Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/37
tarix06.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#86903
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
b1c5bbe02af98b6a7bff99222b365a67 ROBOTOTEXNIKAGA KIRISH

1.4. ROBOT TEXNIKASINING TASNIFI 
Sanoat robot texnikasining tasnifi quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga 
oladi: Sanoat robotining yuk ko‘tarish qobiliyati deyilganda, mani pulyatsiya 
qilinayotgan obyektning eng katta massasi tushuniladi.
Sanoat robotining harakatlanish darajasi soni, bu kinematik zanjir 
zvenolarining qo‘zg‘almas, deb qabul qilingan zvenoga nisbatan erkinlik darajalari 
sonidir.
Robot ishchi organining to‘xtash xatoligi deganda, ishchi organning 
boshqarish programmasida ko‘rsatilgan holatdan chetga chiqishi tushuniladi.
Sanoat robotining asosiy texnik ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda standartlash, 
unifikatsiyalash, yasash texnologiyasi, ergonomik ko‘rsatkichlar ham ko‘rsatilishi 
mumkin. 1.3-rasmda hozirgi zamon avtomobilsozhk texnalogiyalarida ishlatiladigan 
robotlarga misollar keltirilgan. 


1.5. AVTOMOBILSOZLIKDA ROBOT VA ROBOT TEXNIKASINING 
ISHLATILISHI VA RIVOJLANISHI 
Hozirgi vaqtda avtomobilsozlikda robotlar boshqa sohalarga qaraganda, 
ko‘proq ishlatiladi, chunki bu sohadagi qator operatsiyalar inson sog‘lig‘i uchun 
zararli va xavfli hisoblanadi.
Avtomobilsozlikdagi zararli va xavfli operatsiyalarga payvandlash, bo‘yash, 
yig‘ish, germitasiyalash, issiq detallami tashish operatsiyalari kiradi. (1.3.-chizma). 


Robotlarni avtomobilsozlikda qo‘llash mahsulot sifatini oshirish imkoniyatini 
beradi. Masalan, ishlatilganda bo‘yoq bir xil qalinlikda amalga oshiriladi
payvandlash yuqori sifatli va aniq bajariladi. 
Avtomobilsozlikda 
robotlarni 
avtomatlashtirilgan 
tizimlar 
tarkibida 
ishlatilganda, ishlab chiqarishning unumdorligi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlari 
oshadi.
Robotlarning qayta programmalash imkoniyatlari mavjudligi tufayli, ularning 
turli xil modellari ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin.
Bu esa avtomobilsozlik sohalari texnologiyasining yuqori darajaga 
ko‘tarilishini ta’minlaydi. Sanoat robotlarini qo‘llash, ishlab chiqarishni kompleks 
avtomatlashtirish imkonini beradi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin