O`quv qo`llanma
202 Sahifa
b) keltirib chiqaradigan omillar: oyoq venalarida bosimni oshiradi va
venoz qon oqib ketishini qiyinlashtiradi.
Venalarda qon bosimi oshishi va venoz dimlanish yuzaki venalar,
keyinroq komunikant venalarning klapan etishmovchiligiga, bu esa o’z
navbatida mushaklar qisqarganda qonning chuqur venalardan yuzaki
venalarga oqib kelishiga olib keladi. Arteriola-venulyar anastomozlar
ochiladi, kapillyarlardagi qon oqimi pasayadi, staz rivojlanadi.
Perikapillyar bo’shliqda ko’p miqdorda suyuqlik, elektrolitlar, qonning
shaklli elementlari, plazma oqsili to’planadi. Terida va teri osti
kletchatkasida biriktiruvchi to’qima rivojlanadi, mayda tomirlar va
kapillyarlar devorida gialinoz va skleroz rivojlanadi, to’qimalarda
almashinuv jarayonlari buziladi. Klinik jihatdan bu shishlar va trofik
buzilishlar (terida pigmentatsiya, dermatit, ekzema, yaralar) bilan namoyon
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: