O`quv qo`llanma
208 Sahifa
patogenezida venoz devor strukturasining buzilishi, qon oqimi pasayishi,
qon ivish xususiyatining oshishi ahamiyatli. Chuqur va yuzaki venalarning
tromboflebiti farq qilinadi. Yuzaki venalarning o’tkir tromboflebiti tromb
bo’lgan vena yo’li bo’ylab og’riq, bu og’riqning harakat va jismoniy ish
vaqtida kuchayishi bilan yuzaga chiqadi, yallig’lanishning hamma belgilari
aniqlanadi. Tromb sohasi ko’zdan kechirilganda teri qoplamlarining
giperemiyasi va shishi qayd qilinadi, paypaslab ko’rilganda vena yo’li
bo’ylab ipsimon og’riqli zichlashma aniqlanadi, odatda u atrof
to’qimalardan aniq chegaralanib turadi. Yallig’lanishli infiltrat atrofdagi
to’qimalarga va teriga kamroq tarqaladi. Oyoqning zararlangan bo’limi
hajmi o’zgarmaydi yoki 1-2 sm ga kattalashadi. Mahalliy va umumiy
harorat ko’tariladi.
Bemorlarning umumiy holati kam o’zgaradi, tana harorati subfebril
bo’ladi. Ba’zan tromb yiringli parchalanib, septik holat vujudga keladi.
Kasallik kechishi og’irlashganda katta teri osti vena sistemasi bo’yicha
yuqoriga ko’tariladigan tromb rivojlanishi va jarayon yuzaki son venasi
orqali yuqoriga ko’tarilganda, o’pka arteriyasi tromboemboliyasi xavfi
vujudga keladi (1-3%).
Dostları ilə paylaş: