Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi



Yüklə 324,65 Kb.
səhifə1/20
tarix13.04.2023
ölçüsü324,65 Kb.
#97529
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Amir Temur 222


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH MINTAQAVIY MARKAZI






«Himoyaga tavsiya etaman»
SamDU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi direktori
_______________S.B.Abbasov
«____» _________________ 2023 yil

O‘zbekiston tarixi yo‘nalishi tinglovchisi
Tog‘ayev Zokir Tilovovichning
Amir Temurning jang san’ati va harbiy yurishlari mavzusini o‘qitishda pedagogik texnologiyalarni o‘rni ” mavzusidagi


BITIRUV ISHI
Ilmiy rahbar: SH.S.G‘afforov

Samarqand - 2023
Samarqand Davlat Universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining “O‘zbekiston tarixi” yo‘nalishi tinglovchisi Tog‘ayev Zokir Tilovovich tomonidan tayyorlangan “Amir Temurning jang san’ati va harbiy yurishlari mavzusini o‘qitishda pedagogik texnologiyalarni o‘rni” mavzusidagi bitiruv ishiga ilmiy rahbarning
X U L O S A S I
Bugungi kunda ta’lim jarayonida qo‘llab ko‘rilib, yaxshi samara berayotgan ilg‘or ta’lim tajribalaridan biri bu – modulli o‘qitish tizimidir. SHu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ya’ni tanlangan mavzu albatta bugungi kunda dolzarb ekanligi hamda XIY-XY asrlardagi o‘zbek davlatchiligi tarixdagi o‘ziga xos davr deyish mumkin. Davlat boshqaruvida yangicha yondashuv Amir Temur davlatining gullab yashnashiga va Temuriylar saltanatining dunyoga tanilishida katta rol uynadi .SHu davr uchun klassik shakllarining yuzaga kelishi, siyosiy-iqtisodiy munosabatlar, ilm-fan rivoji, xalqaro munosabatlarda tutilgan katta mavqe va bularning bari CHingizxon bosqini oqibatida zavol topgan davlatchilik shaklariga xamda Temur va Temuriylar davlatida Movaraunnahrda buyuk saltanatning barpo etilishi shu yurt aholisi va halqi uchun so‘nmas yulduzdek charaqlab, fan,madaniyat,san’at va boshqaruv shuningdek harbiy sohalardagi erishilgan yutuqlar va Amir Temurning jang san’atini chuqur o‘rganishni taqazo etadi. Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi, ma’naviyati o‘zining salohiyati, mazmuni, tarbiyaviy kuchi va ta’siri bilan xalqimiz tarixida alohida o‘rin tutadi. SHuning uchun ham Prezidentimiz qayd etganlaridek, «...bizning tariximizda Amir Temurdek ulug‘ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pandu o‘gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni echishda bizga qo‘l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o‘rganmasdan, ta’riflamasdan, targ‘ibot qilmasdan haqqimiz yo‘q». 1 O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligiga erishgach, uning bir necha ming yillik ijtimoiy-siyosiy tarixini har taraflama o‘rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ayniqsa, markazlashgan Amir Temur saltanati, uning o‘zbek davlatchiligi va madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rni masalalariga oydinlik kiritilib, tarixchi, sharqshunos olimlarimiz ko‘plab birinchi manba ahamiyatidagi asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirdilar. Davlatimizning siyosati va xalqimiz xohish-irodasiga asoslangan Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 dekabrda «Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori, 1995 yil 26 dekabrda esa Prezidentimizning «1996 yilni Amir Temur yili deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi farmonlari qabul qilindi. 1996 yil martida «Temuriylar tarixi» davlat muzeyini tashkil qilish xususida, «Amir Temur» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida farmonlar chiqdi. YUNESKO qarori asosida Amir Temur tavalludining 660 yilligi butun dunyoda keng nishonlandi. 1996 yil aprelida shu tashkilotning Parijdagi bosh qarorgohida «Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’lim ravnaqi» mavzuida ilmiy konferensiya o‘tkazilib, Buyuk davlat arbobining tarixdagi o‘rniga yuksak baho berildi. «Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatidagina mavqei tutmaydi.
Bitiruv ishida ta’lim berishning har xil turdagi pedogogik texnologiyalarni ishlab chiqilganligi va ulardan foydalanilgan.
Tog‘ayev Zokir Tilovovich tomonidan tayyorlangan “Amir Temurning jang san’ati va harbiy yurishlari mavzusini o‘qitishda pedagogik texnologiyalarni o‘rni” mavzusidagi bitiruv ishi o‘rnatilgan talablarga mos ravishda tayyorlangan va muvafaqqiyatli himoya qilinganda ijobiy tomondan baholash mumkin deb hisoblayman.



Yüklə 324,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin