Buyuksohibqiro n



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə1/3
tarix08.07.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#136157
  1   2   3
BUYUK SOHIBQIRON


B U Y U K S O H I B Q I R O N
Maqsad: Bolalarning Amir Temur haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Amir Temurning davlat tuzumi va uni boshqarishdagi mohiyati, kelajak avlodlarga qoldirgan merosi, tuzuklari haqida tushuncha berish. Ularga Temur avlodi va uning ezgu ishlari davomchisi ekanligini anglatish. Milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish.
Jihozlar: Amir Temur byusti, rasmi, tuzuklardan na’munalar, Amir Temur haqidagi kitoblar, gazeta va jurnallar.
Tadbirning borishi: Tadbir o’tkaziladigan sahnaga “Amir Temur – Buyuk Sohibqiron”, “Biz Temur avlodimiz”, “9 – aprel Amir Temur tavallud topgan kun” kabi so’zlar yozilb qo’yilgan.
1 - boshlovchi:
Yillarning qa’ridan omon chiqolgan,
Istiqlol mash’alin gurlab yoqolgan.
Boshi osmon bo’lsin bugun o’zbekning,
Dong’i doston bo’lsin o’zbekning !
2 – boshlovchi:
Beruniy yaratgan ziyosi bilan,
Jon tabibi – Ibn Sinosi bilan.
Qaddi baland bo’lsin bugun O’zbekning!
Jismi payvand bo’lsin bugun O’zbekning!
Amir Temur otliq bobosi bilan,
Marvarid yaratgan navosi bilan,
Intizor Boburiy Mirzosi bilan,
Nasli ulug’ bo’lsin bugun O’zbekning!
Rizqi to’liq bo’lsin bugun O’zbekning!


1 - boshlovchi: Assalomu aleykum xurmatli mehmolar, aziz ota – onalar va mehribon tarbiyachilar!
2 – boshlovchi: Assalomu aleykum shirindan shakar bolajonlar!
1 - boshlovchi: Bugun biz buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag’ishlangan kechada yig’ilib turibmiz.
2 – boshlovchi: Amir Temur bobomiz Buyuk Sohibqiron, sarkarda va qudratli davlat tuzib, uni adolatli idora etgan mohir davlat arbobi bo’lgan.
1 - boshlovchi: Xurmatli mehmonlar! Bugun bolalar buyuk bobomizni madh etuvchi she’rlar hamda u zotning hayoti va faoliyati to’g’risidagi turli ma’lumotlarni tayyorlab kelishgan. Hozir navbatni ularga beramiz.


1 – bola: Amir Temur bobomiz, mard – u jasur bobomiz,
Jang – u jadallar kezgan, Buyuk davlat, yurt tuzgan.
Abadiy o’chmas nomi, tilimizda kalomi,
Unutmaymiz hech qachon, Sizni ulug’ bobojon !


2 – bola: Buyuk saltanatni tikladi Temur,
Istagi – avlodim otsa zo’r tomir.
Mulki Turon dunyo uzugi bo’lib,
Xalqim osoyishta ko’rsaydi umr.


3 – bola: Sohibqiron aytar, Ey farzandlarim,
Ko’zimning qarog’I jon dilbandlarim.
Millatning dardiga darmon bo’lingiz,
Bo’shashtirmang mening bo’g’im bandlarim.


4 – bola: Adolat, ozodlik dastida bo’ling,
Yomonlik, razolat qasdida bo’ling.
Nifoq urug’larin ekmangiz aslo,
Yaxshilik, ezgulik rostida bo’ling.

Qizlar ishtirokida milliy raqs ijro etiladi.


Raqs tugagach, bolalar Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida so’zlab berishadi.


1 – bola: Buyuk bobomiz 1336 – yil 9 – aprelda Keshdan uncha uzoq bo’lmagan Xo’ja Ilg’or qishlog’ida Barlos urug’iga mansub bo’lgan Bek Tarag’ay Bahodir oilasida dunyoga kelgan.


2 – bola: Amir Temur yoshligidan bilimga tashna bo’lishi bilan birga harb ilmiga qiziqqan, otlarni juda sevgan va mohir chavandoz bo’lgan.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin