Davolash.
Agar jarayon boldir chegaralaridan tashqariga chiqmasa,
bemorlarni ambulator sharoitda konservativ davolasa bo’ladi. Jarayon
songa tarqalganda bemorlar shifoxonaga yotqiziladi.
Medikamentoz davolash kompleksiga bevosita va bilvosita
antikoagulyantlar, qon tarkibini, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydigan
preparatlar (aspirin, trental, venoruton, indometatsin, traksivazin, flebodia),
yallig’lanishga qarshi (reopirin, nimesil, dikloberl), desensibilizatsiya
qiladigan (dimedrol, suprastin, tavegil va b.) dorilar kiradi. Surtmali
bog’lamlar (geparin, traksivazin, lioton surtmalari) maxalliy qo’llaniladi.
Oyoqni elastik bintlar bilan bog’lanadi, yurish tartibga solinadi. Jarayon
songa tarqalganda o’rinda yotish, oyoqni Beller shinasida baland vaziyatda
qo’yish lozim bo’ladi.
Son venasining yuqoriga ko’tariladigan trombozining oldini olish
uchun Troyanov-Trendelenburg (krossektomiya) usulida shoshilinch
operatsiya qilinishi kerak. Agar bemorning ahvoli yo’l qo’ysa,
tromblangan yuzaki venalarni teri uchastkalari va infiltratlangan teri osti
kletchatkasi bilan kesiladi (Madelung operatsiyasi).
Gospital xirurgiyasi
209 Sahifa
Oyoq chuqur venalarining o’tkir tromboflebitlari va trombozlari
tomirlar o’tkir okklyuziyasining eng ko’p joylashadigan sohasidir. Ular
suyak singanda, operatsiyadan keyin, yurak-tomir patologiyasi bo’lgan
bemorlarda, qandli diabeti bilan kasallangan keksalarda va onkologik
bemorlarda rivojlanishi mumkin.
Venalar trombozi ular o’smalardan, kattalashgan bachadon bilan
bosilganda, mushak taranglashtirilganda yuz berishi mumkin. Chap
yonbosh venasi trombozida uning o’ng yonbosh arteriyasi bilan ezilishi
ahamiyatga ega.
Klinikasi
trombning joylashgan joyiga ko’ra turli-tuman bo’ladi.
Agar jarayon boldirning hamma venalarida joylashmagan bo’lsa, klinikasi
o’zgargan bo’ladi. Boldir mushaklarida xarakat qilganda kuchayadigan
og’riq, boldirning pastki uchdan bir qismida shish, harorat ko’tarilishi qayd
qilinadi. Oyoq panjasi bukilganda boldirda og’riq paydo bo’ladi (Xomans
simptomi). Boldirning o’rta uchdan bir kismi Riva-Rochchi apparati
manjetkasi bilan kompressiya qilinganda xuddi shunday og’riq paydo
bo’ladi (Lavenberg simptomi). Boldirning har uchala chuqur venalari
zararlanganda keskin og’riq, boldirda taranglashish sezgisi va shish,
aksariyat teri tsianozi paydo bo’ladi, tana harorati ko’tariladi. Son venasi
zararlanganda sonda shish paydo bo’ladi. Tromblangan vena yo’li bo’ylab
paypaslash og’riq beradi. Son va taqim venalarining birgalikdagi
trombozida boldir va son sohasida shish, og’riq, xarakat cheklanganligi
paydo bo’ladi. Jarayonning son venasidan proksimal yuqoriroqqa tarqalishi
zararlangan oyoq hajmining ortishi, og’riq kuchayishi, teri qoplamlari
tsianozi bilan o’tadi.
Ileofemoral trombozda dastlabki kunlar mobaynida oyoqda, oyoq
panjasidan to chov burmasigacha, ba’zan esa dumba sohasigacha
tarqaladigan tsianoz va shish orta boradi. Kasallikning 2-3-kuniga kelib
shish qattiq bo’lib qoladi, sezuvchanligi pasayadi. Psevdoembolik yoki
og’riqli oq flegmaziya (bu arteriyalar spazmi bilan birga kechadi), hamda
ko’k flegmaziya (yuzaki venalar tromboflebiti bilan birga kechadi) farq
qilinadi. Oq flegmaziyada oyoqda to’satdan pulsatsiya qiladigan og’riq,
uning muzday bo’lishi va uvishishi, sezuvchanligi kamayishi, tarang
tortishi kuzatiladi. Teri qoplamlari rangpar bo’ladi. Ko’k flegmaziyada
oyoqda shish va tsianoz anchagina bo’ladi, u oyoqni baland vaziyatda
|