Tabiat elementlarining aks ta’sir reaksiyasi ko‘pgina hollarda notekis:
ma’lum miqdorgacha ko‘rsatilayotgan ozgina ta ’sir hisobiga tabiatda
juda kuchli aks ta ’sir boshlanishi ham mumkin. Ushbu ta ’sir ekologik
sistemalarning chidamlilik ostonasi deb ataladi. Keskin va intensiv
ravishda ko‘rsatilayotgan ta’sir hisobiga biosferaning ichki o‘z-o‘zini
boshqarish mexanizmi buziladi, ya’ni ekologik inqiroz sodir bo‘ladi.
Biosfera — bu yerning tirik organizmlar va ularning yashash,
mavjudlik muhitlarini tashkil etuvchi, o‘lik tabiatni ham o ‘z ichiga
oluvchi tashqi qobig‘i (sfera)dir. (bios - hayot, yashash; srhagia —
shar). Biosfera — tirik va o‘lik materiyalaming o'zaro ta ’sirlari natijasini
ifodalaydi.
Biosfera haqidagi ta ’limotni buyuk olim akademik B.I.Bemadskiy
1926-yilda yaratgan. Uning ta ’limotiga binoan biosfera quyidagi
qismlardan iborat:
1) atmosfera — 25—30 km balandlikkacha (Yerning havoli qobig'i);
2) gidrosfera — 10 km chuqurlikkacha (Yerning suvli qobig‘i);
3) litosfera — 3—4 km chuqurlikkacha (Yerning tuproqli qatlami).
Dostları ilə paylaş: