Sanoat mahsulotining sifati va uning raqobatbardoshligi


Mahsulot sifatini boshqarish va uni oshirish yo’llari



Yüklə 395,29 Kb.
səhifə4/10
tarix16.03.2023
ölçüsü395,29 Kb.
#88193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7 u19 Radjabov Slide

3. Mahsulot sifatini boshqarish va uni oshirish yo’llari

  • 3. Mahsulot sifatini boshqarish va uni oshirish yo’llari
  • Har qanday ishlab chiqarishni rivojlantirish va yuksak darajaga ko’tarish uchun uni boshqarish kerak bo’ladi. «Boshqarish» iborasini mahsulot sifatiga oid qo’llaganda, mahsulot sifati va uning raqobatbardoshligini doimiy nazorat qilish, uning belgilovchi shartlar va omillarini maqsadga muvofiq ta’sir qildirish yo’llari bilan mahsulot sifatini loyihalashtirish, ishlab chiqarish va foydalanishda uning zaurur darajada o’rnatilishini, ta’minlanishini va saqlanishini tushunmoq kerak.
  • Mahsulotning sifatini boshqarish operatsiyalari muhandis-texnik, tashkiliy-texnologik, nazorat va boshqa jarayonlarning o’zaro bog’liqligi majmuasini tashkil etuvchi tartib doirasida olib boriladi.
  • Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat:
  • mahsulot sifati darajasini belgilash;
  • mahsulot sifatiga ta’sir ko’rsatuvchi buyum va uni ishlab chiqarish jarayonining faoliyati to’g’risidagi axborotlarni yig’ish va o’rganish;
  • mahsulot sifatini boshqarish to’g’risida qaror qabul qilish va obyektga ta’sir ko’rsatishga tayyorlanish;
  • boshqaruvga tegishli buyruqlarni berish;
  • boshqarish natijasida mahsulot sifatining o’zgarishi haqidagi axborotlarni yig’ish va tahlil qilish.
  • Mahsulot sifatini boshqarishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
  • mahsulotning texnikaviy darajasi va sifatini uzoq muddatlarga chamalash;
  • mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish va bashorat qilish;
  • mahsulot sifatini attestatsiya qilish;
  • mahsulot loyihasini chizish va ishlab chiqarishga joriy etish;
  • mahsulot sifatini moddiy-texnika tomondan ta’minlash;
  • ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash;
  • mahsulot sifatini o’lchashni tashkil etish;
  • mutaxassislarni tanlash, joylashtirish, o’qitish va tarbiyalash;

sifatli mahsulot ishlab chiqarish darajasini bir tekisda olib borish;

  • sifatli mahsulot ishlab chiqarish darajasini bir tekisda olib borish;
  • ishlab chiqarish vositalarini saqlash, ta’mirlashni tashkil etish;
  • mahsulot sifatini oshirishni rag’batlantirish;
  • mahsulot sifatini nazorat qilish;
  • standartlarga, o’lchash vositalariga va texnik shartlarga rioya qilish;
  • mahsulot sifatini boshqarish huquqini ta’minlash.
  • Mahsulotning xossalari, texnologik jarayonlarning ixtisoslashtirish xususiyatlari, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va usullarini hisobga olgan holda bajariladi.
  • Mahsulot sifatini yaxshilashga oid vazifalar va tadbirlar tuzilayotganda ularni amalga oshirish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligi texnikaviyiqtisodiy jihatdan asoslanadi.
  • Buning uchun quyidagilar asos qilib olinadi:
  • ishlab chiqarilgan mahsulot sifatiga bo’lgan talablar va kelgusida uni takomillashtirish imkoniyatlari;
  • mahsulotning sifat darajasini baholash;
  • ishlab chiqarilgan mahsulotda uchragan nuqsonlarni yuzaga
  • chiqarish va ularni tahlil etish;
  • laboratoriyadan o’tkazilgan sinov natijalari, iste’molchilar tomonidan yuborilgan norozilik hujjatlari, texnikaviy nazorat va ma’lumotlar; - ilg’or korxonalarning mahsulotlari bilan taqqoslash.
  • Mahsulot sifatini yaxshilashga oid tadbirlar majmuasiga quyidagilar kiradi:
  • mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan asosiy tajriba va loyihalashtirish ishlari hamda tashkiliy-texnikaviy tadbirlar;
  • ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishga oid tadbirlar;
  • xomashyo va materiallar sifatini oshirish bo’yicha ta’minlovchilarga qo’yiladigan talablar;

Yüklə 395,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin