Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix07.11.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#67857
1   2   3   4   5   6   7
turkistonda-yangi-usul-maktablarining-faoliyati-xix-asr-oxiri-xx-asr-boshlari

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 274
saodatning darvozasidur. Har millat eng avvalo makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh 
etib ko‘payturmaguncha, taraqqiy yo‘lig‘a kirub, madaniyatdin foydalanmas. Binoan 
alayh, yer yuzidagi barcha millatlar o‘z bolalarini ibtidoiy tarbiyasig‘a va 
maktablarining har jihatdan intizom va akmolig‘a ahamiyat berib, bolalarini milliy va 
diniy ruhda mukammal suratda yetushdururlar. Aning uchundurki, o‘zga millatlar diniy 
va milliy hissiyotg‘a molik bo‘lub, har ishda diyonat va milliyatni muqaddam 
tutarlar”[8]. 
Jadidlar yurt istiqloli va taraqqiyotini zamonaviy mutaxasislarsiz tasavvur qila 
olmadilar.Shu munosabat bilan jadidlar asosiy e’tiborni mahalliy xalq bolalaridan kuchli 
kadrlar tayyorlashga kirishdilar.Ular bu vazifani amalaga oshirish uchun maktab-maorif 
tizimini takomillashtirish kerak ekanligini anglab yetdilar.Shu maqsad yo’lida yangi 
usul maktablarini yaratishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ydilar. 
Yangi usul maktablarining boshqa maktablaridan farqi va yutuqlari shundaki,bu 
maktablarda sinf dars tizimiga o’tildi.Ko’rgazmali materiallardan foydalanish ancha 
samarali usul ekanligi isbotlandi.Sinf xonalarning toza va yorug’ligi,partalarda o’tirib 
o’qitilishi,dars tanafuslarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 
Jadid maktablari ortib borgan sari ularning dars berish tizimi takomillashib 
boraverdi.O’rta Osiyo jadidchilik harakatining yoyilishida Mahmudxo’ja Behbudiyning 
o’rni beqiyosdir. 
Behbudiya maktabida har yilning oxirlarida tanatanali imtihonlar o'tkazilib 
turilardi. Imtihonlarga, albatta, ota-onalar va boshqa mehmonlar ham taklif qilinardi. 
Bu birinchidan: «usuli jadid» maktablarini ko'proq targ'ib qilish va|uning o'qish 
tartiblarini ko'rsatish bo'lsa; ikkinchidan maktabni hayotiyroq qilish, ya'ni bola va
maktab birligini amalga oshirish edi. 
Sakkiz sinf, ya'ni birinch bosqichni tugatgan shogird arabcha, forscha va 
turkchada bemalol so'zlab, yozardi. Ruschani ham o'qib, bemalol gaplasha olardi. 
Turkistoning boshqarma mahkamalarining barchasida ishlashga qurbi yetardi. Bu 
shogird maktabda muallimlik ham qila olardi, tijorat bilan ham shug'ullanar, hatto 
muharrirlik ham qo'lidan kelardi.Har yilgi imtihonlarga barcha joydagi vakillarga xat 
yuborilib taklif etilardi. Lekin ko'pchilik maktabning yutuqlarini ko'ra olmaganlar 
kelmasdi.
Behbudiy aytar ediki:«Kelib ko'rsunlar, durust bo'lsa, rivoj bersunlar, nodurust 
bo'lsa, dalil ila isbot qilsunlar... maqsadimizda xizmatdan va millatdan boshqa narsa 
yo'qdur». 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin