Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/37
tarix06.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#86903
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
b1c5bbe02af98b6a7bff99222b365a67 ROBOTOTEXNIKAGA KIRISH

 
 


 
 
KIRISH 
Hozirda kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini 
oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish, talabalar bilim 
saviyasi va salohiyatining sifatiga qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi 
Davlat ta’lim standartlariga asoslangan darslik va o‘quvuslubiy qo‘llanmalarning 
yangi avlodlarini yaratish dolzarb vazifalardandir.
Robototexnik tizimlari va komplekslari hozirgi zamon ishlab chiqarishini 
rivojlantirishning texnik asoslari hisoblanadi. Avtomobilsozlikdagi yangi 
texnologiyalarda, robotlar va roboto texnik tizimlarni qo‘llash yildan yilga oshib 
bormoqda. Ular yordamida yangi texnologik jarayonlar o‘zlashtirilrnoqda, 
odamlarni toliqtiradigan, bir xil, og‘ir qo‘l mehnatidan, sog‘liklari uchun zararli va 
xavfli ishlardan ozod qilinmoqdalar.
Robototexnik tizimlar va komplekslar odam uchun qiziqarsiz bo‘lgan, ayrim 
intellekt talab qilinadigan ishlarni ham bajarishlari mumkin. Robotlar va 
robototexnik tizimlar ishlab chiqarish texnikasining yangi turlari bo‘lib, turli 
sohalarda keng qo‘llanilmoqda.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada robototexnik tizimlar va komplekslar asoslari 
yoritilgan.
Birinchi bobda robotlar va robot texnikasi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, 
tushunchalar, ta’riflar hamda avtomobilsozlikda robototexnik tizimlar va 
komplekslarning qo‘llanilishi yoritilgan.
Ikkinchi bobda robot texnikasining asosiy elementlari, robotlarni boshqarish 
usullari, programmali, adaptiv va intellektual robotlar bayon qilingan.
Uchinchi bobda sanoat robotlari va robototexnik komplekslarining 
ishlatilishi, asosiy turlari va tizimlari keltirilgan.
To‘rtinchi bob robototexnik komplekslarining ishlab chiqarishda 
qo‘llanilishiga bag‘ishlangan.
Beshinchi bobda detallarga ishlov berish robotexnik komplekslari bayon 
qilingan.
Oltinchi bobda nuqtali kontakt payvandlash komplekslari va elektr yoyi bilan 
payvandlash komplekslari keltirilgan.


Yettinchi bob detal va tayyor mahsulotni ko‘tarish va tashish robototexnik 
komplekslariga bag‘ishlangan.
Sakkizinchi bobda intellektual robot komplekslari to‘g‘risida asosiy 
tushunchalar va ularning tuzilma chizmalari keltirilgan. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin