan yo‘lni bir necha o‘n yil ichida «kesib chiqish» imkonini 
yaratdi. U fidoyilik evaziga bunyodga keldi.[3] 


SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 272
Jadidlar xalqning fikrlash darajasini oshirish ularni mustaqillikka yetaklaydi deb 
o’ylashardi. Bu esa albatta yangi usuldagi maktablarni ochish orqali amalga oshirilardi. 
Lekin podsho hukumati bunday usuldagi maktablar faoliaytiga tazyiq o’tkazardi.Har 
qanday ta’qib va tazyiqlarga, mutaassib ulamolarning dashnomlariga, bo‘htonlariga 
qaramay, jadid maktablari xalq e’tiborini qozonishi, ayniqsa, musulmon qardoshlarning 
bu boradagi hamjihatliklari, hamkorliklari general-gubernatorlik siyosatdonlari, 
mafkurachilari faoliyatini yanada kuchaytirdi. 1909 yilda Nikolay Ostroumov 
«Turkestanskie vedomosti» gazetasida maqolasini e’lon qildi. Unda muallif 
quyidagilarni yozadi: «Rus ma’muriyatining yerliklar eski maktablariga nisbatan 
qo‘llagan mensimaslik, nazar-pisand qilmaslik siyosati o‘lkadagi hukmronligimizning 
dastlabki o‘n yilligida o‘zini oqlagan bo‘lishi mumkin. Ammo keyingi uch o‘n yillikda 
bu siyosat o‘zini oqlamaganini hech narsa bilan yashirib bo‘lmaydi. Mana, chindan ham 
pushaymon bo‘ladigan voqea sodir bo‘ldi. Biz o‘lkada... katta qiyinchiliklar bilan bir 
necha rus-tuzem maktabi ochganimizda, boshqalar tashqaridan (Qrimdan) katta g‘ayrat 
bilan o‘lka maorifi uchun boshqa bayroq ostida mustaqil faoliyat olib bordi. Bu yangi 
usul maktablari ma’muriyatning hech qanday ruxsatisiz ochila boshladi va ajablanarli, 
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan tomoni shundaki, hozir ham bunday holat oblast, uezd 
ma’muriyatlari, hatto hukumat maktablar inspektsiyasi nazoratisiz davom etmoqda»[4]. 
Bunday maktablar dastlabki vaqtlarda hukumat ruxsatisiz ochila boshlagan edi, 
keyin ularning ochilishi, butun faoliyati to‘la gubernatorlik nazoratiga o‘tdi. Jadid 
maktablarining faoliyati endi nihoyatda og‘ir kecha boshladi. Bir tomondan, mutaassib 
ulamolar, «usuli qadim» tarafdorlari «usuli jadid» maktablariga qarshi turli-tuman 
bo‘htonlar uyushtirdilar, muallimlarini esa hatto kofirlikda aybladilar, xalq bolalarini 
bunday maktablardan qaytarishga harakat qildilar. Shu o‘rinda Samarqandning 
Ulug‘bek madrasasi jomesida 5-6 ming namozxon o‘rtasida mutaassiblarning shoir va 
pedagog Siddiqiy-Ajziy va Abduqodir Shakuriylarni kofirga chiqarishlarini, Mirmuhsin 
Shermuhamedov va So‘fizodalarni sazoyi qilib, o‘z Vatanidan quvg‘in qilishlarini esga 
olish o‘rinlidir. Mutaassiblarning bunday hatti-harakatlari, ikkinchi tomondan, bundan 
ham dahshatliroq kuch bo‘lmish mustamlakachi ma’murlarning ta’qib va tazyiqlariga 
katta yo‘l ochib berdi. Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li siyosiy tashkilotlarning 
uzluksiz so‘rovlariga javob berishga, do‘q-po‘pisalariga, qamoqlariga chidashga majbur 
bo‘ldi. Shuning uchun ham «usuli jadid» maktablarining taraqqiyoti va ko‘lamining 
kengayishi, ayniqsa, mustamlaka Turkiston o‘lkasi sharoitida ancha og‘ir kechdi. Bu 
haqda Munavvarqorining sobiq o‘quvchisi, Anqara universitetining professori Ibrohim 
Yorqin (Ibrohim Orifxon o‘g‘li – 1902-1993) xotiralarida quyidagilarni yozadi: “1913 
yilda Eshonxo‘ja Xoniyning maktabini bitirgach, Munavvarqorining ikki sinfli rushdiy 
maktabida o‘qigan yillarimizda Rusiya idorasi o‘quv inspektorlari maktabimizga 
to‘satdan kelib, foydalanayotgan kitoblarimizni tekshirardi. Ularning maqsadlari 
bizning maktabda mavjud bo‘lgan darslik va boshqa o‘quv kitoblarining Rusiya idorasi 



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin