Sakrashlarning tasnifl Texnika tuzilishi va asoslari



Yüklə 239 Kb.
səhifə1/5
tarix25.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#102563
  1   2   3   4   5
SAKRASH TEXNIKALARINI O\'RGATISH


SAKRASH TEXNIKALARINI O’RGATISH
Reja:



  1. Sakrashlarning tasnifl

  2. Texnika tuzilishi va asoslari

  3. Badiiy gimnastikaga xos sakrashlar texnikasi

Sakrashlarning tasnifl


Badiiy gimnastikada turli sakrashlarning extimolga yaqin soni asosan chegaralanmagan. Bu sakrash shaklini aniqlovchi omillar ancha ko'pligini izohlaydi, bir sakrashda birlashadigan bu omil laming turli kombinatsiya imkoniyatlari esa turli harakatlarni paydo bo'lishiga olib keladi. Shu sababli sakrashning mohiyatiga ko'ra qat'iy va to'liq tasniflab bo'lmaydi. Lekin, uslubiy va amaliy maqsad uchun sakrash to'g'risida ma'lum darajada tasawurga ega bo'lish mumkin bo'lgan qisqa va qoniqarli tasnifl paydo bo'ldi.
3 - jadvalda berilgan sxemada sakrashlarning eng harakterli turlari ko'rsatilgan.
Siltanib baland sakrash yuqoridagi guruh elementlaridan farq qilib, unda faqatgina qo'lni emas, (lekin, shart emas) balki bo'sh oyoqni ham siltashdan foydalaniladi. Shunday qilib bunday sakrashlami aniqlovchi boshqa belgilar - bir oyoqda depsinishdir. Mazkur guruhga tegishli bo'lgan sakrashda, uchishdagi eng oddiy harakat, holatni saqlab qolish yoki «namoyish qilish» bilan bog'liq bo'lgan harakatdir.
Qadamlab sakrash, keng sakrash va ularga o'xshash sakrashlar xarakterli birikmani aniqlovchi belgilarni o'z ichiga oladi. Bu sakrashni yurib, bir oyoqda depsinib, depsingan tomonga aniq harakatlanish va bir oyoqqa qo'nish bilan bajariladi. Bunday sakrashlar uchun uchish holatini saqlab qolish o'ziga hosdir. Qolgan belgilar uncha aniq ko'rinmasligi mumkin.
Murakkab burilishlar bilan sakrash ikki oyoqda hamda bir oyoqda depsinib bajarilishi mumkin. Shunday qilib, bir oyoqda siltash bu yerda shart emas, lekin qo'l bilan siltash harakatlari har doim aniq ifoda etilgan, agar bu 320° dan kam bo'lmagan burilishli sakrashga tegishli bo'lsa. Mazkur sakrashda murakkab burilishni bajarish elementning tashqi ta'siri kabi real qiyinchiligihi aniqlovchi asosiy harakat vazifasi bo'ladi. Bu esa bunday sakrashlami alohida guruh qilishga sabab bo'ladi.
Xatlab sakrash - murakkab sakrash turlarini o'z ichiga olgan o'ziga hos sakrash shaklidir (murakkab sakrash to'g'risida keyingi bo'limda). U quyidagi belgilar orqali aniqlanadi: bir oyoqda depsinib, ikkinchi oyoq va qo'l bilan ifodali siltash bilan birga uchishda ozmi-ko'pmi murakkab burilishlar, oyoq holatlarini tez-tez almashtirish va bir oyoqqa qo'nish.
Murakkab sakrashlar yuqoridagi sakrash turlaridan kamida ikki - uchta belgilarni o'zida mujassamlaydi (xatlab sakrashdan tashqari). Bitta sakrashda shunday belgilar bo'lishi mumkin: oyoqni siltab, uchishda tanani qo'shilishi, tayanchsiz holatda va burilishda holatni o'zgartirish va boshqalar.
Bunday harakatlar texnikasi va o'rgatish uslubiyotini taxlil qila turib, ularning murakkabligi, qiyinligi, koordinatsiya xususiyatlari, harakatning ifodaliligiga bog'liq bo'lgan elementlar tuzilishini, shu bilan birga mashqlarni o'zlashtirish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni hisobga olish muhimdir.



Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin