Sanoat mahsulotining sifati va uning raqobatbardoshligi



Yüklə 395,29 Kb.
səhifə1/10
tarix16.03.2023
ölçüsü395,29 Kb.
#88193
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7 u19 Radjabov Slide

17u-19 gurux talabasi Radjabov Farxod

  • 17u-19 gurux talabasi Radjabov Farxod

Sanoat mahsulotining sifati va uning raqobatbardoshligi

Reja:

 

1. Sifat tushunchasi va uni oshirish zarurati

2. Mahsulotning sifat ko’rsatkichlari va ularni baholash usullari

3. Mahsulot sifatini boshqarish va uni oshirish yo’llari

4. Standartlashtirish, sertifikatsiyalashtirish, attestatsiya va nazorat qilish

1. Sifat tushunchasi va uni oshirish zarurati

  • 1. Sifat tushunchasi va uni oshirish zarurati
  • Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqariladigan mahsulot sifatiga boshqacha muhim talablar qo’yadi. Chunki hozirgi zamonda har qanday firmaning omon qolishi, uning tovarlar va xizmatlar bozoridagi mustahkam mavqei raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. O’z navbatida raqobatbardoshlik ikki ko’rsatkich bilan - baho va mahsulot sifatining darajasi bilan bog’liqdir.
  • Ishlab chiqarishni erkinlashtirish davrida ikkinchi omil birinchi o’ringa ko’tarilmoqda. Chunki sifat korxonaning obro’si va yanada gullashi hamda sifatni boshqarish bo’yicha ish - bu barcha xodimlar, rahbardan tortib aniq ish bajaruvchi uchun alfa va omegasi, ya’ni avvali va oxiridir. Shu tufayli davlatning iqtisodiy, shu jumladan, sanoat siyosatida sifat masalasi muhim o’rin egallaydi. Mahsulot sifatini oshirish - bu natijada uning miqdori, resurslarni tejash, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni to’laroq qondirish masalasi hisoblanadi. Ya’ni, har qanday mahsulot eng yuqori texnikaviy – iqtisodiy va estetik hamda boshqa bir qator talablarga muvofiq kelishi, jahon bozorida raqobat qilish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Agar sifat muammosi hal etilmasa, ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining tovarlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirib bo’lmaydi.
  • Mahsulot (ish, xizmat) sifati - bu mahsulotning har tomondan foydalanishga mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig’indisidir.
  • Mahsulot sifati - bu mahsulotdan ma’lum maqsadda foydalanish uchun uning yaroqlilik darajasi, mahsulotning iqtisodiyot ehtiyojlarini, iste’molchilarning talab va didlarini qondirish qobiliyatidir.
  • Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.165.

Yüklə 395,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin