Патофизиология фани, услублари



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə24/98
tarix25.12.2016
ölçüsü0,73 Mb.
#3119
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni.

Tibbiy oliy bilimgohlarda o‘qitiladigan nazariy fanlar ichida patologiya muxum rol o‘ynaydi. U bemor muhim organizmdagi hayotiy jarayonlarni buzilishlarini, kasalliklarni rivojlanish qonuniyatlarini, sabablarini o‘rganadi. Bu fan asosan organizning hayotiy faoliyatini buzilishini kelib chiqishi va rivojlanishi qonuniyatlari, ularning sabablari, tipik shakllari, oqibatlari va organizm uchun ahamiyati xaqida umumiy tasavvurlar beradi.



Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Patologiya fanini nazariy tomonlarini o‘rganishda hozirgi zamonda keng qo‘llanilayotgan kompyuterdan foydalanish mumkin. Buning uchun fanning barcha bo‘limlari bo‘yicha test savollari tuzib, kompyuterga kiritiladi va kompyuter orqali talabalarning bilim darajasi muntazam tekshirilib boriladi. Ana shu usulda o‘quv jarayoni tugaganida talabalarning bilim darajasi kompyuterda (YAK) tekshiriladi. Bundan tashqari patologiya fani bo‘yicha yetuk dotsent va professorlar tomonidan o‘qiladigan barcha ma’ruzalar video tasmalarga tushirilib va ma’ruzalar matnlari kompyuterga kiritilib, talabalarga qoldirilgan darslarini o‘zlashtirishlari uchun foydalaniladi. SHunday qilib hozirgi zamonaviy usullar kompyuter, video tasmalardan foydalanish o‘quv jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Patologiya fanini o‘qitishda ta’limning zamoaviy usullaridan foydalanish, yangi innovatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahamiyatga egadir. Ma’ruzalarda Internet materiallari, tarqatma materiallar, prezentatsiyalar, multimedia dasturi, slaydlardan, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tishda esa zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.


  • Shulardan kelib chiqqan holda “Patologiya” fanining ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlarga e’tibor berish kerak.

  • Muammoli yondashuv. Ta’lim jarayonini muammoli holatlar orqali namoyish qilish o‘quvchi bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy bilishning ob’ektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo‘llash ta’minlanadi.

  • Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish, ya’ni o‘quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini jalb qilish.

  • Yuqoridagi konseptual yondashuv va “Patologiya” fanining tarkibi, mazmuni, o‘quv axborot hajmidan kelib chiqqan holda o‘qitishning quyidagi usul va vositalari tanlab olindi.

  • O‘qitish usullari va texnikasi: muloqot, muammoli usul, “aqliy hujum”, insert, ma’ruza (kirish ma’ruzasi, vizual ma’ruza, tematik, aniq holatlarni echish, avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy).

  • O‘qitishni tashkil qilish shakllari: kollektiv, guruhiy.

  • O‘qitish vositalari: odatdagi o‘qitish vositalari (darslik, ma’ruza matni, tayanch konspekti, kodoskop) dan kompyuter va axborot texnologiyalari.

  • Boshqarishning usuli va vositalari. O‘quv mashg‘ulotini texnologik karta ko‘rinishida rejalashtirish o‘quv mashg‘ulotining bosqichlarini belgilab, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘quvchi va o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini talaballarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini aniqlab beradi.

  • Monitoring va baholash. O‘quv mashg‘uloti va butun kurs davomida o‘qitish natijalarini kuzatib borish, o‘quvchi faoliyatini har bir mashg‘ulot va yil davomida reyting asosida baholash.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin